82
Magellan ekspeditsiyasi sayyohlarining sayohati davomida Yer o'z o'qi atrofida g'arbdan
sharqqa tomon к marta aylangan bo'lsin. Demak, Ispaniyada qolgan kishilar uchun к sutka o'tdi.
Sayyohlar Yer aylanishiga teskari tomonga yurganligidan Yerdan bir marta kam aylanib
chiqishadi, ya'ni ular Quyoshga nisbatan k—1 marta aylanishadi, shu sababli hisobdan 1 sutka
yo'qotishgan. Misol uchun, k-1000 sutka deb olsak (Magellan ekspeditsiyasi shuncha кип davom
etgan edi), sayyohlar uchun 999 sutka o'tgan. Endi sayyohlar Yer aylanayotgan tomonga, ya'ni
g'arbdan sharqqa tomon safar qilsinlar, и holda teskari hodisa yuz bergan bo'lar edi, chunki
sayyohlar Yerdan bir marta ortiq aylangan bo'lib, ularning hisobida k+1 (1001) sutka o'tar va
juma emas, balki Ispaniyaga shanba kuni kelgan bo'lib hisoblashar edi. Shunga o'xshagan
tushunmovchilik bo'lmasligi uchun xalqaro bitimga asosan Yer yuzida chislo o'zgaradigan,
yangi sutka boshlanadigan chiziq (uni demarkatsiya chizig'i ham deyishadi) haqida
shartlashilgan. Bu bitimga asosan, chislo o'zgaradigan chiziqning ko'p qismi Grinvinch
meridianidan 180 gradus uzoqda Tinch okeanida joylashgan meridiandan o'tadi. Bu
demarkatsion chiziq quruqlikdan o'tmasligi (chunki quruqlikda yashovchi odam shu chiziqni
kesib, qo'shni shahar yoki qishloqqa borganida ham chisloni o'zgartirishi kerak bo'lar edi)
uchun ba'zi joylarda o'sha meridianning bir oz sharq tomonidan (Osiyo qit'asining qirg'og'i.
Fidji, Samao, Tonga tabu, Kermadek va Chatam orollari yonidaj, goh bir oz g'arb tomonidan
(Vrangel va Aleut orollari rayonida) o'tadi. Kelishuv bo'yicha, demarkatsiya chizig'ini kesib
o'tadigan kemalar quyidagi qoidaga rioya qilishlari kerak:
a) bu chiziqni g'arbdan sharqqa kesib o'tgan kema chislo va unga mos hafta kunini ikki
matra hisoblaydifyuqoridagi misolimizda ikki marta 1-may yakshanba);
b) bu chiziqni sharqdan g'arbga kesib o'tgan kema bir chislo va unga mos hafta kunini
hisobdan tashlab ketadi (Masalan, 30-aprel shanbaning ertasiga 2-may dushanba hisoblaydi).
Shuni aytib o'tish kerakki, sayohat kunduz bilan tun almashinuvini e'tiborga olmasdan bir
mintaqadan ikkinchi mintaqaga o'tganda soat millarini siljitmay davom ettirilsa, demarkatsiya
chizig'ini kesib o'tganda уuqorida keltirilgan (a va b) shartlarga rioya qilmasa bo'ladi, и holda
hech qanday xato ro'y bermaydi. Masalan, aviatsiya va ayniqsa kosmonavtikada shunday
qilinadi. Haqiqatan ham, 1 sutka davomida demarkasiva chizig'ini 16 marta kesib o'tuvchi
kosmonavtlar o'z soatlarini 16 sutkaga orqaga surmaydi, albatta. Ular Moskva vaqti bilan start
olib va shu vaqt bo'yicha parvozlarini davom ettiradilar, Yerga qo'ngan paytlarida sana
hisobida hech qanday farq bo'lmaydi, xato yuz bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |