Batafsil bayon etilgan



Download 1,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/189
Sana30.12.2021
Hajmi1,65 Mb.
#98205
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   189
Bog'liq
xronologiya va metorologiy

 
64 
ufqning  sharqi  va  g'arbida  osmon  o'rtasidagidan  kattaroq  ko'rinadi.  Lekin  bu  Oy  shu  joylarda 
osmon  o'rtasidagidan  bizga  yaqinroq  bo'lgani  uchun  emas,  balki  Yerdan  ko'tarilayotgan 
bug'lanish bizning ko'zimiz bilan ufq orasida turib qolgani uchundir. Ularni biz sovuq kunlarda 
yomg'ir  tufayli,  bahor  havosida,  namlik  katta  bo'lganda,  qish  kunlarida  kattaroq  ko'ramiz. 
Shunday kunlarda Quyosh va Oy chiqish va botish oldidan juda katta bo'lib ko'rinadi. Xuddi shu 
singari  odam  toza  suvning  qa'rida  bir  or  narsani  ko'rsa,  и  narsaning  haqiqiy  shakldidan  katta 
ko'radi». 
Keltirilgan  iqtibosdan  ko'rinib  turibdiki,  Al-Farg'only  juda  sodda  usul  bilan  osmonning 
kurra  shaklida  ekanligini  isbotlay  olgan  va  bunga  o'z  zamondoshlarini  ham  ishontirgan. 
Qur'onda  Yer  (ard)  haqida  ham  ko'p  marta  eslatiladi  va,  odatda,  «as-samovot  val-ard» 
(«osmonlar  va  yer»)  degan  ibora  ishlatiladi.  Yer  shakli  haqida  ham  Qur'onda  aniq  tasavvur 
mavjud.  «Nuh»  surasining  19-oyatida:  «Alloh  ja'ala  lakum  al-arda  bisatan»  deb,  Yer  gilamga 
(«bisat») o'xshatiladi. «Baqara» surasining 22-oyatida: «Al-lazi ja'ala lakum al-arda firoshan» 
deb, uni  to'shakka («firosh») o'xshatilgan. «Naba'» surasining 6-oyatida ham «Alam naj'al  al-
arda mihodan» deb. yana Yer ko'rpachaga («mihod») o'xshatilgan. Bu oyatlarning hammasida 
Yerning  tekis  ekanligiga  shama  qilinayotganligi  aniq  ko'rinayapti.  Shunisi  ajablanarliki, 
Qur'onda shunchalik aniq aytilgan  bu fikr  islom  mamlakatlarida  geografiyaning rivojlanishiga 
to'sqinlik  qilmadi.  Aksincha,  bu  va  boshqa  oyatlar  payg'ambarning  ilmga    undovchi  hadislari 
bilan  birga  islom  astronomlari  va  geograflarining  haqiqat  uzra  yo'naltirdi,  ularga  bu 
yo'nalishda katta turtki berdi. 
Al-Farg'oniy o'z asarining uchinchi bobini to'g'ridan-to'g'ri «Yerning quruqlik va dengizga 
tegishli  hamma  qismlari  bilan    birgalikda  kurra  shaklida  ekanligi  haqida»  deb  ataydi  va  shu 
bobida  bunday  yozadi:  «Shunday  qilib,    barcha  olimlar Yerning  quruqlik  va  dengizga  tegishli 
hamma  qismlari  bilan  birgalikda  kurra  shaklida  ekanini  tan  olishgan.  Uning  dalili  shuki,   
 
Quyosh,      Oy  va  boshqa  yoritgichlar  Yerning  turli  taraflarida    bir    vaqtda    chiqmaydi  
ham,   botmaydi  ham,   balki   Yerdan qaraganda   ulardan   sharqiy   vaziyatda   bo'lganlari   
g'arbiy      vaziyatda  bo'lganlaridan  oldinroq  chiqishini  ko'ramiz,  sharqdagilarning  botishi  ham 
g'arbdagilarning  botishidan  oldin  bo'ladi.    Oy  tutilishi  singari  aniq  bir  hodisaningyuz  berishi 
Yerning turli  tarafida  turli  vaqtda  kuzatiladi.  Agar  bu  hodisa  oralaridagi  masofa  uzoq  bo'lgan 
sharq  va  g'arbdagi  ikki  shaharda  kuzatilsa,  masalan,    tutilish  vaqti  sharqiy  shaharda  kechasi 
soat uchda ro'y beradi, deylik. Agar biz g'arbiy shaharda shu hodisani aniqlamoqchi bo'lsak, bu 
shaharlar  orasidagi  masofani  e'tiborga  olib,  tutilish  vaqti  uch  soat  kam  bo'ladi.  Sharqiy 
shaharda  soatning  ziyoda  bo'lishi  Quyoshning  g'arbiy  shahardagiga  qaraganda  bu  yerda 
ilgariroq  botishini bildiradi.  Katta yoritgich botish  vaqtida kuzatilsa  ham ana shunday bo'ladi. 
Turli  ikki  shaharda  uning  kuzatilish  vaqtini  oldin  izohlaganimiz  kabi  topamiz.  Hamma  vaqt 
sharqiy  shahar  soati  g'arbiy  shahar  soatidan  oldinda  bo'ladi.  Vaqtdagi  bu  farqlar      Yerning  
odam  yashaydigan    qismining    g'arbiy    va    sharqiy  hududlari  orasida  mavjud.    Shimol  va 
janubdagi  bir-biridan  uzoqlikda  joylashgan  joylar  orasida  ham  xuddi  yuqoridagi  kabi  farq 
mavjud. Agar Yerda janubdan shimolga qarab yurilsa, (kishiga) unga shimol tomonda botuvchi 
bo'lgan  ba'zi  yoritgichlar  abadiy  ko'rinuvchi  bo'lib  qoladi.  Xuddi  shu  singari  janub  tomonda 
avval unga ko'ringan ba'zi yoritgichlar endi doim ko'rinmaydigan bo'lib qoladi va doim shu bir 
xil  tartibda  bo'ladi.  Biz  bayon  etganlarning  hammasi  Yerning  kurra  shaklida  va  Yer  sirtining 
dumaloq ekanini isbotlaydi.  Agar Yer yassi bo'lsa edi,  biz  bayon etgan  hodisalarning birontasi 
ro'y bermas, Yerning hamma tomonida yoritgichlar ayni bir vaqtda chiqar va Yerning shimoli va 
janubidagi  hodisalar  yuz  bermas  edi:  doim  ko'rinadigan  yoritgichlar  ko'rinmaydigan  va, 
aksincha, doim ko'rinmaydigan yoritgichlar ko'rinadigan bo'lib qolar edi». 

Download 1,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish