73
2. Mayya kalendarlarida qanday davriylik qo'llanilgan?
3-BOB. ZAMONAVIY KALENDARLAR
Mavzu. Grigoriy kalendarining qabul qilinishi
Reja:
1. Yulian kalendaridagi kamchiliklar.
2. Rim papasi Grigoriy XIII ning kalendar islohoti.
3. Grigoriy kalendarining umumevropa kalendari sifatida qabul qilinishi.
Yulian kalendaridagi kamchiliklar. 325-yilda Nikey soborida Yulian kalendari yagona
xristian kalendari sifatida qabul qilindi va ular 21-martni bahorgi tengkunlik kuniga mos
keltirdik deb, o'yladilar. Xristianlarda diniy pasxa bayramini o'tkazishda buning ahamiyati katta
edi. Ular bir necha asrdan so'ng haqiqiy bahorgi tengkunlik nuqtasi kalendarga to'g'ri kelmay
qolganligini sezib qoldilar. XVI asrning ikkinchi yarmiga kelib, bu farq 10 kunga yetdi, ya'ni
bahorgi tengkunlik nuqtasi 21-mart emas, 11-martga to'g'ri kelib qoldi. Bu cherkovni tashvishga
solib qo'ydi, ya'ni pasxa bayrami borgan sari yozga surila boshladi, bu esa Nikey sobori qaroriga
zid edi. Pasxa bayrami 21-martdan keyingi to'linoydan so'ng birinchi yakshanbada nishonlanishi
kerak edi. Yulian kalendaridagi kamchiliklarni 1324-yilda Vizantiyalik olim Nikifor Grigora
aniqladi va bunga imperator Andronika II diqqatini qaratdi. Lekin imperator kalendarni isloh
qilishga ruxsat bermadi. Yulian kalendaridagi kamchiliklarni XVI asrning birinchi yarmida
Vizantiyada yashovchi olim Matvey Vlastar ham ta'kidladi. 1373-yilda Vizantiyalik olim Isaak
Argir kalendarni isloh qilish zarurligini asoslab berdi. Yulian kalendarini qaytadan isloh qilish
zaruratini katolik cherkovi vakillari ham ta'kidladilar. Bu fikrni Kliment VI ham qo'llab
quvvatladi. 1414-yilning martida kardinal Per d'Ali tashabbbusi bilan kalendar masalasi
muhokama qilindi. 1437-yilda bu masala Bazzel soborida ko'rib chiqildi. Unda uyg'onish
davrining faylasuf olimi Nikolay Kuzanskiy (1401-1464) o'zining loyihasi bilan tanishtiradi.
1457-yili papa Sikst VI kalendarni isloh qilish va pasxa hisobini to'g'rilashga tayyorgarlikni
boshlab yuboradi. Shu maqsadda papa Rimga yetakchi nemis astronomi va matematigi
Regiomont (1436-1476)ni taklif qildi. Lekin olimning bevaqt o'limi tufayli papa bu ishni keyinga
surishga majbur bo'ladi. XVI asrda kalendar masalasi bilan Lateran (1512-1517) va Triden
(1545-1563) soborlari shug'ullanadi. 1514-yilda Lateran sobori kalendar islohoti bo'yicha
maxsus komissiya tuzadi va Yevropada mashhur bo'lgan astronom Nikolay Kopernik (1473-
1543)ni Rimga taklif qiladi. Nikolay Kopernik o'sha davrda tropik yilining uzunligi
aniqlanmagani uchun komissiya tarkibida ishtirok etishdan bosh tortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: