Yashirin uzatish — buni o'yinchi eng oxirgi lahzagacha bildirmaydi va to'pning uchish yo'nalishini niqoblaydi. O'yinning taktik chizig'ida to'pni uzatish ketma-ket chiziqlarda belgilanadi.
Himoya qilish— sherigi g'amxo'rlik qilib, kuzatib, qo'riq-lab turganda himoyachini hujumchi o'tishi mumkin bo'lgan to-monga siljitishdir.
Pressing — inglizcha so'z bo'lib, hujumchilarni shoshilinch faoliyat va xato qilishga majbur qiladigan tig'iz, faol himoyadir. O'yinning oxirgi daqiqalarida ko'pincha jamoa bilan qo'llanadi.
O'yin usullari (yoki o'yin texnikasi unsurlari) — basketbol-chiga asosiy malakalar, o'yinda faol va samarali qatnashish imkonini beradi. Bunga uzatishlar, ushlash, olib yurish, tashlash, to'psiz va to'p bilan o'tishlar, sakrab qaytgan to'p uchun kurash, raqibni qo'riqlash va boshqalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |