«Rimga asos solinishi erasi». O'rta asr tarixchilari «ab urbe condita» (a.u.b), ya'ni
«shaharga asos solinishi» erasidan keng foydalanganlar. Dastlab Rim imperiyasida bu era
shaharning yoshi haqida umumiy to'xtamga kelinmagani uchun keng tarqalmagan. Rimga asos
solinishi masalasida o'nta turli sanalar taxmin qilinadi va bu 500 yil davomida bahsga sabab
bo'lgan. Mark Terensiy Varron Rimga asos solinishi sanasini oltinchi olimpiadaning 3-yili - OL
6.3 tarzida qabul qilgan va bu keng tarqalgan. Rimliklar o'z shaharlariga asos solingan kunni har
yili 21-aprelda bahorgi bayram sifatida nishonlagan. Varronning ma'lumotiga ko'ra, «av urbe
condite» erasining boshlanishi eramizdan avvalgi 753-yil 21-aprelda qabul qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |