37
Old Osiyo davlatlarida, jumladan, zamonaviy Eron hududida dastlab Bobil Oy-quyosh
kalendari ishlatilgan. Ahmoniylar Misrni qo'lga kiritgandan key in (er.avv. VI asrda) esa Quyosh
kalendaridan foydalana boshladi. VII asrda arablarning kirib kelishi natijasida hijriy-qamariy
kalendari ham kirib keldi, lekin ular Quyosh kalendaridan butunlay voz kechmadilar.
Savol va topshiriqlar
1. Sharqda qo'llanilgan Quyosh kalendarlari to'g'risida ma'lumot bering.
2. Qadimgi Arab kalendarlari to'g'risida qaysi manbalarda ma'lumotlar berilgan?
3. Bobil kalendarida dastlab vaqtning qaysi o'lchov birliklaridan
foydalanilgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |