Batafsil bayon etilgan



Download 1,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/194
Sana13.01.2022
Hajmi1,65 Mb.
#357446
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   194
Bog'liq
xronologiya va metorologiy

 
68 
Milodiy  IX  ashdayoq  mayya  hududlarining    janubiy  tumanlarida  aholining  keskin 
kamayishi yuz beradi. X asr o‘rtalaridan toshdan imoratlar qurish ham to‘xtatiladi. Buning 
sabablari  ikki  xil  taxmin  ya‘ni  ekologik  muammolar  va  o‘zaro  urushlar  bilan  izohlanadi. 
Darhaqiqat Janubiy Amerikada yashovchi inklar ham o‘zaro mansab talashish, jipslikning 
yo‘qligi oqibatida tanazzulga yuz tutgan edi.
47
 
Bundan  500  yil  muqaddam  Amerika  qit‘asiga  tashrif  buyurgan  sayyohlar, 
bosqinchilar  qit‘a  aholisiga  dinni,  fan  va  madaniyatni  targ‘ib  etmoqchi  edilar.  Baholanki 
Amerika  kash  etilishidan  500  yil  muqaddam  yo‘q  bo‘lib  ketgan  ―Mayya  hundulari‖  deya 
nom  olgan  sivilizatsiya,  o‘zidan  so‘ng  hozirgi  kunga  qadar  davom  etib  kelayotgan  bahs -
munozarali sir-sinoatlar qoldirdi. Ular astranomiyada  yil hisobi va xronologiyada ko'zga 
ko'rinarli  chuqur  bilimga  ega  bo‘lishgan.  Shuningdek  mayyalarda  erga  ishlov 
berish,  kulolchilik,  matematika,  tibbiyot  fanlari,  teatr,  adabiyot,  yozuv,  musiqa  va 
qo‘shiqchilik  san‘ati,  haykaltaroshlik,  me‘morchilik  madaniyati  yuksak  taraqqiy 
topgan.  Mayyalar  kalendar  tizimini  yaratib,  boshqa  xalqlarning  kalendarlaridan  kuchli  farq 
qilganlar.  Mayyalar  kalendaridan  Markaziy  Amerikaning  boshqa  xalqlari  ham 
foydalanishgan.Yozuvda  ieroglif  tizimi  qo‘llanilgan.  Haykallarida  ko‘pgina  yozuvlar 
saqlanib  qolgan.  Ular  o‘z  hayotidagi  muhim  sanalarni,  voqealarni  tosh  stolbaga  (st'el 
o'yib unda sayyoralar, yulduzlar va vaqtni alohida ierogliflar bilan  belgilaganlar.   
Markaziy  Amerikani  birinchi  bo'lib  «o'zlashtirishni»  boshlagan  ispanlar,  bu  yerda  40000 
ga  yaqin  ehromlar  borligini  aniqlashdi.  Ularning  ba'zi  birlarining  balandligi  60  metrga  yetardi. 
Amerikada o'ziga xos sivilizatsiyalar mavjud bo'lgan, ulardan esa astronomik kuzatishlar uchun 
maxsus ibodatxonalar, ehromlar qolgan. 
XVI  asrda  ispanlar  Yukatanni  bosib  olganidan  so'ng  Mayya  rnadaniyatiga  oid 
yodgorliklarni  vayron  qildi.  Mayya  madaniyati  yodgorliklarini  Meksika  birinchi  arxiyepiskopi 
don  Xuan  de  Sumaraga  boshchiligidagi  rohiblar  vayron  qilishda  bosh-qosh  bo'lishgan. 
Keyinchalik,  shu  davlatda  ikkinchi  arxiyepiskop  bo'lgan  Diego  de  Landa  buyrug'iga  asosan 
1562-yilda  yig'ilgan Mayyalar qo'lyozma kitoblari autodefa bayrami vaqtida  yondirilgan edi.  U 
bu haqida shunday yozgan: «Biz ularda mana shu harflar bilan yozilgan ko'p miqdorda kitoblar 
topdik.  Ularda  irim  va  shayton  yolg'onlari  bo'lishi  mumkin  bo'lgan  hech  narsa  saqlanib 
qolmasligi  uchun  hamma  narsani  yoqib  tashladik».  Baqt  o'tishi  bilan  Diego  de  Landa 
«Yukatandagi  ishlar haqida» nomli  kitobida Mayyalar tarixi  va madaniyati haqida ma'lumotlar 
keltirgan,  ularning  yozuv  elementlarini  ta'riflagan,  bir  nechta  ieroglarni  keltirib  ularning 
tarjimasini bergan. 
Ispan  qiroli  Karl  IV  ga  sovg'a  qilingan  uchta  Mayyalar  qo'lyozmasi  tasodifan  saqlanib 
qolingan.  Ulardan  biri  Drezden  kutubxonasida,  ikkinchisi  Parijda,  uchinchisi  Madridda 
saqlanadi.  Arxeologik  qidiruvlar  natijasida  Mayyalarning  150  ga  yaqin  shaharlari  ochilgan. 
Shuningdek,  ieroglif  yozuvlar  ustunlarda,  bino  devorlarida,  idishlarda  va  amaliy  san'at 
buyumlarida  topilgan.  Shunday  yozuvlarning  500  dan  ortig'i  ma'lum.  Faqat  bitta  xonadondagi 
«ieroglif»  zinasida  2000  dan  ortiq  belgilar  tasvirlangan.  Butun  dunyo  olimlari  Mayyalar 
yozuvining sirlarini ularning o'ziga xos madaniyatini, jumladan, kalendarini o'rganish uchun juda 
ko'p  mehnat  qilishgan.  Bu  borada  ko'p  xizmat  ko'rsatgan  Y.B.  Knorozovdir.  U  Mayyalar 
kalendari  haqida  shunday  yozadi:  «Qadimgi  sanalarni,  hozirgi  kunda  to'liq  tushunishimiz 
mumkin. Lekin Mayyalar kalendaridagi hamma narsalar ham tushunarli emas». 
Ma'lumki,  Mayyalar  yilni  ikki  qismga  bo'lgan;  qurg'oqchilik  davri  (uni  quyosh  xudosi 
boshqargan)  va  yomg'ir  davri  (uni  yomg'ir  xudosi  boshqargan).  Mayyalar  to‘linoy  vaqtini  va 
yomg'irdan  darak  beruvchi  qora  bulutlarning  yig'ilishini  poylab,  ekin  ekishni,  birinchi  galda 
jo'xori ekishni boshlashgan. 
Mayyalar  kalendari  hisobining  asosini  «kin»,  ya'ni  kun  tashkil  qiladi.  Ular  «blok»larga 
birlashgan va bunday «blok»lar bir nechta bo'lgan: 
                                                 
47
 A.Do'stov. Inklar xazinasi. ―Adolat kuchi‖ gazetasi. 10 noyabr  2005 yil. 
 
 



Download 1,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish