Barqaror rivojlanish maqsadlarida nafaqat turli sohalarda ustuvor yo‘nalishlar, yangi keng ko‘lamli vazifalar belgilab olinayapti, balki ularda yangi ufqlar ham o‘z ifodasini topmoqda



Download 19,78 Kb.
bet1/4
Sana27.06.2022
Hajmi19,78 Kb.
#711699
  1   2   3   4
Bog'liq
Maʼlumki


Maʼlumki, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015-yilning sentyabrida Barqaror rivojlanish bo‘yicha o‘tkazilgan sammitida 2030-yilgacha bo‘lgan davrda davlat va hukumat rahbarlari tomonidan qabul qilingant hujjat prinsipial jihatdan yangi global majburiyat hisoblanadi. Barqaror rivojlanishining 17-maqsadi va tegishli vazifalar keng miqyosli masalalarni, yaʼni sog‘liq va farovonlikdan tortib to iqlim o‘zgarishlarigacha, gender tengligidan tortib isteʼmol va ishlab chiqarish modellari o‘zgarishlarigacha bo‘lgan jarayonni qamrab olgan.
Barqaror rivojlanish maqsadlarida nafaqat turli sohalarda ustuvor yo‘nalishlar, yangi keng ko‘lamli vazifalar belgilab olinayapti, balki ularda yangi ufqlar ham o‘z ifodasini topmoqda. Birinchi marta xalqaro shartnomada rivojlanish jarayonida umumiy manfaatlarni hisobga olgan holda faoliyat yuritadigan, samarali va hisobdor muassasalar hal qiluvchi rol o‘ynashi tan olindi.
16-maqsad yoki boshqaruv maqsadi Parlamentlararo ittifoq va BMT Taraqqiyot dasturining azaliy nuqtai nazarini aks ettiradi. Yaʼni, demokratik boshqaruv shunchaki emas, balki barqaror rivojlanish, tinchlik va odil sudlovga erishish yo‘lida muhim vosita hisoblanadi. Parlamentlar qonunchilik va nazorat vakolatlariga ega bo‘lgan muhim vakillik organi sifatida ushbu maqsadga erishishdan bevosita manfaatdordirlar.
So‘ngi yillarda O‘zbekistonda jamiyat hayotining barcha sohalarini yana-da isloh qilishning yangi bosqichiga o‘tildi. O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 2017-yil 7-fevralda tasdiqlangan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi Barqaror rivojlanish maqsadlarini bajarish bo‘yicha mamlakatimizning milliy “yo‘l xaritasi” sifatida xizmat qilmoqda.
Taʼkidlash joizki, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlariga to‘la hamohang bo‘lgan Harakatlar strategiyasiga muvofiq qabul qilinayotgan Davlat dasturlariga binoan ishlab chiqilib, hayotga tadbiq qilinayotgan qonunlar mamlakatimiz taraqqiyotiga xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qonun ijodkorligi va parlament nazorati faoliyati doirasida tegishli ishlar belgilab olingan. Xususan, parlament O‘zbekistonning “Barqaror rivojlanish maqsadlari”ga erishish bo‘yicha Hukumat tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan muntazam ravishda Parlament va Qo‘mita eshituvlarini amalga oshirmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabridagi qarori 2030-yilgacha bo‘lgan davrda BMT Global kun tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlarini izchil amalga oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida Milliy indikatorlarni ishlab chiqaradi.
Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi birinchi yig‘ilishidagi nutqida “Bundan buyon Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlarini bajarish bo‘yicha vazirlar hisobotlarini eshitishni yo‘lga qo‘yishi lozim” deb taʼkidlagan edi. Shu nuqtai nazardan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining 2020-yil 27-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi Milliy maqsadlar va vazifalarning 2030-yilgacha bo‘lgan davrda amalga oshirilishini nazorat qilish bo‘yicha Parlament komissiyasini tuzish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori mamlakatimizda 2030-yilga qadar yuqorida keltirilgan keng ko‘lamli maqsadlarga hamohang ekanini tasdiqlovchi muhim qadamdir.
Parlament komissiyasining videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tgan ilk yig‘ilishida BMTning barqaror rivojlanish maqsadlarining 5 yildagi yakunlariga, yaʼni O‘zbekistonning milliy ixtiyoriy hisobotini atroflicha muhokama qilindi.
Albatta, Barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsadlarning to‘la to‘kis amalga oshirilishi jamiyatning izchil rivojlanishiga, xalq farovonligi va turmush sifatining yana-da yaxshilanishiga, O‘zbekistonning xalqaro imijining yuksalishiga xizmat qiladi.
Bugun xalqaro hamjamiyatning nigohi 2017 - 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga qaratilgan, desak, aslo yanglishmaymiz. Xalqaro ekspertlar tomonidan qayd etilishicha, Harakatlar strategiyasida belgilangan chora-tadbirlar BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan uyg’undir. Birlashgan Millatlar Tashkilotining mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan tuzilmalari vakolatxonalari rahbarlari ushbu dasturilamal hujjatning yurtimiz kelajagi uchun dolzarb ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlashmoqda.

Download 19,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish