85
4,2125 1 ga teng ekanligi to'g'risida ma'lumotlar bor. 10 -asrda Iroqda qafiz o'lchovi ikki xil
qiymatga ega bo'lgan: birinchisi Bog'dodda qo'llanilgan katta o'lchamdagi qafiz 45 kg bug'doyga
(yana 48,75 kg bug'doyga) teng bo'lgan. Mana shu ikkala qiymatli qafizning o'rtacha hajmi 60
litrga teng bo'lgan. Qafizning ikkinchisi -Basrada qo'llanilgan bo'lib,qiymati 4,108 kg bug'doyga
teng bo'lgan. Ko'p hollarda kichkina o'lchamli qafiz katta o'lchamli qafizning yarmiga teng
bo'lgan. Agar katta o'lchamli 1 qafiz = 48,75 kg ga yoki 60 litr hajmga teng bo'lsa, u holda kichik
o'lchamli 1 qafiz 4,375 kg ga, hajmi bo'yicha esa 30 litr ga teng ekan. 10- asrda Eron va O'rta
Osiyoning ba'zi viloyatlarida 1 qafiz 56,9 kg bug'doyga, demak 74 litr hajmga teng bo'lgan. 10-
asrda Xorazmda 1 qafiz taxminan 7,7 kg bug'doyga, demak 10 litr hajmga teng bo'lgan.
Ammonda 1 qafiz = 112 Qaylaja =3,15 1 hajmga, Tunisda (1330) 1 qafiz =202,176 1 hajmga ega
bo'lgan.
Botmon (o'zbekcha) - l)O'zbekistonning turli yerlarida (Xorazmdan boshqa) ikki puddan
11 pudgacha (1 pud-16,38 kg) bo'lgan og'irlik o'lchovi. 2). Xiva xonligida bir botmon 4411
misqolga barobar keluvchi og'irlik o'lchovi; 3). Taxminan 1 desyatinaga teng bo'lgan
N. Ahrorovning kitobida: "Botmon, mann ( arabcha ) og'irlik o'lchov birligi; Yaqin va
O'rta Sharq mamlakatlarida, O‘rta Osiyoda qo'llanilib kelgan. Respublikaning ko'p viloyatlarida
mann bilan bir xil qiymatga ega bo'lgani uchun mann ko'rinishida ham qo'llanavergan"-deb qayd
etilgan. Hamda botmon og‘rlik o'lchov birligi batafsil yoritilgan.
Buni quyidagi misollardan ko'rish mumkin; 13-asrda Xorazmda botmon 20,16 kg dan
40,95 kg gacha, Buxoro va Samarqandda asosan 8 pud (131,044 kg), Farg'onada 8-10 pud
(131,044-163,805 kg) bo'lgan. Bu o'lchov paxta va mevalarni o'lchashda qo'llanilgan. 1884 yil
ma'lumotlariga ko'ra, Qo'qonda 1 botmon 10 pudga ya'ni 163,805 kg ga teng bo'lib, donlarni
o'lchashda qo'llanilgan. Toshkent va Toshkent viloyatlarida mann o'rnida ko‘proq botmon
ishlatilgan. Toshkent va Chimkentda 1 botmon 10,5 pudga, ya'ni 171,995 kg ga teng bo'lgan; 2)
O'rta Osiyoning ko'p joylarida botmon yer yuzasini o'lchash birligi sifatida ham qo'llaniladi.
1botmon yer deganda 1 botmon don eqiladigan maydon tushuniladi. Masalan; Samarqandda 1
botmon (8 pud) bug'doy 1,63881 gektar yerga sepilganligi sababli shunday kattalikdagi yer bir
botmon deb atalgan. Hozirgi vaqtda botmon taxminan bir gektarga teng sath o'lchov birligi
hisoblanadi.
Hozir ham ba'zi Sharq mamlakatlarida botmondan og'irlik o'lchov birligi sifatida
foydalaniladi.
Mann - og'irlik o'lchov birligi; juda qadimdan qo'llanilib kelgan. Dunyoning juda ko'p
mamlakatlarida, shu jumladan respublikamiz hududida qo'llanilgan. Respublikamiz hududida
qo'llanilgan mann, misqol yoki qadoq, boshqa davlatlardagi mann dirhamga asoslangan.
Manning qiymati ishlatilish joyi va davriga qarab har xil bo'lgan: Xorazmda qadimdan to
15-asrgacha 1 mann 3 qadoq ya'ni 1,2255 kg bo'lgan, lekin ba'zi ma'lumotlarga (1 335 y) 1 mann
= 1,188 kg. 17-asrda 1 mann 10 va 12 qadoqka teng bo'lgan, masalan 1641yildan 1650-60
yillargacha 1 mann =12 qadoq =12x0,409512=4,914kg;
1660 yildan 1 mannn = 10 qadoq =10x0,409512=4,09512 kg =4,095'kg bo'lgan. 18 -
asrda ikki xil mann ishlatilgan; 18 qadoqqa teng bo'lgan manni , «katta M» katta botmon, deb
atalgan, 1 katta mann /botmon/ =18 qadoq = 18x0,409512 =7,371216= 7,371 kg bo'lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |