Barkamol avlodni tarbiyalashda jismoniy tarbiyaning o`rni


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI ………….……….63



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/26
Sana30.12.2021
Hajmi0,6 Mb.
#90631
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
jismoniy tarbiya va soglomlashtirish tadbirlarini ishtimoiy muhitga tasiri

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI ………….……….63 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

- 3 - 


KIRISH 

Mavzuning  dolzarbligi.  Barchamizga  ayonki  sport  bilan  muntazam 

shug’ullanish bolalarimiz, yoshlarimizning sog’lom qarashlarini shakllantiradi va 

irodasini  toblaydi,    ularning  mard  va  jasur  insonlar  bo’lib  kamol  topishi,  turli-

tuman  sinov  va  qiyinchiliklarni  mardona  yengib  o’tishga  qodir  bo’lishi  uchun 

mustaxkam  zamin  yaratadi.    Eng  muximi,  sport  bilan  do’st  bo’lgan  bolalar  biz 

uchun mutlaqo begona va zararli oqimlarga qo’shilib ketmaydi. 

Bugungi  kunda  shaxar  va  qishloqlarimizda  yangidan  barpo  etilgan 

zamonaviy  futbol  maydonlarida  yoshlarimiz  o’zlarining  bo’sh  vaqtini  mazmunli                     

o’tkazmoqda.  Bunday  ishlar  o’z  samarasini  bermoqda.  Xayotimiz  o’zgarmoqda, 

ongimiz,  dunyoqarashimiz  o’zgarmoqda,  o’zimizga,  o’z  sog’ligimizga, 

kelajagimizga  munosabatimiz  o’zgarmoqda  va  bu  jarayonda  boshqa  ko’pgina 

ijobiy omillar qatori avvalo sport katta ta’sir ko’rsatmoqda.  

Xech  kimga  sir  emas  sport  salomatlikni  mustaxkamlash  bilan  birga,  xar 

qaysi  mamlakat,  xar  qaysi  davlatni  olamga  mashxur  qiladigan  beqiyos  vositadir. 

Xalqaro maydonlarda sportchilarimiz erishayotgan yutuqlar qalblarimizda g’urur-

iftixor  tuyg’ularini  uyg’otadi,  ona  Vatanimizga  bo’lgan  muxabbat  hissini  yanada 

yuksaltiradi. 

Sport  mamlakatimizda  barkamol  avlodni  tarbiyalashning  eng  muxim  va  kuchli 

omili bo’lib kelmoqda va kelgusida ham shunday bo’lib qolishi shubxasiz. Chunki, 

sport – bu avvalo sog’lom avlod, sog’lom kelajak degani. Binobarin, faqat sog’lom 

xalq,  sog’lom  millatgina  buyuk  ishlarga  qodir  bo’ladiO‘zbekiston  Respublikasi 

Prezidenti  Islom  Karimovning  mamlakatimizni  2015  yilda  ijtimoiy-iqtisodiy 

rivojlantirish  yakunlari  va  2016  yilga  mo‘ljallangan  iqtisodiy  dasturning  eng 

muhim  ustuvor  yo‘nalishlariga  bag‘ishlangan  Vazirlar  Mahkamasi  majlisidagi 

ma’ruzasida  oliy  ta’lim  va  oliy  o‘quv  yurtlarini  yanada  rivojlantirish  to‘g‘risida 

quyidagi gaplarni ta’kidlab o‘tgan edilar: 

            “Oliy  ta’lim  sohasida  oliy  o‘quv  yurtlarining  professor-o‘qituvchilarini 

muntazam qayta tayyorlash bo‘yicha mutlaqo yangi,takomillashtirilgan tizim joriy 




 

- 4 - 


qilindi.  15  ta  tayanch  oliy  o‘quv  yurtida  oliy  ta’lim  muassasalari  rahbarlari  va 

pedagog  kadrlarini  qayta  tayyorlashhamda  malakasini  oshirish  kurslari  tashkil 

etildi”.  “Mamlakatimiz  oliy  o‘quv  yurtlarining  moddiy-texnik  bazasini 

mustahkamlashga  yo‘naltirilayotgan  mablag‘lar  hajmi  tobora  ortib  borayotganini 

alohida  ta’kidlashni  istardim.  Joriy  yilda  13  ta  oliy  ta’lim  muassasasi,jumladan, 

Qoraqalpog‘iston,  Buxoro  va  Samarqand  davlat  universitetlari,Farg‘ona 

politexnika  institutidagi  qurilish  va  rekonstruksiya  ishlariga  355  milliard  so‘m 

ajratish  ko‘zda  tutilmoqda.  SHuningdek,  Toshkent  davlat  stomatologiya  instituti 

binolari,  Toshkent  shahridagi  Inha  universiteti  va  Singapur  menejmentni 

rivojlantirish 

instituti 

filiallarining 

yangi 

o‘quv 


korpuslari 

quriladi”.Yurtboshimizning  tashabbuslari  bilan  oliy  ta’limni  yanada  rivojlantirish 

bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar negizida faqat bir narsa nazarda tutiladi, bu 

ham  bo‘lsa  oliy  ta’lim  muassasalarida  kuchli,barkamol  va  yuqori  salohiyatli 

kadrlarni tayyorlash demakdir. 

 

Respublikamiz mustaqillikka erishgan dastlabki davrlardayoq ta’lim-tarbiya 



sohasini  isloh  qilish  va  kadrlar  tayyorlash  masalasiga  davlat  siyosatining  eng 

muhim  ustuvor  yo‘nalishlaridan  biri  sifatida  e’tibor  qaratildi.Davlatimiz  rahbari 

ta’kidlaganidek,  oldimizda  turgan  eng  ezgu  maqsadlarimiz  –  mamlakatimizning 

buyuk  kelajagi  ham,  ertangi  kunimiz,erkin  va  farovon  hayotimiz  ham, 

O‘zbekistonning  XXI  asrda  jahon  hamjamiyatidan  qanday  o‘rin  egallashi  ham  – 

bularning  barcha-barchasi,avvalambor,  yangi  avlod,  unib-o‘sib  kelayotgan 

farzandlarimiz  qanday  insonlar  bo‘lib  voyaga  etishiga  bog‘liqdir.Uzoqni  ko‘zlab 

aytilgan bu so‘zlar istiqlol yillarida mamlakatimizda amalga oshirib kelinayotgan 

davlat  siyosatining  mazmun-mohiyatini  yorqin  ifodalaydi.Haqiqatan  ham,  ta’lim 

tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning oddiy hodisa emasligi, 

bu  xalqimiz  hayotini  tubdan  o‘zgartirish,  milliy  davlatchilikni  mustahkamlash, 

mustaqillikni  asrab-avaylash,  rivojlangan  demokratik  davlatlar  qatoridan  o‘rin 

olish,yurtimizda 

ozod 


va 

obod 


Vatan, 

erkin 


farovon 

hayot 


barpo 

etish,jamiyatimizni  yangilash  va  modernizatsiyalash  jarayonining  tarkibiy  qismi 




 

- 5 - 


ekani dunyo hamjamiyati tomonidan ham bejiz e’tirof etilmayapti. 

 

Respublikaning  har  bir  o‘quv  yurtida  optik-tolali  aloqa  liniyalari  asosida 



qurilgan  yagona  Ziyonet  axborot-ta’lim  tarmog‘iga  ulangan  axborot-resurs 

markazlari  tashkil  etilgani.  Bu  o‘quvchilarning  zarur  axborotlardan  foydalanishi, 

videokonferensiyalar,  seminarlar  o‘tkazish,  masofadan  turib  o‘qitish  va  o‘quv 

mashg‘ulotlari  uchun  multimedia  auditoriyalarini  tashkil  etishda  keng  sharoitlar 

yaratish  imkonini  beradi.Bu,  o‘z  navbatida,  O‘zbekiston  ta’lim  tizimida 

texnologiyalar  va  zamonaviy  media  hamda  telekommunikatsiya  vositalaridan 

foydalanishga xizmat qilmoqda.Chunki oliy ta’lim – kadrlar tayyorlash va hayotga 

yo‘llash  tizimining  eng  muhim,  ta’bir  joiz  bo‘lsa,  yuqori  bosqichi  bo‘lib,  bu 

bo‘g‘in  orqali  butun  ta’lim  tizimining  o‘zi  amaliy  hayot,  zamon  va  taraqqiyot 

talablari bilan yanada yaqinroq uzviy va chambarchas bog‘lanadi.  

Yoshlar  oliy 

ta’lim  orqali  biron-bir  kasbning  umumiy  yo‘nalishi  nazariy  va  amaliy 

muammolarini  puxta  biladigan  etuk  kadr  bo‘lib  etishadi,  taraqqiyotning  aniq  bir 

sohasiga  ixtisoslashadi  va  shu  bo‘yicha  amaliyotga  yo‘llanma  oladi.  SHuning 

uchun  har  qaysi  mutaxassis  ishlab  chiqarish  va  tajriba  jarayonida  kamol  topishi 

aynan  oliy  ta’lim  orqali  kechadi.Yuqori  salohiyatli  kadrlar  tayyorlash  o‘z 

navbatida  ta’lim  berayotgan  o‘qituvchilarning  dars  jarayonlarida  pedagogik 

mahoratiga va innovatsion texnologiyalardan foydalanishiga bevosita bog‘liqdir. 

 

O‘zbekiston  “Kamolot”  yoshlar  ijtimoiy  harakati  Vasiylik  kengashi 



majlisining  2015  yil  10-dekabrdagi  65-sonli  majlis  bayoni  qarori  bilan 

tasdiqlangan  “O‘zbekiston  Respublikasida  2016  yilda  yoshlarga  oib  davlat 

siyosatini  amalga  oshirishga  qaratilgan  qo‘shimcha  chora  tadbirlar  Dasturi”da 

Yosh  olimlar  va  talabalarning  “XXI  asr  –  intellektual  avlod  asri”  shiori  ostidagi 

hududiy  va  respublika  ilmiy  amaliy  konferensiyalarni  o‘tkazishga  qaratilgan  14-

sonli bandida belgilangan vazifalarni amalga oshirish hamda respublika hayotining 

har  bir  sohasi  va  jabhasini  rivojlantirishga  yoshlarni  keng  jalb  etish,  ularning 

iqtidori, ilmiy salohiyati va shijoatidan unumli foydalanish maqsadida O‘zbekiston 

Respublikasi  Oliy  va  o‘rta  maxsus  ta’lim  vazirligi,  O‘zbekiston  Respublikasi 



 

- 6 - 


Prezidentining  “Iste’dod”  jamg‘armasi,  O‘zbekiston  Respublikasi  Fanlar 

Akademiyasi,O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  Fan  va 

texnologiyalarni  rivojlantirishni  muvofilashtirish  qo‘mitasi  hamda  “Kamolot” 

yoshlar  ijtimoiy  harakati  Markaziy  Kengashining  2016  yil  10  martdagi 

14,5,3/2,2,11-sonli qo‘shma qaroriga asosan ushbu konferensiyaning 

Namangan  viloyati  bo‘yicha  hududiy  bosqichi  bizning  institutda  30-31  may 

kunlari o‘tkazilmoqda. 4 ta sho‘‘badan iborat ushbu konferensiyada ilmiy-tadqiqot 

ishlarini  davom  ettirayotgan  iqtidorli  yoshlar  o‘zlarining  ilmiy  ma’ruzalari  bilan 

ishtirok  etadilar.Xulosa  qilib  aytganda,  iymoni,  e’tiqodi  va  ahloqiy  fazilatlari 

kuchli,  milliy  mas’uliyat  tuyg‘usi  qalbida  chuqur  tomir  otgan  yoshlarga  ega 

mamlakatgina mustaqil va barqaror rivojlana oladi. 

 

Ushbu konferensiyada Namangan viloyatidagi yosh olimlar va talabalarning 



hozirgi vaqtda bajarayotgan ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha ma’ruzalari o‘rin olgan. 

Ilmiy to‘plam materiallari ta’lim tizimi o‘qituvchilari, korxona va tashkilotlarning 

mutaxassislari uchun amaliy qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. 

 Milliy  mustaqillik  tufayli  turmush  tarzini  modernizatsiya  qilish  va  aholiga 

munosib  turmush  sharoitini  yaratib  borish  soxasidagi  ob’ektiv  shart-sharoitlar 

yuzaga kelmoqda, milliy mentalitetimizga mos turmush kechirish qaror topmoqda. 

Buning  tag  zamini  esa    mamlakatimiz    bolalari,  o`quvchi,  talaba  yoshlarining 

muammoga oid bilimlari, amaliy malaka va ko`nikmalari bilan bog’liq. 

Bugungi  navqiron  yoshlarimiz  yurtimizda  demokratik  davlat,  fuqarolik 

jamiyat, taraqqiy topgan iqtisodiyot, shular asosida erkin va farovon hayot bunyod 

etishda,  barcha  ezgu  orzu-  umidlarimizga    erishishda  Vatanimizning  haqiqiy 

tayanchi va suyanchi bo’ladi. 

Tariximizga  kirib  kelayotgan  buyuk  marra  munosabati  bilan  o`tgan  davr 

mobaynida  hayotimiz  sifati,  mamlakatimiz  qiyofasi  qanday  o`zgarib  borayotgani, 

qanday  yutuq  va  natijalarga  erishganimiz,  ijtimoiy  yo`naltirilgan  bozor 

iqtisodiyotiga  asoslangan  ochiq  demokratik  davlat  va  fuqarolik  jamiyatini  barpo 

etish  yo`lida  qanday  sur`atlar  bilan  rivojlanib  borayotganimizni  baholash  ehtiyoji 



 

- 7 - 


tug’ilmoqda. 

Qisqacha  aytganda,  biz  o`z  oldimizga  qo`ygan  uzoq  muddatli    strategik 

maqsadlar,  ya`ni  zamonaviy  rivojlangan  demokratik  davlatlar  qatoriga  kirish, 

iqtisodiyotimizning  barqaror  o`sishini  ta`minlash,  hayot  sifatini  yaxshilash  va 

jahon  hamjamiyatida  munosib  o`rin  egallash  borasidagi  sa`y-harakatlarimizga 

bugungi kun nuqtai nazaridan holisona baho berishimiz tabiiydir. 

Ma`lumki,  O`zbekiston  1991-  yili  o`z  mustaqilligini  qo`lga  kiritganidan 

so`ng  umrini  o`tab  bo`lgan  mustabid,  ma`muriy-buyruqbozlik,  rejali-taqsimot 

tizimidan voz kechib, «o`zbek modeli» deb nom olgan o`z taraqqiyot yo`lini tanlab 

oldi.  


Biz  ishlab  chiqqan  va  bugungi  kunda  hayotga  tatbiq  etayotgan  ushbu 

modelning  ma`no-mazmuni-davlat  qurilishi  va  konstitutsiyaviy  tuzumni  tubdan 

o`zgartirish  va  yangilash,  iqtisodiyotni  mafkuradan  holi  etish,  uning  siyosatdan 

ustunligini  ta`minlash,  davlatning  bosh  islohotchi  vazifasini  bajarishi,  ya`ni 

islohotlar  tashabbuskori  bo`lishi  va  ularni  muvofiqlashtirib  borishi,  qonun 

ustuvorligini  ta`minlash,  kuchli  ijtimoiy  siyosat  yuritish,  islohotlarni  bosqichma-

bosqich  va  izchil  olib  borish  tamoyillariga  asoslanadigan  siyosiy,  iqtisodiy  va 

ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishdan iboratdir. 

Biz islohotlarni inqilobiy usulda, ya`ni «shok terapiyasi» yo`li bilan amalga 

oshirishdan ongli ravishda voz kechib, tadrijiy taraqqiyot yo`lini tanlab olganimiz 

tufayli xalqimizni qanday og’ir oqibatlarga olib kelishi mumkin bo`lgan iqtisodiy 

va  ijtimoiy  to`fonlardan  asrab  qolishga  muvaffaq  bo`lganimizni  bugun  hayotning 

o`zi tasdiqlab bermoqda. 

Izchil  yuqori  o`sish  sur`atlari,  yurtimizda  barpo  etilgan  bank-moliya 

tizimining  barqaror  va  ishonchli    faoliyat  yuritishi,  iqtisodiyotda  amalga 

oshirilayotgan yangilash va o`zgarishlar, umuman, mamlakatimizni modernizatsiya 

qilish  yo`lidagi  dadil  qadamlarimiz  dunyo  jamoatchiligi,  shuningdek,  Xalqaro 

Valyuta jamg’armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyoti  banki singari nufuzli xalqaro 

moliya tashkilotlari tomonidan e`tirof etilmoqda. 



 

- 8 - 


Dunyoda,  ayniqsa,  rivojlangan  mamlakatlarda  davlatning  tashqi  qarzlari 

ko`payib  borayotgani  jiddiy  havotir  tug’dirayotgan  bir  paytda  O`zbekistonning 

tashqi  qarzi  yalpi  ichki  maxsulotning  10  foizidan  oshmaydi,  davlat  byudjeti  esa 

so`nggi  besh  yilda  profitsit  bilan  bajarilmoqda.  Albatta,  mamlakatimiz    qo`lga 

kiritayotgan bunday ulkan yutuqlar ro`yxatini yana davom ettirish mumkin.  

Ma`lumki,  sobiq  tuzum  davrida  respublikamizning  iqtisodiyoti  bir 

tomonlama  rivojlangan,  faqat  hom  ashyo  yetishtirishga  yo`naltirilgan  bo`lib, 

mash`um  salbiy  oqibatlarga olib kelgan paxta  yakkahokimligi avjiga chiqqan edi. 

O`zbekiston  o`zining  qoloq  ishlab  chiqarish  va  sotsial  infratuzilmasi  bilan  sobiq 

ittifoqda jon boshiga iste`mol darajasi bo`yicha eng past o`rinda turardi. Mustaqil 

rivojlanish  yillarida  –tarixan  qisqa  bir  davrda  yurtimiz  yangi  va  ulkan  marralarni 

qo`lga  kiritdi,  buning  natijasida  mamlakatimizning  qiyofasi  butunlay  o`zgarib, 

jahon hamjamiyatidagi o`rni va nufuzi yuksalib kelmoqda. 

Ayni  paytda  barchamiz  bir  haqiqatni  o`zimizga  aniq  tasavvur  etishimizni 

istardim.  Ya`ni  erishilgan  bunday  marralar  –barqaror  rivojlanib  borayotgan 

iqtisodiyotga  asoslangan,  ochiq  demokratik  huquqiy  davlat  qurish,  inson  uning 

manfaatlari,  huquq  va  erkinliklari  so`zda  emas,  amalda  oliy  qadriyat  darajasiga 

ko`tarilgan. Jahon miqyosida obro`-e`tibor qozongan jamiyat barpo etish borasida 

biz o`z oldimizga qo`ygan yuksak maqsadga qaratilgan uzoq va murakkab yo`lning 

bir qismi, holos. 

Bu  yo`lda biz duch  kelishimiz  mumkin bo`lgan  shunday  xavf borki, u ham 

bo`lsa,  avvalambor,  erishilgan  yutuqlarga  mahliyo  bo`lib,  hotirjamlik  kayfiyatida 

berilish,  real  voqelikdan  uzilib  qolish  xavfidir.  Bu  esa  mamlakatimiz 

taraqqiyotining samaradorligi va istiqboliga salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin.  

Jahon  miqyosida  globallashuv  va  raqobat  tobora  kuchayib  borayotgan 

bugungi zamonda biz dunyoda yuz berayotgan tub o`zgarishlar jarayonida egallab 

turgan  o`rnimizni  holisona  va  tanqidiy    baholashimiz,  tobora  oshib  borayotgan 

hayot talablariga javob berishimiz, kechayotgan davr bilan hamqadam bo`lishimiz 

shart. 



 

- 9 - 


Ma`lumki,  hayot  hech  qachon  bir  joyda  to`xtab  turmaydi.  Shu  bois 

avvalambor  ro`y  berishi  mumkin  bo`lgan  turli  falokatlar,  jahon  iqtisodiyotining 

yuksalishi  va  inqirozini  oldindan  ko`rish  imkonini  beradigan,  har  tomonlama 

chuqur  o`ylangan,  aniq  maqsad  va  ustuvor  yo`nalishlarini  o`z  ichiga  olgan 

taraqqiyot  dasturi  va  uni  amalga  oshirish  strategiyasiga  ega  bo`lgan  mamlakat  va 

xalq pirovard natijada muvaffaqiyatga erishadi.  

Shu  munosabat  bilan  alohida  ta`kidlab  o`tmoqchimanki,  mustaqil 

taraqqiyotimizning  o`tgan  davrida  amalga  oshirilgan  ishlarimizni  sarhisob  qilar 

ekanmiz,  ularni  haqqoniy  baholash  va  islohotlar  dasturiga  ma`lum  o`zgartirishlar 

kiritish bilan birga, birinchi navbatda ertangi kun talablaridan kelib chiqqan holda, 

mamlakatimizni  isloh  etish  va  modernizatsiya  qilish  yo`lidagi  izchil 

harakatlarimizni  kuchaytirishimiz,  ularni  yangi,  yanada  yuqori  bosqichga 

ko`tarishimiz dardkor. 

Natijada  bugungi  kunga  kelib  biz  o`z  oldimizga  qo`ygan  asosiy 

maqsadimizga erishdik, deb aytish uchun barcha asoslarimiz bor. 

Buning tasdig’ini mamlakatimizni isloh etish va demokratlashtirish jarayoni 

hech qachon ortga qaytmaydigan qat`iy va izchil tus olgani, odamlarimiz o`zgarib, 

ularning siyosiy  va fuqarolik faollligi oshayotgani, ong-u tafakkuri yuksalib, yon-

atrofda  bo`layotgan  barcha  voqea-hodisalarga  daxldorlik  tuyg’usi,  ertangi  kunga 

ishonchi ortib borayotgani misolida ko`rish, anglash qiyin emas. 

Yurtdoshlarimizning,  butun  jamiyatimizning  hayotidagi  ana  shunday 

o`zgarishlar  va  yangilanishlar,  o`z  mohiyat  e`tiboriga  ko`ra,  bugungi  kunda 

mamlakatimizning  taraqqiyot  va  farovonlik  yo`lidan  dadil  rivojlanib  borishini 

ta`minlayotgan hal qiluvchi kuchga aylanmoqda.  

Mustaqillik  yillarida  bosib  o`tgan  yo`limiz  va  to’plagan    tajribamizni 

holisona  baholash,  qo`lga  kiritilgan  yuksak  marralarimizni  tahlil  etish  

mamlakatimzda izchillik bilan ilgarilamoqda.  

Bugun  biz  demokratik  jarayonlarni  chuqurlashtirish,  axolining  siyosiy 

faolligini  oshirish,  fuqarolarning  mamlakatimiz  siyosiy  va  ijtimoiy  hayotidagi 



 

- 10 - 


amaliy  ishtiroki  haqida  so`z  yuritar  ekanmiz,  albatta,  axborot  erkinligini 

ta`minlamasdan,  ommaviy  axborot  vositalarini  odamlar  o`z  fikr  va  g’oyalarini, 

sodir bo`layotgan voqealarga o`z munosabati va pozitsiyasini erkin ifoda etadigan 

minbarga  aylantirmasdan  turib,  bu  maqsadlarga  erishib  bo`lmasligini  o`zimizga 

yaxshi tasavvur etamiz. 

Ma`lumki,  fuqarolarning  axborot  soxasidagi  huquq  va  erkinliklarini 

taminlash  masalasi  insonning  axborot  olish,  axborotni  va  o`z  shaxsiy  fikrini 

tarqatish  huquqi  va  erkinligini  o`zida  mujassam  etgan  bo`lib,  bu  O`zbekistonda 

demokratik  jamiyat  asosolarini  barpo  etishning  muhim  sharti,  ta`bir  joiz  bo`lsa, 

tamal toshi hisoblanadi. 

Mamlakatimizda chuqur o`zgarishlar, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotning 

barcha tomonlarini izchil isloh etish va liberallashtirish, jamiyatimizni demokratik 

yangilash  va  modernizatsiya  qilish  jarayonlari  jadal  sur`atlar  bilan  rivojlanib 

bormoqda.  Bunda  kuchli  fuqarolik  jamiyatini  shakllantirish  yo`lida  belgilab 

olingan va izchil ravishda amalga oshirilayotgan ulkan vazifalar mustahkam zamin 

yaratmoqda. 

Jumladan,  yaqinda  respublikamiz  Qonunchilik  palatasi  va  mahalliy 

kengashlarga  bo`lib  o`tgan  saylovlar  axolimizning  yuksak  ijtimoiy-siyosiy 

madaniyatini,  uning  siyosiy  va  fuqarolik  ong  darajasi  tobora  o`sib  borayotganini, 

saylovchilar  mamlakatni  islox  etish  va  modernizatsiya  qilish  jarayonlarini 

chuqurlashtirish  yo`lidan  izchil  ilgarilab  borayotganimizni  keng  qo`llab-

quvvatlayotganini namoyish etadi.  

Prezidentimiz  I.  Karimov    2010  yil  27  yanvarda  O`zbekiston  Respublikasi 

Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatning qo`shma majlisidagi ma`ruzasida saylov 

jarayonlariga  baho  berish  bilan  bir  qatorda  davlat  boshqaruvini  yangilash  va 

yanada  demokratlashtirish,  mamlakatni  modernizatsiyalashda  siyosiy  partiyalar, 

parlament,  sud-  huquq  tizimi,  fuqarolik  jamiyati  institutlarining  o`rni  va  roli 

to`g’risida batafsil to`xtalib o`tdi. Shuningdek, mamlakatni modernizatsiya qilish, 

kuchli  fuqarolik  jamiyati  barpo  etishning  asosiy  yo`nalishlari  va  ustuvor 



 

- 11 - 


vazifalarini  belgilab  berdi.  Ijtimoiy  –iqtisodiy  jarayonlarni  amalga  oshirishda 

o`ziga  hos  izchillikni,  xatti-harakatlarning  har  tomonlama  o`ylanganligi  va 

asoslanganligini,  tub  islohotlarni  amalga  oshirishning  bosqichma-bosqichligini, 

reja  va  maqsadlarga  tomon  harakatdagi    sobitqadamlikni  taqozo  etadi. 

Mamlakatimizda  chuqurlashgan  jahon-moliyaviy  inqirozi  sharoitlarida  barqaror 

o`sish sur`atlarining saqlanib qolishi esa tanlangan mustaqil taraqqiyot yo`limiz va 

unga  muvofiq  amalga  oshirilayotgan  iqtisodiy  siyosatimizning  nechog’li  to’g’ri 

ekanligini yana bir bor tasdiqlamoqda. 

 

Ijtimoiy  –iqtisodiy  rivojlanishning  barqaror  sur`atlarini  ta`minlash,  axoli 



farovonligini  yuksaltirish-mamlakatni  rivojlantirish,  yangilash,  modernizatsiya 

qilish strategiyasi va inqirozga qarshi dasturni amalga oshirish. 

 

Saylovlar-mamlakatni  demokratlashtirish  va  liberallashtirishning  qonuniy 



jarayoni. Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish, mamlakatni 

modernizatsiyalashda  siyosiy  partiyalar  hal  qiluvchi  kuch  sifatida.  Ijtimoiy-

iqtisodiy, siyosiy isloxotlarni chuqurlashtirishda parlamentning o`rni va roli. Sud-

huquq  tizimidagi  isloxotlar-mamlakatni  liberallashtirish  va  mustaqilligini 

ta`minlash negizi. Fuqarolik jamiyati institutlarini mustahkamlash va rivojlantirish-

demokratik  islohotlarning  muhim  tarkibiy  qismi.  Mamlakatni  modernizatsiya 

qilish,  kuchli  fuqarolik  jamiyati  barpo  etishning  asosiy  yo`nalishlari  va  ustuvor 

vazifalari. 

 

Jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi  sharoitida  iqtisodiyotning  real  sektori 



korxonalarini  qo`llab-quvvatlash  choralari.  Davlat  tomonidan  qo`llab-quvvatlash 

maqsadida  korxonalar  kreditor  qarzdorligining  qayta  ko`rib  chiqilishi.  Sanoat 

tarmoqlarida  ishlab  chiqarilayotgan  mahsulotlar  tannarhining  pasaytirilishi.  Past 

rentabelli  va  iqtisodiy  nochor  korxonalarni  tugatish  va  bu  jarayonga  tijorat 

banklarini  jalb  qilishga  qaratilgan  ishlar.  Ishlab  chiqarishni  mahalliylashtirish 

dasturi doirasida erishilgan natijalar. 

 

Mamlakatimizdagi  mahsulot  eksport  qiladigan  korxonalarni  qo`llab-



quvvatlash va rag’batlantirish, eksport salohiyatini mustahkamlash bo`yicha qabul 


 

- 12 - 


qilingan  amaliy  choralar.  Soliq  yukini    yengillashtirish,  soliqqa  tortish  tizimini  

soddalashtirish  va  unifikatsiya  qilish  bo`yicha  xo`jalik  tizimlarini  qo`llab-

quvvatlash. 

 

Iqtisodiy  o`sishni  ta`minlash,  yangi  ish  o`rinlarini  tashkil  qilish,  bandlik 



muammosini  hal  etish,  aholining  daromadlari  va  farovonligini  oshirishda  kichik 

biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga alohida e`tibor qaratilganligi. 

 

Investitsiyalarni  keng  jalb  etish  orqali  iqtisodiyot  muhim  tarmoqlarining 



jadal modernizatsiya qilinishi, tehnik va tehnologik qayta jihozlash, transport  

kommunikatsiyalarini yanada rivojlantirish va ijtimoiy infratuzilma ob`ektlarining 

barpo  etilishi.  Investitsiya  dasturi  va  tehnik  modernizatsiyalash  bo`yicha  tarmoq 

dasturlari doirasida amalga oshirilgan ishlar. Mamlakatimizda yagona elektr va gaz 

tarmog’i tizimlarini tashkil etish borasida erishilgan natijalar. 

 

O`zbekiston milliy avtomagistralini qurish va rekonstruktsiya qilish bo`yicha 



dasturning  amalga  oshirilishi.  Temir  yo`l  transport  tizimining  rivojlantirilishi  va 

modernizatsiya  qilinishi.  Navoiy  shahri  aeroporti  bazasida  xalqaro  tashishlar 

bo`yicha  intermodal  markaz  qurilishi  yuzasidan  amalga  oshirilgan  ishlar.  Yuqori 

texnologik telekommunikatsiya tarmog’ining rivojlantirilishi. 

 

Ijtimoiy  sohani  yangi  bosqichga  ko`tarish  borasida  erishiligan  yutuqlar. 



Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi  va  maktab  ta`limini  rivojlantirish  Davlat 

umummilliy dasturi ijrosining nihoyasiga etkazilganligi. 

 

Yangi  ish  o`rinlarini  yaratish  va  aholimizning  turmush  darajasini  yanada 



oshirish  chora-tadbirlari.  Sanoat  korxonalari  bilan  kooperatsiya  asosidagi 

kasanachilikni  hamda  pudrat  shartnomasi  asosidagi  uy  mehnatini  rag’batlantirish 

natijalari. 

 

Bank-moliya  tizimining  barqarorligini  ta`minlash-muhim  ustuvor  vazifa 



sifatida.  Banklarning  kapitallashuvi  va  investitsiyaviy  faolligini  yanada  oshirish, 

iqtisodiyotdagi  tarkibiy  o`zgarishlarning  ustuvor  yo`nalishlarini  qayta  tiklash  va 

kengaytirish,  ishlab  chiqarishni  modernizatsiya  qilish,  tehnik  va  tehnologik 

yangilashga  qaratilgan  kreditlash  hajmini  oshirish.  Bank  xizmatining  yangi 




 

- 13 - 


turlarini  joriy  etish,  aholi  va  xo`jalik  sub`ektlarining  bo`sh  mablag’larini 

banklarning  uzoq  muddatli  depozitlariga  jalb  etishni  ko`paytirish,  mamlakat 

iqtisodiyotiga  kiritiladigan  uzoq  muddatli  kredit  qo`yilmalari  ulushini  ichki 

manbalar  hisobidan  oshirish  uchun  mustahkam  asos  yaratish.  Tijorat  banklari 

faoliyatini  uzoq  muddatli  kredit  qo`yilmalari  ulushining  o`sishi  va  buning  uchun 

ichki manbalarni jalb etish nuqtai nazaridan baholash zarurligi. 

 

Mamlakatimizning 



raqobatdoshligini 

oshirishni 

ta`minlash 

uchun 


iqtisodiyotni  tarkibiy  o`zgartirish  jarayonlarini  chuqurlashtirish  siyosatini  davom 

ettirish.  Iqtisodiyotimizni  tarkibiy  o`zgartirish  va  diversifikatsiya  qilish  bo`yicha 

qilinishi lozim bo`lgan ishlar. Qabul qilingan tarmoq dasturini qayta ko`rib  

chiqish,  ularga  tuzatishlar  kiritish  va  jadal  amalga  oshirish  bo`yicha  qo`shimcha 

chora-tadbirlar ko`rishda e`tiborga olinishi lozim bo`lgan jihatlar. 

 

Asosiy  yetakchi  sohalarni  modernizatsiya  qilish,  tehnik  va  tehnologik 



yangilash,  transport  va  infratuzilma  kommunikatsiyalarini  rivojlantirishga 

qaratilgan  strategik  ahamiyatga  molik  loyihalarni  amalga  oshirish  uchun  faol 

investitsiya siyosatini olib borish. 

- Ustuvor vazifa. Dunyodagi mashhur va nufuzli kompaniyalar, moliya institutlari, 

investitsiya  fondlari  va  boshqa  xorijiy  tashkilotlarning  investitsiya  loyihalarini 

amalga  oshirishdagi  hamkorligi.  Yevropa  va  Osiyo  o`rtasidagi  savdo  oqimining 

ma`lum  qismini  mamlakatimizdagi  tranzit  yo`nalishlariga  burish  orqali  transport 

va  tranzit  xizmati  hajmini  oshirish,  mavjud  infratuzilma  negizida  logistika 

markazlarini tashkil etish. 

 

Inson  salomatligi  bu  -  eng  avvalo,  uning  ruhiy  va  fiziologik  sifatlarini 



rivojlantarish,  umrning  maksimal  davo-miyligida  maqbul  darajadagi  ishchanlik 

qobiliyati  va  ijtimoiy  faolligini  saqlab  qolishdan  iboratdir.  Ko`pgina  olimlarning 

fikricha,  inson  organizmining  funksional  imkoniyatlari  va  uning  tashqi  muhitdan 

bo`ladigan  noxush  omillarga  barqarorligi  butun  umri  davomida  o`zgarib  turadi, 

negaki, salomatlikni saqlash - jo`shqin jarayon bo`lib, u yosh, jins, kasbiy faoliyat, 

yashash  muhitiga  bog’liq  holda  yaxshilanib  (salomatlik  bo`shashib  yoki 




 

- 14 - 


mustahkamlashb) boradi. 


Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish