Barqaror rivojlanish maqsadlarida nafaqat turli sohalarda ustuvor yo‘nalishlar, yangi keng ko‘lamli vazifalar belgilab olinayapti, balki ularda yangi ufqlar ham o‘z ifodasini topmoqda


Stefan PRISNER, BMTning mamlakatimizdagi doimiy muvofiqlash-tiruvchisi



Download 19,78 Kb.
bet2/4
Sana27.06.2022
Hajmi19,78 Kb.
#711699
1   2   3   4
Bog'liq
Maʼlumki

Stefan PRISNER, BMTning mamlakatimizdagi doimiy muvofiqlash-tiruvchisi:
— BMTning O’zbekistondagi tuzilmalari mamlakatingizning yangi taraqqiyot dasturini to’liq qo’llab-quvvatlaydi. Harakatlar strategiyasida belgilangan chora-tadbirlar O’zbekistonning bugungi rivojlanish bosqichida juda dolzarb sanaladi. Unda ma’muriy, sud-huquq, iqtisodiy islohotlar, ijtimoiy sohani rivojlantirish, shuningdek, yaqin qo’shnichilik, do’stlik va millatlararo bag’rikenglik ruhida tashqi siyosat olib borish ko’zda tutilgan. Unda belgilangan ko’plab vazifalar BMTning 2016 - 2020 yillarga mo’ljallangan Taraqqiyotga ko’maklashuvchi doiraviy dasturiga muvofiq BMT tuzilmalarining mamlakatingiz bilan hamkorligining ustuvor yo’nalishlariga hamohangdir. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Mamlakat guruhi Harakat dasturi ishlab chiqilayotgan davrda Barqaror rivojlanish maqsadlari asosidagi global taraqqiyot dasturi hamda xalqaro huquqiy asoslar, shuningdek, hamkorlikning joriy va istiqboldagi yo’nalishlarini hisobga olgan holda, o’z tavsiyalarini berdi. Shuni ishonch bilan ta’kidlamoqchimanki, BMT Taraqqiyot dasturi va BMT agentliklarining O’zbekistondagi vakolatxonalari bundan keyin ham mamlakatingiz bilan hamkorlik qilishga, shu jumladan, Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga ko’maklashishga tayyor.
Krista PIKKAT, YUNESKOning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari:
— Mamlakat rahbari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasi e’tirofga loyiq. Ushbu hujjatning jamoatchilik muhokamasi tashkil qilingani manfaatdor tomonlarga, jumladan, fuqarolik jamiyati institutlariga muhokamalarda ishtirok etish va respublika kelajak taraqqiyoti yo’li bo’yicha o’z fikrlarini bildirish imkonini berdi. Bunday jarayon xalqning dilidagi gaplarni eshitish, o’z kelajagini belgilashda ishtirokini ta’minlashda muhim vosita hisoblanadi. Bu, ayniqsa, O’zbekistonda 2017 yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilingan bir davrda yanada ahamiyatlidir.
YUNESKO Harakatlar strategiyasini tushuntirish va targ’ib qilishda ommaviy axborot vositalarining faol rol o’ynashini qayd etadi. Shubhasiz, jurnalistlar chuqur tahliliy materiallari bilan davlat va jamiyat o’rtasida ko’prik bo’lib xizmat qiladi.
Harakatlar strategiyasi maqsadlari mamlakatning kelajak taraqqiyotini belgilab beradi. Ayniqsa, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga e’tibor qaratilayotgani, ta’lim sifatini oshirishga urg’u berilayotgani, qonun ustuvorligini, millatlararo bag’rikenglikni ta’minlash asosiy maqsad sifatida belgilangani diqqatga sazovordir. Bu Barqaror rivojlanish maqsadlarining ilg’or g’oyalariga tayangan holda, inson manfaatlarini ta’minlashning muhim omili sanaladi.
Strategiya doirasida YUNESKO ta’lim sifatini yanada oshirishga, ommaviy axborot vositalari mas’uliyatini yuksaltirishga, mamlakatning madaniy va tabiiy merosini saqlashga ko’maklashishi mumkin. Tashkilotimiz o’z tajribasi, ilg’or xalqaro amaliyot bilan O’zbekistonning barqaror kelajagini yaratish bo’yicha sa’y-harakatlarini qo’llab-quvvatlashda davom etadi.

Download 19,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish