83
OG'IRLIK O'LCHOV BIRLIKLARI TIZIMI.
№ Og'irlik o'lchov birliklarining nomlari Birliklarning qadoq
bo'yicha qiymatlari
Xalqaro birliklar tizimidagi
qiymatlari
1 1 arpa doni
1.110
4
0,04095=0,00004095kg
2 1 misqol=100 arpa doni
1-10
2
4,095g =0,004095 kg
3 1 qadoq =100 misqol
1
409,5 g = 0,4095 kg
4 1 kumush tosh = 250 misqol
2,5
1023,75r =1,02375 kg
5 1 oltin tosh = 500 misqol
5
2047,50 g = 2,0475 kg
6 To'rtdan bir pud 1000 misqol
10
4095,0 g =4,095 kg
7 Yarim pul =2000 misqol
20
8190,0 g = 8,190 kg
8 1 pud = 4000 misqol
40
16380,0 g = 16,38 kg
9 l kichkina botmon=8 pud
320
131040 g = 131,04 kg
10 1 botmon = 10 pud
400
163800 g =163,80 kg
11 1 katta botmon = 16 pud
640
262080 g = 262,08 kg
12 1 eng katta botmon = 20 pud (bu
ko'pincha botmon – motmon deb ham
ataladi.
800
327600 g = 327,60 kg
(Jadval N. Axrorov kitobidan olindi.)
Pitl – og‘irlik o‘lchov birligi, Agar 1 xorazm dirhami = 3,125g ligi hisobga olinsa, u holda
1 pitl = 330x3,125 = 1031,25g bo‘ladi. Beruniy va ibn Sino asarlarida 1 ritl = 340 gramm deb
berilgan.
Misqol - og'irlik o'lchovi va o'lchov birligi mamlakatimizda, shuningdek, boshqa ba'zi
mamlakatlarda qo'llanilgan.
Bobokalonlarimiz oldida misqolning og'irligini belgilash muammosi ko'ndalang bo'lgan.
Ular bu muammoni arpa va bug'doy donlaridan foydalanib hal qildilar. Ular 1 misqolning
og'irligini o'zlari yetishtirgan arpa (yoki bug'doy) donidan yo‘z donasining og'irligiga tengladilar.
Agar bir dona arpa donini qadimda o'rtacha 0,0409512 g ga teng qilib olishganini hisobga olinsa,
u holda 1m=100 arpa doni =100x0,0409512 = 4,09512 g bo'ladi. Lekin arpani yetishtirish davri,
joyi va sharoitga qarab, uning katta-kichikligi, ya'ni og'irligi ham har xil bo'lgan. Quyida misqol
qanday qiymatlarga ega bo'lganligi to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan: Xorazimda 14 - asrda va
undan oldin 1 arpa doni 0,0455 g deb qabul qilingan, 1 m-4,55 bo'lgan, 19 - asrga kelib 1 arpa
doni =0,0453 g, 1 m = 4,53 g bo'lgan. Buxoroda misqolning ikki xil qiymati bo'lgan : 1 misqol
=96 arpa doni= 4,8 g; ikkinchisi 1 misqol = 100 arpa doni =5 g bo'lgan.
Samarqand xalqi 6-8 -asrlardan, balki undan ham oldin og'irligi 4,46 g bo'lgan misqollarni
qo'llashgan. Bu misqollar ( l misqol = 4,46 g) hozirgi kunda ham mamlakatimizda, shuningdek,
ba'zi sharq mamlakatlari ham qo'llanilmoqda. Farg'ona vodiysida Xorazmning 100 arpa
doniga teng va qiymati 4,55 g bo'lgan misqoli qo'llanilgan ( 1 misqol= 100 arpa doni = 4,55 g).
Beruniy va Ibn Sino asarlarida berilgan jadvallarda misqolning o'rtacha qiymati 4,25 g ga teng
qilib berilgan.
Misqolning boshqa mamlakatlardagi qiymatlari quyidagicha bo'lgan: Misrda uning qiymati
0,195 g li 24 karat bilan aniqlanadi. Bu holda 1 misqol = 24 karat = 24 x 0, 195 = 4,68 g.
Suriyada misqolning qiymati 3,14 g bo'lgan dirhamni
12
5
1
ko'paytirish yo'li bilan aniqlangan ; 1
misqol =
12
5
1
dirham =17/12 x 3,14 = 4,4483 g bo'lgan. Iroqda bir misqol =4,46 g bo'lgan.
Eronda 14-asrda 1 misqol 4,3 g ga,18 asrda 4,613 g ga , 1890 yildan keyin esa 4,639 g ga teng
bo'lgan; lekin amalda 16 -asrdan boshlab misqolning 4,6 g li qiymati ko‘proq qo'llanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |