Jarima to'pi tashlash — to'pni savatga tashiash paytida uni to'xtatib qolish maqsadida raqib tomonidan yo'l qo'yilgan xato uchun belgilanadi va u jarirna tashlash chizig'idan bajariladi.
O'yinga kiritish — to'p maydon tashqarisiga chiqqanda uni yana o'yinga kiritish bo'lib, yon chiziqdan uzatish bilan yoki to'p savatga tushgandan so'ng, himoyachi tomonidan yuza chizig'idan bajariladi.
To'pni olib yurish — o'yinchining to'p bilan harakatlanishi, uni polga ikki qo'lda navbat bilan urib yurishi. Shuningdek, to'pni olib yuruvchi driblirigchi o'yinchi deb ham ataladi. Basketbolda to'pni biryo'la ikki qo'llab olib yurish xato hisoblanadi. Taktik sxemada olib yurish to'lqinsimon chlziqcha bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |