Salavkiylar erasi. Yaqin Sharqda Salavkiylar erasi juda keng tarqalgan edi. Salavka
Aleksandr Makedonskiyning harbiy lashkarboshilaridan biri bo'lgan va Salavkiylar davlatini
tuzgan. Salavkiylar sulolasi juda katta hududlarni egallagan va bu hududlarda turli
kalendarlardan foydalanadigan turli xalqlar istiqomat qilgan. Shuning uchun Salavkiy erasi
turlicha qo'llanilgan. U Bobilda Salavkiylar erasining boshi eramizdan avvalgi 311-yil 22-
apreldan, Eronda eramizdan avvalgi 311-yil 7-fevraldan, keyinchalik eramizdan avvalgi 312-yil
10 -oktabrdan boshlangan. Salavkiy erasi bo'yicha yil hisobi Suriyadagi xristian aholisi o'rtasida
XIX asrga qadar saqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |