62
yilda bir marta) olti kun orqaga suriladi. Qachonki, olti kun, agar kabisa yili R - to'lin oy sanasi
yakshanbaga to'g'ri kelsa, suriladi. Shuning uchun yangi pasxa jadvalini tuzuvchilari Oy fazalari
va hafta kunlariga muvofiq tuzatishlar kiritishgan. Aleksandriyalik patriarx Kirill Diokletian
erasi bo'yicha 153-yildan to 247-yilgacha bo'lgan pasxa jadvalini tuzgan va u eramizning 531-
yilini ham o'z ichiga olgan. Dionisiy Maliy Diokletian erasidan voz kechadi va yil hisobini
«Isoning tug'ilishi» erasidan, ayrim ma'lumotlarda esa «Ob incarnatio Domini -«Xudoning
gavdalanishi» erasidan hisoblagan. Lekin Dionisiy qanday mulohazalardan, qaysi hisobga
asoslanib to'xtovsiz almashinuvchi yilda o'z erasini boshlanish sanasini hisoblaganini tushuntirib
o'tmagan. Shu sabab tarixchilar turli fikrlarni bildirishgan, garchi ularning birontasi ham
boshqasinikidan ishonchliroq bo'lmasa-da, shunday taxminlar mavjudki, Dionisiy bu erani
tuzishda Iso Masih hayotining 31-yilida vafot etgan va 25-martda cho'qintirilganligini e'tiborga
olgan. Binobarin, bu kunga birinchi pasxa to'g'ri kelgan. Dionisiy hisobi bo'yicha yana pasxa 25-
martga to'g'ri kelgan, bu Diokletian erasining 279-yili bo'lgan. O'z hisobini evangelie bilan
solishtirib, Dionisiy haqiqatan ham birinchi pasxa 532 yil oldin Diokletian erasining 279-yil
nishonlanganligini faraz qilish mumkin. 532 soniga yana 31 yilni qo'shib, undan 279 ni ayiriladi.
U Diokletian erasining 279-yili Isoning tug'ilganiga 563 yil bo'ldi deb hisoblaydi.
Yana boshqa farazga ko'ra, Dionisiy Maliy o'zi yashayotgan Diokletian erasining 241-
yilida ixtiyoriy Iso tug'ilganiga 525 yil to'ldi, deb hisobni shundan boshlashni taklif etadi.
Dionisiy o'sha Diokletian erasining 248-yilidan keyingi yillar uchun pasxa bayramini nishonlash
kunlarini hisoblamoqda edi, bu vaqtda Iso Masih tug'ilganiga 532 yil bo'ladi, deb hisobladi. 532
soni qayerdan olingan? Bu son uchta sonning ko'paytmasidan iborat edi: 4-7-9 = 532. Bunda 4
soni kabisa yillarining takrorlanishi, 7 soni hafta kunlarini bildiradi, ya'ni 4·7=8 yildan so'ng
hafta kunlari yana bir xil sanaga mos keladi. Bu 28 yillik davr «Quyosh davri» deb ataladi.
Masalan, 1949-yil 1-may yakshanba kuniga, 28 yildan so'ng 1977-yil 1-may yana yakshanbaga
to'g'ri keladi.
19 yillik davr o'tishi bilan Oy fazalari bir xil sanaga to'g'ri kelishi avvaldan malum edi, bu
Meton davri deb atalib, Dionisiyga ham ma'lum edi. Masalan, 1958-yil 29-avgustda to'linoy
bo'lgan, 1977-yil 29-avgust ham to'linoy bo'ldi. Demak, 532 yillik davr o'tishi bilan Oy fazalari
haftaning bir xil sanasiga to'g'ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |