To‘rtinchidan, ishdan bo‘shagan xodimlarni qayta tayyorlash va qayta o‘qitishni tashkil etishni tubdan o‘zgartirish.
Beshinchidan, vaqtincha ishga joylashtirish imkoni bo‘lmagan ishchi kuchlarini davlat tomonidan ishonchli ravishda ijtimoiy himoyalash. Bu siyosat ularning o‘ta zarur ehtiyojlarini qondirish va kafolatli tirikchilik manbalariga ega bo‘lishga qaratiladi.
Ishchi kuchining ish bilan bandligi muammosi ko‘p qirrali bo‘lib, u barcha odamlarga o‘z qobiliyatlarini ishga solish, o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun dastlabki teng imkoniyatlarni ta’minlovchi davlat va bozor mexanizmini vujudga keltirish; ishchi kuchini unumli va samarali ish bilan band qilish; zarur hollarda ishchi kuchini iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari o‘rtasida qayta taqsimlash kabi masalalarni ham o‘z ichiga oladi.
1-jadval. O‘zbekiston Respublikasi hududlari bo‘yicha iqtisodiy faol aholi, bandlar va ishsizlar soni10
Aholini ish bilan ta’minlash muammolarini hal qilishda ham jiddiy sifat o‘zgarishlari ko‘zga tashlanmoqda. Biz uchun o‘ta dolzarb bo‘lgan bu masalani echishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bilan birga, xizmat ko‘rsatish sohasi va kasanachilikning turli shakllarini keng joriy etish, qishloq joylarda chorvachilikni rivojlantirishni rag‘batlantirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Bu borada mamlakatimizda qabul qilingan bir qator qo`nun hujjatlari alohida ahamiyat kasb etadi. (2-rasm)
2-rasm. O‘zbеkiston Rеspublikasining qonun hujjatlari (www.lex.uz) Mamlakatimizda ishchi kuchi bandligi samaradorligini ta’minlash uchun davlatning bandlik siyosatining quyidagi yo‘nalishlarini kuchaytirish maqsadga muvofiqdir:
- oilaviy biznes va kichik xususiy korxonalarni rivojlantirishni jadallashtirishni ta’minlash;
- mazkur maqsadlarda mikrokreditlash tizimini rag‘batlantirish;
- yirik sanoat korxonalari va nisbatan kichikroq bo‘lgan ishlab chiqarish korxonalari bilan kasanachilikni kengaytirish asosidagi kooperatsiyani rivojlantirish imkoniyatlaridan keng qamrovli foydalanish;
- mahalliy xomashyoni puxta qayta ishlashga va tayyor, raqobatga bardoshli mahsulot ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan engil va oziq-ovqat qayta ishlash sanoatining ko‘p mehnat talab qiladigan tarmoqlarini jadal rivojlantirish;
- xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish, qishloq joylarida qishloq xo‘jaligiga taalluqli bo‘lmagan bandlik sohalarini kengaytirish masalalarini hal etishga e’tiborni kuchaytirish;
- ishsizlarni kasbiy o‘qitish va jamoat ishlari tizimlarini takomillashtirish bilan shug‘ullanadigan xizmatlar ishini faollashtirish.
Mazkur chora-tadbirlarning amalga oshirilishi xalqimizning farovon turmushini ta’minlash manbai bo‘lgan ish bilan bandlik darajasining yanada oshishiga, aholining ijtimoiy muhofazasining kuchayishiga yanada keng yo‘l ochib beradi.