Barno turdixodjaevna xalmatova, maktuba xabibullaevna mirraximova



Download 1,27 Mb.
bet127/170
Sana12.10.2022
Hajmi1,27 Mb.
#852584
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   170
Bog'liq
Халматова 2014-узб.лотин

Kindikga ishlov berish.
Ishlov berish ikki bosqichda olib boriladi. Birinchi bosqichda bola tug’ilgandan keyin 10 sekund ichida kindik Koxer qisqichi bilan siqiladi, kindik aylanasidan 10sm yuqorida birinchi qisqich va undan bir necha sm yuqorida ikkinchi qisqich qo’yiladi. Qisqichlar o’rtasidagi kindik bo’lakchasi 5% yod yoki 96º C spirt bilan artiladi, keyin qaychi bilan kindik kesiladi.
Chaqaloq onasiga ko’rsatiladi va jinsi aytiladi, oldindan isitilgan, steril plenka bilan qoplangan, lampa ostidagi yo’rgak stoliga yotqiziladi.
Kindikga ishlov berishning ikkinchi bosqichida: kindik spirt bilan artiladi, keyin quruq salfetka bilan artiladi, kindik aylanasidan 0,2-0,3 sm Rogovin qisqichi qo’yiladi. Keyin kindik Rogovin qisqichidan 1,5-2sm masofada kesiladi, kindikning kesilgan qismidan qolgani 5% yod yoki 5% margansovka eritmasida tozalanadi.
Tug’ruq yog’laridan tozalash. Steril doka yoki salfetka individual flakonlardan olingan vazelin yoki o’simlik moyiga botiriladi va tug’ruq yog’lari tozalanadi. Agar chaqaloq qon yoki mekoniya bilan ifloslangan bo’lsa, oqar suvda cho’miltiriladi.
Chaqaloqlarni o’lchash maxsus tarozilarda o’tkaziladi, tarozi ustiga individual steril yo’rgak to’shaladi.Tana uzunligi stolda santimetrli lenta yordamida o’lchanadi.
Kindik parvarishi
Kindikga parvarish qilishda antiseptik vositalarni qo’llash tavsiya etilmaydi. Kindik tushishi jarayonida makrofaglar bosh rolni o’ynaydi. Kindikni kech tushishi immun tanqisligi yoki immun tanqislikdan dalolar beradi.
Kindik tushishining optimal vaqti:
- etuk tug’ilgan chaqaloqlar uchun 1 haftagacha
- chala tug’ilgan chaqaloqlar uchun 2 haftagacha.
Kindik chandig’i quruq, toza bo’lishi kerak. Kindikga har qanday bog’lov materiali qo’yish tavsiya etilmaydi.
Kindik o’rninining infisirlanishi belgalari
Kindikni infisirlanis belgilariga doimo jiddiy holat deb qaralishi kerak. Ularga quyidagilar kiradi:
- kindikdan yiring ajralishi
- kindik atrofida terining qizaradi
- kindikdan badbo’y hid kelishi.
Kon'yuktivit profilaktikasi
Chaqaloqni tug’ruq yo’llari orqali o’tayotganda infisirlanishining oldini olish zarur. Davolash vositalari yetarli darajadla samarali va maxsus sharoitni talab qilmaydi.
- 1% kumush nitrati
- 1% tetrasiklin malhami
- 0,5% eritromisin malhami
1% tetrasiklin malhami samaradorligi yuqori, narxi qulay, nojo’ya ta'siri kuzatilmaydi, shuning uchun tavsiya etiladi. Gonoblennoreya profilaktikasi 30% albusid (sulfasil natriy) bilan olib boriladi, tug’ilgandan keyin ikki marta va tug’ruqdan keyin 2 soatdan so’ng (ikkala ko’ziga bir tomchidan tomiziladi). Qiz bolalarning jinsiy yorig’iga 1-2% kumush nitrat 1-2 tomchi tomiziladi. Chaqaloqlar kasallik tarixiga profilaktika o’tkazilganligi aniq vaqti yoziladi. Profilaktika tug’ruqning birinchi 2 soatida o’tkaziladi.
BSJ profilaktikasi
Barcha mamlakatlarda sil kasalligining o’sishi yuqoriligi hisobga olinib BSJ bilan emlash o’tkaziladi. Birgina qarshi ko’rsatma - simptomatik OIV bilan infisirlanish hisoblanadi. Emlash bola hayotining 3-4 kunlarida o’tkaziladi.
Chaqaloqlarni cho’miltirish quyidagi hollarda bolani cho’miltirish va tug’ruq yog’larini olib tashlash tavsiya etilmaydi.
Agar ushbu davlatda bola tug’ilgandan keyin bolani cho’miltirish sharti qabul qilingan bo’lsa yoki bola tanasi qon, mekoniya bilan ifloslangan bo’lsa, normal tana haroratida chaqaloq 2-6 soatdan keyin cho’miltiriladi.
Yo’rgaklash
Chaqaloqni qattiq yo’rgaklash quyidagi bir necha sabablarga ko’ra qo’llanilmaydi:
- diafragma harakati chegaralanishi o’pka ventilyasiyasini pasaytiradi
- tananig turli qismlarida qon oqimini pasaytiradi
- bola tanasi va yo’rgak o’rtasidagi yo’rgakning yupqa qavati havo o’tishini yaxshi ta'minlaydi va bolani isishiga to’sqinlik qiladi.
-oyoq mushaklari harakati chegaralanishi nerv-mushak koordinasiyaga to’sqinlik qiladi.
- chaqaloqni boshi bilan qattiq yo’rgaklash ko’krak bilan emizishga to’sqinlik qiladi, chunki bola og’zini keng ocha olmaydi, bu esa og’zini ko’krakga to’g’ri qo’yishga halaqit qiladi.
- qattiq yo’rgaklangan chaqaloq ko’p uxlaydi va ko’krakni kam talab qiladi.
Uy sharoitida chaqaloqlarni parvarishlash
Hamshira birinchi marta chaqaloqga tashrif buyurganda anamnez yig’adi, homiladorlik va tug’ruqning kechishini so’rab - surishtiradi, chegaraviy holatlar va erta neonatal davr kasalliklari bor yoki yo’qligini aniqlaydi va tahlil qiladi.
Chaqaloqni ko’rikdan o’tkazganda, terisi va shilliq qavatlarining holatiga, fiziologik reflekslarning chaqirilishiga, ovqatlantirish turiga, so’rish faolligiga, tana vazniga qo’shilishiga, najasi xarakteriga baho beradi. Kindik holatiga alohida e'tibor berish kerak va onaga bolani kindigiga ishlov berishni o’rgatish kerak.
Kindikni to’liq bitishi bola hayotining uchinchi haftasiga (15-18 kuni) to’g’ri keladi. Uzoq muddat bitmagan kindik bolada kindikning infisirlanishiga (omfalit) sabab bo’ladi yoki xirurgik patologiya (kindik teshigi) borligidan dalolat beradi.
Chaqaloqlarni uy sharoitida parvarishlash uchun asosiy talablar:
Kundalik tualet. Teri, shilliq qavatlar, kindik qoldig’i tualeti, chaqaloqni cho’miltirish tug’ruqxonalarda qanday olib borilsa, uy sharoitida ham shunday olib boriladi. Og’iz bo’shlig’ida og’izning oqarishi (molochnisa) bo’lsa, og’zi tozalanadi. Tirnoqlar kichik qaychilar bilan olinadi, bunda tirnoqlar oldindan 96º C spirt bilan tozalanadi.
Yo’rgaklash. Ota-onasining hoxishiga ko’ra, birinchi kundan boshlab, ko’ylakcha va ishtonchalarni ishlatish mumkin. Ammo chaqaloqni yo’rgaklashga qaror qilingan bo’lsa, unda keng va erkin yo’rgaklash tavsiya etiladi. Erkin yo’rgaklash usulidan maqsad, bolaga yupqa ko’ynakchalar kiydirish, uning ustidan uzun yengli ko’ylakcha kiydirish kerak.
Chaqaloq qo’li bu yo’rgaklash usulida erkin bo’ladi, bu holat bolaning nerv-psixik rivojlanishiga ta'sir qiladi va nafas mexanizmini yaxshilaydi. Keng yo’rgaklash tos - son bo’g’imining shakllanishiga ham ijobiy ta'sir etadi. Bu usulda son ikki tomonga keng ochiladi, harakat yaxshilanadi va tos - son bo’g’imining to’g’ri shakllanishiga yordam beradi.
Cho’miltirish. 6-oygacha chaqaloqlar har kuni cho’miltiriladi, keyin kun ora cho’miltiriladi. Suv harorati 37-37,5º C tashkil etishi kerak, vanna davomiyligi 5-7 minut. Tanani yuvish uchun sovun haftada 1-2 marta ishlatilishi kerak, oraliq sohasi har kuni sovun bilan yuvilishi kerak.
Toza havoda sayr qilish. Yoz faslida chaqaloq tug’ruqxonadan javob berilgandan keyin sayrga ruxsat beriladi. Birinchi sayr - 15 – 20 minutni tashkil qiladi, keyin bolani ko’chada bo’lish vaqti 10-20 minutga uzaytiriladi. Bahorda va kuzda sayr 10-15 kunga qisqartiriladi.
Qish faslida iqlim sharoitidan, bolaning individual xususiyatidan, sg’olik holatidan kelib chiqqan holda sayr qildirish tartibi alohida tanlanadi.

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish