Mahalliy va mintaqa vaqti. Kundalik hayotimizda asosan o'rtacha Quyosh vaqtidan
foydalanamiz. O'rtacha Quyosh-vaqti ekvator bo'ylab tropik yil ichida bir marta tekis aylanib
chiqadigan xayoliy nuqtadir. O'rtacha Quyosh markazining yuqori kulminatsiya payti o'rtacha
tush payti deb ataladi. O'rtacha Quyosh vaqti shu paytdan boshlanadi. O'rtacha Quyosh
markazining pastki kulmanatsiya payti yarim tun deb ataladi. Fuqaro vaqti shu paytdan (soat
24
00
) hisoblanadi va kalendar kuni o'zgaradi. Astronomiyada 1925-yilgacha kun hisobi tush
paytidan o'zgarar, ya'ni yangi kun kunduzi soat 12
00
dan boshlanar edi. 1925-yildan boshlab,
astronomiyada ham fuqaro vaqtidan foydalanilmoqda.
Tropik yil 366,2422 yulduz sutkasidan iborat; bunda Yer Quyosh atrofmi bir marta to'liq
aylanib chiqadi, shu sababli, Quyoshga nisbatan Yerning o'z o'qi atrofida aylanish soni kam,
ya'ni 365,2422
sutka bo'ladi. Shuning uchun 366,2422 yulduz sutkasi 365,2422 o'rtacha Quyosh sutkasiga teng.
Bundan quyidagi xulosaga kelish mumkin. Yulduz vaqtining 24 soati - o'rtacha Quyosh
vaqtining 23 soat 56 minut 4,090 sekundiga, o'rtacha Quyosh vaqtining 24 soati - yulduz
vaqtining 24 soat 3 minut 56,555 sekundiga teng. Yulduz vaqtidan o'rtacha Quyosh vaqtiga va
aksincha o'tish uchun astronomik yilnomalarda boshlang'ich meridianning har yarim kechasiga
oid yulduz vaqti beriladi.
Yer sharining har bir joyida shu joyning o'z mahalliy vaqti bor. Bu vaqt o'sha joy meridiani
- geografik uzunlamasiga bog‘liq. Bir meridiandagi soatlar bir vaqtni ko'rsatadi. Yer g'arbdan
sharqqa qarab aylangani uchun berilgan meridiandan sharqdagi joylarda soat kechroq vaqtni,
g'arbdagi joylarda ertaroqni ko'rsatadi. Ikki joyning mahalliy vaqtiari orasidagi farq shu joylar
geografik uzunlamalarining soat, minut va sekundlar bilan hisoblanadigan farqiga teng.
Meridianlar bo'yicha farqlanuvchi vaqt, ya'ni har meridianning o'z vaqti mahalliy vaqt deb
ataladi. Har bir hududning o'z mahalliy vaqti bo'lishi aloqa va sayohatlarda ko'p noqulayliklar
tug'diradi. Shu sababli, bir vaqtlar turli mamlakatlar o'z poytaxt vaqtlarini qabul qilishgan.
Masalan, Fransiyada Parij vaqti (Grinvich vaqtidan 9 minut 21 sekund oldinda), Italiyada Rim
vaqti (Grinvich vaqtidan 50 minut oldinda) joriy qilindi. Bu mamlakatlarda, ularning hududlari
katta bo'lmaganligidan, mahalliy vaqtlarni poytaxt vaqtiga moslash uchun soat millarini bir oz
surib qo'yishga to'g'ri keldi. Shu bilan bir mamlakat ichidagi mahalliy vaqtlar tafovuti yo'qoldi.
Ammo bir mamlakat bilan ikkinchi mamlakat orasidagi vaqt tafovuti oldingiday qolib, xalqaro
aloqalar shiddatli rivojlanishi natijasida bu tafovutlar yaqqol sezila boshladi. Bu sohadagi
noqulayliklar saqlanib qoldi. Mamlakatda yagona poytaxt vaqti joriy qilinishi hududlari juda
katta bo'lgan mamlakatlar uchun qulaylik tug'dirmadi. XX asr boshlarida Peterburg vaqti
(Moskva vaqtidan 28 minut 58 sekund orqada) temiryo'lda ishlatilar edi. Bu vaqt Rossiyaning
butun hududlari uchun noqulay bo'lgan, chunki undan Uzoq Sharq vaqti 10 soatgacha farq qilar
edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |