71
Mayyalar kalendari aniq ekanligi haqidagi masala yuzasidan Y.V. Knorozov shunday
deydi: «Quyosh yilining haqiqiy uzunligi to'rtdan bir sutkaga yaqinroq ekanligini Mayya
astranomlari bilishgan (shunga ko'ra zamonaviy Grigoriy kalendarida har to'rt yilda ortiqcha 1
kun qo'shiladi). Ammo kalendarda qo'shimcha kunlar nazarda tutilmagan. 365 kunli yil
tuzatishlarsiz quyosh yili olib o'tishi va davrga qarab asta surilishi kerak edi. Shunday qilib,
Mayyalar sanasiga ko'ra necha kun o'tgani aniq, ammo necha quyoshli yil o'tgani noaniq». Agar
shunday bo'lsa, unda har 40 yilda yangi yil boshi 10 kun orqaga surilgan, 400 yil davomida esa
aniq astronomik vaqtga nisbatan (masalan, bahorgi tengkunlikka) 97 kunga surilgan. Shu masala
bo'yicha Amerika astronomi Robert Nyuton «Klavdiy Ptolemey jinoyati» asarida (- M.:
«Наука». 1985. 94 b) shunday yozadi: «Meni bilishimcha, yilning davomiyligini birinchi bo'lib
islom davlatlari astronomlari aniq topishgan. Xuddi shu vaqtning o'zida Mayya hindularida
Grigoriy kalendari bilan musobaqalasha oladigan kalendar mavjud edi. Bunday fikrning asosida
ba'zi bir yozuvlar xuddi kalendar yozuvlari deb o'qilishi mumkin. Agar men to'g'ri tushungan
bo'lsam, Tompson bu yozuvlar kalendarga taalluqli emasligiga ishonadi. Uning fikricha, bu
yozuvlar fuqaro hayotidagi hukumatga yangi hukmdorlar kelish davri hodisalariga tegishli».
Shunday qilib, Mayyalar kalendarining aniqligi masalasi yuzasidan kitobning kirish
qismida aytib o'tilganidek, Mayyalar astronomlari tropik yilning uzunligi 365,2429 sutkaga teng
deb aniqlay olishdi, u haqiqiy vaqtdan atigi 0,0002 sutkaga qisqaroq va 5000 yil davomida bir
sutka xatolik kelib chiqadi. Shuning uchun Mayya kalendari eng aniq kalendarlardan biri
hisoblanadi. Y.V. Knorozov va D. Tompsonning so'zlaridan ko'rinib turibdiki, Mayya
astronomlari tropik yilining uzunligini aniqlashda bu yerda ko'rsatilgan xatolarga yo'l qo'yganligi
haqida aniq dalillar yo'q. Ammo, eng asosiysi shundaki, u yoki bu astronomik kalendarning
davomiyligini bilish kamlik qiladi. Bu eng asosiysi bo‘lishga qaramay, ishning faqatgina yarmi.
Ishning boshqa yarmi bu bilimlarni amaliyotda qay darajada qo'llashdadir. Mayyalar
kalendarining yuqori darajada aniqligi haqida xulosa qilish uchun tropik yilning kasrli qismi
hisobi uchun qo'shimcha kunlarni qanday kiritganligi haqida ma'lumotga ega bo'lishimiz kerak.
Ammo bu haqda hech qanday ma'lumotlar saqlanib qolmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |