86
(20 kg ga tengligini ) hisoblaganda 1 mann = 4415 Xorazm, misqoliga teng bo'lgan va u Xiva,
Xazorasp, Shovot va boshqa joylarda qo'llanilgan lekin Xonqa, Urganch, Qo'ng'irot va
Beshariqda 40 kg li mann (1 mann=40kg) ishlatilgan. 19-asrda Xorazm mann tizimlariga, ya'ni
xorazm mann ulushlariga quyidagilar kirgan: unsir l/4mann= 1/4x20=5 kg; Qirq agra =1/2
unsir=l/8 mann=2,5 kg; lagra=l/80 unsir=l/320 mann = l/320X20 = 62,5g. Umuman 5 g li misqol
(yoki 48,8 qadoq) bilan aniqlangan va qiymati 20 kg bo'lgan mann Xorazmning ko'p joylarida
qo'llanilgan.
O'rta asrda Buxoroda 1 mann =20 kg (bunda 5g li misqol asos qilib olingan) bo'lib, uning 5
xil ulushlari (Buxoro mann tizimi) ham qo'llanilgan. 1 mann=40 sir=16 dunimsir; 1 fl|unimsir=4
chorak; lchorak=2 nimchorak=4 nimcha; 1 nimcha=2 nimnimcha=4 sang (Tosh).1671 yilda 1
mann=5120 misqol=25,6kg bo'lgan (lmisqol=5g). Buxoro «katta og‘irligi»da lmann=25600
misqol=128 kg (lmisqol=5g) bo'lib, oldingi manndan 5 marta og‘ir bo'lgan. 16-17 asrlarda
Buxoroda 4,8g misqoldan foydalanilgan. 8 pudli marrn va 16 pudli mann ko'rinishidagi 2 xil
o'lchov yaratilgan: 8 pudli mann=131,0444 kg=27300,83 misqol=27300 misqol; 16 pudli
mann=262,088 kg=54601,66 misqol. Umuman 16-17 asrlarda Samarqand, Buxoro va
Xorazmning juda ko'p joylarida 5 g li misqol bilan aniqlangan. Mann, ya'ni 1 mann=4000
misqol=20kg ham qo'llanilgan. Respublikamiz hududida yana shariat manni ham bo'lgan; unda 1
mann=180 misqol= 180x4,8g = 864g bo'lgan. 14-asrda mann taki, ya'ni to'ppi mann o'lchovi ham
bo'lib, ul taki mann =5 shariat mann = 5x864g =4,32kg bo'lgan; bu o'lchov keyinchalik shu
o'lchov birligining aniq namunasi (etalon)ga aylangan. 1723 yil ma'lumotlariga ko'ra, Qarshida
lmann = 4000 misqol =20kg .
Zominda l mann 4 pudga teng bo'lgan, ya'ni lmann=4 pud=4x l6,3815=65,522kg bo'lgan.
Farg'onada mann botmon deyilib, 1838 yil ma'lumotlariga ko'ra, 1 botmon, ya'ni 1 mann 8 pudga
=131,044kgga teng bo'lib, meva va paxtalarni o'lchashda qo'llanilgan. 1841 yil ma'lumotlariga
ko'ra, Qo'qonda 1 mann = 10 pud = l63,8 kg ga teng bo'lib, donlarni o'lchashda qo'llanilgan.
Toshkent va Toshkent viloyatlarida mann so'zi o'rnida ko‘proq botmon so'zi ishlatilgan bo'lib,
Toshkent botmoni asosan 10,5 pud= 171,995kg bo'lgan. Xo'jandda 19-asrda lmann 12
pud=12xl6,3805=196,56kg.
Chimkentda mann xuddi Toshkent viloyatidagidek, botmon deyilib, qiymat jihatidan ham
Toshkentdagidek =10,5 pud, ya'ni 179,995 kg ga teng bo'lgan. Avliyootada (hozirgi Jambul
shahrining 1938 yilgacha bo'lgan nomi) mann botmon deb atalib, miqdor bo'yicha u 12 pudga,
ya'ni 196,566 kg ga teng bo'lgan. Xorijiy Sharq mamlakatlarida qo'llanilgan manning bizdagi
manndan farqi qiymatlarning dirhamga asoslanganidir. Bu mannlar ham ishlatilish davri va
joylariga qarab har-xil qiymatlarga ega bo'lgan: Makkada o'rta asrda l mann=200 dirham=3kg ga
teng bo'lgan (l mann = 3kg) 1327-46 yillarda lmann don va asallar uchun 1,35 kg ga, Misrda
o'rtacha 812,5 g ga teng qaraganda, 1 mann = 812g bo'lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |