Barqaror rivojlanish maqsadlarida nafaqat turli sohalarda ustuvor yo‘nalishlar, yangi keng ko‘lamli vazifalar belgilab olinayapti, balki ularda yangi ufqlar ham o‘z ifodasini topmoqda


Sasha GRAUMANN, BMT Bolalar jamg’armasi (YUNISEF)ning mamlakatimizdagi vakolatxonasi rahbari



Download 19,78 Kb.
bet3/4
Sana27.06.2022
Hajmi19,78 Kb.
#711699
1   2   3   4
Bog'liq
Maʼlumki

Sasha GRAUMANN, BMT Bolalar jamg’armasi (YUNISEF)ning mamlakatimizdagi vakolatxonasi rahbari:
— BMT Bolalar jamg’armasi (YUNISEF) 2017 - 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi qabul qilinishini alohida e’tirof etadi. Eng muhimi, Harakatlar strategiyasini ishlab chiqishda fuqarolik jamiyati institutlari, ilmiy doiralar, ommaviy axborot vositalari, xalqaro tashkilotlar ishtiroki uchun barcha sharoit yaratildi, uni amalga oshirish bo’yicha tavsiyalar inobatga olindi.
YUNISEF xalqaro ekspertlik ko’magi, ilg’or tajriba va amaliyot bilan O’zbekistonda onalar hamda bolalar huquqlarini inobatga olgan holda islohotlar amalga oshirilishini qo’llab-quvvatlab keladi. Xususan, YUNISEF sud-huquq sohasida hayotga tatbiq etilayotgan islohotlar doirasida xalqaro qoidalar va standartlarni implementatsiya qilish masalalarida mamlakatingiz hukumati bilan yaqin hamkorlik o’rnatgan. Sudlarning ixtisoslashishi hamda xodimlar salohiyati oshirilishi “bolalarga do’stona” sud tizimini yaratishga xizmat qiladi. Bu esa odil sudlov jarayonida zarur ko’mak berishda qo’l keladi.
BMT Bolalar jamg’armasi davlat tashkilotlari va NTT bilan hamkorlikda bolalar huquqlariga daxldor masalalarda o’z faoliyatini davom ettiradi. 2013 yili BMTning Bola huquqlari bo’yicha qo’mitasi O’zbekistonga o’z takliflarini bergan edi, YUNISEF ushbu tavsiyalarni amalga oshirishda har tomonlama ko’maklashmoqda.
O’zbekiston Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida Bola huquqlari to’g’risidagi konvensiyaning uchinchi fakultativ protokolini ratifikatsiya qilish masalasini ko’rib chiqish uchun qo’shimcha imkoniyatlarga ega. Biz Harakatlar strategiyasini samarali ro’yobga chiqarishda O’zbekiston bilan faol hamkorlik qilishga tayyormiz.
Miyeko YABUTA, BMT Aholishunoslik jamg’armasining yurtimizdagi vakolatxonasi rahbari:
— Yaqinda qabul qilingan Harakatlar strategiyasi O’zbekiston Respublikasi rahbariyatining mamlakatni ham iqtisodiy, ham ijtimoiy jihatdan jadal rivojlantirishga bo’lgan intilishining yaqqol ifodasidir. Bu asosiy maqsad sari, ya’ni 2030 yilda aholi jon boshiga daromadi yuqori bo’lgan davlatlar qatoridan joy olish yo’lidagi muhim qadamdir. Harakatlar strategiyasi muhokamasi jamiyat hayotining barcha jabhasida islohotlarni yanada chuqurlashtirishga odamlar katta ishtiyoq bilan qarayotganini ko’rsatdi. Bahs-munozaralar Harakatlar strategiyasini yanada boyitishga, unda odamlarning ehtiyojlarini aks ettirishga xizmat qildi. BMT agentliklari ham muhokamalarda faol qatnashdi. Bunday hamkorlik kelajakda ham izchil davom ettiriladi. Bu bizga bugungi kun talablariga javob beradigan davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishga o’z hissamizni qo’shish imkonini beradi.
Tashkilotimizning asosiy faoliyat yo’nalishlari, jumladan, xotin-qizlar hamda yoshlar farovonligi, ularning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, aholining reproduktiv salomatligini ta’minlash Harakatlar strategiyasining eng muhim yo’nalishlari sifatida belgilangani quvonarlidir. Ushbu hujjat onalar sog’lig’ini muhofaza qilish, birlamchi tibbiy yordam ko’rsatish darajasida reproduktiv salomatlikka e’tibor qaratish, tibbiy xizmat sifati va undan foydalanish imkoniyatini kengaytirish, yoshlar orasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish borasida aniq chora-tadbirlarni ko’zda tutadi. Aynan mana shu sohalarda BMT Aholishunoslik jamg’armasi katta tajribaga ega. Biz ushbu tajribamiz bilan o’rtoqlashishga hozirmiz.
Biz O’zbekiston hukumati, jamoat tashkilotlari bilan xalqingiz hayot darajasini yanada yuksaltirishga qaratilgan Harakatlar strategiyasining to’liq amalga oshirilishida baqamti ishlashga tayyormiz.


Download 19,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish