Batafsil bayon etilgan


Mahalliy  va  mintaqa  vaqti



Download 1,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/194
Sana13.01.2022
Hajmi1,65 Mb.
#357446
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   194
Bog'liq
xronologiya va metorologiy

Mahalliy  va  mintaqa  vaqti. 
Kundalik  hayotimizda  asosan  o'rtacha  Quyosh  vaqtidan 
foydalanamiz. 
O'rtacha  Quyosh-vaqti 
ekvator  bo'ylab  tropik  yil  ichida  bir  marta  tekis  aylanib 
chiqadigan  xayoliy  nuqtadir.  O'rtacha  Quyosh  markazining  yuqori  kulminatsiya  payti 
o'rtacha 
tush  payti 
deb  ataladi.  O'rtacha  Quyosh  vaqti  shu  paytdan  boshlanadi.  O'rtacha  Quyosh 
markazining  pastki  kulmanatsiya  payti 
yarim  tun 
deb  ataladi.  Fuqaro  vaqti  shu  paytdan  (soat 
24
00
)  hisoblanadi  va  kalendar  kuni  o'zgaradi.  Astronomiyada  1925-yilgacha  kun  hisobi  tush 
paytidan  o'zgarar,  ya'ni  yangi  kun  kunduzi  soat  12
00
  dan  boshlanar  edi.  1925-yildan  boshlab, 
astronomiyada ham fuqaro vaqtidan foydalanilmoqda. 
Tropik  yil 366,2422  yulduz sutkasidan iborat; bunda Yer Quyosh atrofmi bir marta to'liq 
aylanib  chiqadi,  shu  sababli,  Quyoshga  nisbatan  Yerning  o'z  o'qi  atrofida  aylanish  soni  kam, 
ya'ni 365,2422 
sutka bo'ladi. Shuning uchun 366,2422 yulduz sutkasi 365,2422 o'rtacha Quyosh sutkasiga teng. 
Bundan  quyidagi  xulosaga  kelish  mumkin.  Yulduz  vaqtining  24  soati  -  o'rtacha  Quyosh 
vaqtining  23  soat  56  minut  4,090  sekundiga,  o'rtacha  Quyosh  vaqtining  24  soati  -  yulduz 
vaqtining 24 soat 3 minut  56,555 sekundiga teng.  Yulduz vaqtidan o'rtacha Quyosh vaqtiga va 
aksincha  o'tish  uchun  astronomik  yilnomalarda  boshlang'ich  meridianning  har  yarim  kechasiga 
oid yulduz vaqti beriladi. 
Yer sharining har bir joyida shu joyning o'z mahalliy vaqti bor. Bu vaqt o'sha joy meridiani 
-  geografik  uzunlamasiga  bog‘liq.  Bir  meridiandagi  soatlar  bir  vaqtni  ko'rsatadi.  Yer  g'arbdan 
sharqqa  qarab  aylangani  uchun  berilgan  meridiandan  sharqdagi  joylarda  soat  kechroq  vaqtni, 
g'arbdagi  joylarda  ertaroqni  ko'rsatadi.  Ikki  joyning  mahalliy  vaqtiari  orasidagi  farq  shu  joylar 
geografik  uzunlamalarining  soat,  minut  va  sekundlar  bilan  hisoblanadigan  farqiga  teng. 
Meridianlar  bo'yicha  farqlanuvchi  vaqt,  ya'ni  har  meridianning  o'z  vaqti 
mahalliy  vaqt 
deb 
ataladi.  Har  bir  hududning  o'z  mahalliy  vaqti  bo'lishi  aloqa  va  sayohatlarda  ko'p  noqulayliklar 
tug'diradi.  Shu  sababli,  bir  vaqtlar  turli  mamlakatlar  o'z  poytaxt  vaqtlarini  qabul  qilishgan. 
Masalan,  Fransiyada  Parij  vaqti  (Grinvich  vaqtidan  9  minut  21  sekund  oldinda),  Italiyada  Rim 
vaqti (Grinvich vaqtidan 50 minut  oldinda) joriy qilindi. Bu mamlakatlarda, ularning hududlari 
katta  bo'lmaganligidan,  mahalliy  vaqtlarni  poytaxt  vaqtiga  moslash  uchun  soat  millarini  bir  oz 
surib qo'yishga to'g'ri keldi. Shu bilan bir mamlakat ichidagi mahalliy vaqtlar tafovuti  yo'qoldi. 
Ammo  bir  mamlakat  bilan  ikkinchi  mamlakat  orasidagi  vaqt  tafovuti  oldingiday  qolib,  xalqaro 
aloqalar  shiddatli  rivojlanishi  natijasida  bu  tafovutlar  yaqqol  sezila  boshladi.  Bu  sohadagi 
noqulayliklar  saqlanib  qoldi.  Mamlakatda  yagona  poytaxt  vaqti  joriy  qilinishi  hududlari  juda 
katta  bo'lgan  mamlakatlar  uchun  qulaylik  tug'dirmadi.  XX  asr  boshlarida  Peterburg  vaqti 
(Moskva  vaqtidan  28  minut  58  sekund  orqada)  temiryo'lda  ishlatilar  edi.  Bu  vaqt  Rossiyaning 
butun hududlari uchun noqulay bo'lgan, chunki undan Uzoq Sharq vaqti 10 soatgacha farq qilar 
edi. 



Download 1,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish