Psixologik barqarorlik. Ruhiy bardoshlilik - ruhiy chidamlilik, ruxiyatga ta`sir
etib turuvchi omsillarga chidab borish, salbiy ta`sir etuvchi omillarga javob
berishdan oldin ruhiyatni tinchlantirish, tashqi ta`sirotlarni yaxshilik bilan yengib
o`tish, muammolarni vaqtida xal etish, yomon illatlardan uzoqroq yurish, yaxshi
his-hayajonga ega bo`lshi, bo`lib o`tadigan voqea-hodisalarni to`g’ri qabul qilish,
mumkin bo`lmagan narsalardan voz kechish holati.
Psixogagaenlik layoqatlilik - asabni asrash, o`ziga xush yoquvchi narsalarga
yondashish, asab berma sistemasi bardosh olmaydigan ishlarga qo`l urmaslik,
insonning bosiqligi, xushmuomalaligi, har bir ishni va har bir so`zni o`z o`rnida
qo`llash, asab sistemasi uchun foydali bo`lgan jihatlarni o`ylab topish,
muammolarga berilmaslik, asabiylashmasdan saqlanish, bexavotir yashash, kam
o`ylash, bajara olishi mumkin bo`lgan ishlarga qo`l urish, asab sistemasi chidashi
mumkin bo`lgan ishlarda qatnashish xususiyati.
O`z «men»iga egalik - insonning shaxs sifatida gavdalanishi, o`z fikrida
qolishi, ya`ni fikrini o`zgartirmaslik, birovlarga tobe bo`lmaslik, irodali,
insonparvar, qo`rqmas, har bir ishga tik boruvchi. o`ziga javob bera oladigan,
mas`uliyatli, fikrlash qobillyati keng, nutqi teran, har bir ishga tez kirishadigan
mustaqil shaxs, maqsadga erishuvchi inson xususiyati.
Mas’uliyatlilik - ishonch qozonuvchi, talabni qondiruvchi, topshiriqni vaqtida
bajaruvchi, teran fikrlaydigan, javobgarlikni his eta oladigan, o`z ishini
boshqalarga ishonmaydigan, bugungi ishni ertaga qo`ymaydigan, oriyatli, vijdonli,
- 32 -
insonparvar, madaniyatli, ingiluvchan, matonatli, o`zgalar ishonchini oqlaydigan
pok inson.
Ijtimoiy munosabatlarda layoqatlilik - o`zgalarni hurmat qilish, o`zini
jamoadan ustun qo`ymaslik, xushmuomalalik, boshqalar ishonchini oqlash, jamoa
ishlaridan bosh tortmaslik, insonparvar va o`zaro yordamga doim tayyor bo`lish,
o`zaro ishonchli, topshiriqlarni vaqtida bajarish, rostgo`ylik, talabchanlik,
irodalilik, ruhan pok, vijdonli, gigienik madaniyatga ega, o`zgalarni tinglash
qobiliyatiga ega bo`lish.
Inson salomatligi bu - eng avvalo uning ruhiy va fiziologik sifatlarini
rivojlantirish, umrning maksimal davomiyligida maqbul darajadagi ishchanlik
qobilyati va ijtimoiy faollikni saqlab qolishdan iboratdir. Ko`pgina olimlarning
fikricha, inson organizmining funksional imkoniyatlari va ularning tashqi
muhitdan bo`ladigan noxush omillarga barqarorligi butun umri davomida o`zgarib
turadi, negaki salomatlikni saqlash - jo`shqin jarayon bo`lib, u yosh, jins, kasbiy
faoliyat, yashash muhitiga bog’liq holda yaxshilanib (salomatlik bo`shashib yoki
mustahkamlanib) boradi.
Odam hayoti, sog’lig’i - eng katta ijtimoiy boylikdir. Bu oila, maktab va inson
tarbiyasi, kamoloti bilan shug’ullanuvchi maskanlar oldiga psixologik barqarorlik
masalasini ko`ndalang qo`adi. Millat sog’lig’i ham tabiiy ravishda, bu ko`rsatkich
orqali hal etiladi.
Salomatlik odam organizmining biologik, ruxiy, jismoniy holatlari va mexnat
faoliyatining muvozanatlashgan birligidir. Sixat-salomatlik har bir kishi uchun
baxt-saodatdir, uning mehnat unumdorligani, mamlakatning iqtisodiy qudratini,
xalq farovonligini rivojlantirishning zarur shartidir. Umumxalq mulki bo`lmish
sixat-salomatlikka nisbatan ongli va mas`uliyat bilan yondashish jamiyatning
barcha a`zolari turmush va axloq normasi bo`lmog’i lozim. Salomatlikni saqlash
va mustahkamlash uchun avvalo odamda ruhiy tushkunlikka chidamlilik,
insonlararo psixogagaenik munosabatlarga egalik, o`z «men»iga ega bo`lish,
mas`uliyatlilik, ijtimoiy munosabatlarda layoqatlilik mavjud bo`lish muhimligi
- 33 -
e`tiborga olinib, talabalarda shu fazilatlarni shakllantirish talab etiladi. Millat
sog’lig’i ham tabiiy ravishda, sog’lom turmush tarzi orqali hal etiladi.
Talaba bshlarning shaxsiy va umumiy gigiena talablariga qat’iy rioya qilishlari,
tibbiyot haqida ma`lumotga, muomala madaniyatiga ega bo`lishlari, oilaviy
hayotga tayyorgarliklari, to`g’ri va sifatli, funksional ovqatlanishga odatlanishlari,
shaxsiy salomatlikni saqlashga mas`uliyatli yovdashuvlari hamda psixogigien
talablariga qat’iy amal qilishlari sog’lom turmush tarzi ko`nikmalariga ega
bo`lishlari haada sog’lom turmush kechirishlarida muhim ahamiyatga ega.
Talabalarning sport turlariga qiziqishlari, muayyan sport turi bilan doimiy
shug’ullanishlari, jismonan va ruxan sog’lom bo`lishlari ularning jismoniy
madaniyatga ega ekanligini belgilovchi mezonlar hisoblanadi.
Yoshlarda zararli odatlarga qarshi immunitetning mavjudligi ularnning
kashandalikka va ichkilikbozlikka qarshi murosasizliklari hayotda OITSga oid
bilimlarga ega bo`lishlari bilan belgilanadi.
«Turmush tarzi» tushunchasining istilohi o`tish asrning ikkinchi yarmidan
bopshab ijtimoiy-falsafiy fanlarning tarkibining talqin qilina boshlanishdagi,
tushuncha tarzidagi evolyutsiyasi esa dastlab Sharq mamlakatlari ijtimoiy-falsafiy,
axloqiy-estetik fikrlari mazmunida ifoda topganligi, keyinchalik tushunchaning
negizi (asosi) antik davr falsafasida ko`p uchraganligiga oid fikrlar dalil sifatida
mavjudligi sir emas.
Sog’lom turmush tarzi fenomeni dastlab tibbiyot fanining otasi Gippokrat o`zining
«Sog’lom turmush tarzi» risolasida tibbiy nuqtai nazardan o’rgangan.
Risolada inson jismining salomatliligi i tashqi muhitning omillari - iqlim,
tuproq, suv, kishilarning hayot yo`sini, jamiyat qonunlari, sog’lom turmush tarzi
uchun zaruriy sharoitlar bilan bog’lagan.
Demokrit esa jamoa a`zolarining moddiy ehtiyoji faqat turmush tarzini
emas, jamiyat taraqqiyotida ro`y beradigan barcha o`zgarishlarni tub sababchisi
bo`lishi mumkin, degan fikrni ilgari surgan.
Yunonistonda tana maqomi davlat qonunlari doirasida inson jismi
- 34 -
madaniyati talablariga muvofiq qat’iy muhokama qilingan, jismoniy barkamollikka
intilish shaxs kamolotining eng asosiy yo`nalishlaridan biri hisoblangan, avlod-
ajdodining tana, qaddi-qomati qanchalik go`zal bo`lsa, uning o`zi ham shunchalik
komillashib boradi, degan g’oya ustivor bo`lgan.
Qisqa muddatli tariximiz va uning davlatchilik tuzimi, ilm-ma`rifatli, kasb-
xunari bo`yicha boshqalardan kam bo`lmagan, mehnatni qo`l uchida emas,
sidqidildan, yurak qo`rini berib, shijoat, matonat bilan qiladigan farzandlarga
muhtojligini ko`rsatdi.
«Azal-azaldan ajdodlarimiz o`z vatanini, ona tuprog’i va xalqning yomon
ko`z, balo-qazodan asrashga qodir, zarur bo`lsa, bu yo`lda jonini xam fido qilishga
tayyor azamat o`g’lonlarini voyaga yetkazish orzusi bilan yashaganlar».
Mo`tabar bobolarning bebaho tajribalariga tayanib, farzandlarning turli
ko`rinishdagi taxdidlar va tajovuzlarga nisbatan o`z fikrlari bilan yashashga, ish
ko`rishga o`rgatishgan. Ularning ma`naviy shakllanishlari uchun ta`lim va
tarbiyaga ulug’, nurli maqsadlar qo`yilgan. Xalqimizga xos mexr-oqibat,
muruvvat, himmat kabi yuksak fazilatlar — o`zining oilasi, el-yurtining boshiga
tushgan qiyinchiliklarni bir-biriga yelkadosh bo`lib yengishdek, qadriyatlar asosida
tarbiyalaganlar.
Hayot chorraxalarida ilm, madaniyat, san`at va boshqa ijtimoiy, iqtisodiy,
ma`naviy sohalarda erishilgan va erishish zaruriyat hisoblangan yutuqlarimiz shu
kunga kelib yigit-qizlarimiz jismining yetukligi va jismoniy kamolot darajasi
yuqori bo`lishi bilan uzviy bog’likligini isbotlab qo`ydi.
Xalqimiz , davlatchiligimizning o`tmishga oid tarixi sahifalarining guvoxlik
berishicha, xar doim ham yurtimiz h farovonligi, uning rivojlanishi doimiy
ravishda bir tekis kechmaganligi, uning zafarli qadamlarining og’irligi yoshlar,
ularning jismoniy barkamolligi zimmasiga tushganligini ko`rsatdi. Katta
xunrezliklar, besamar qon to`kilishini oldini olish, el-yurt, millat, xalq taqdirini hal
qilish ikki raqib tomonning taniqli paxlavonlari, jismonan kamolotga erishish
erlarining jangdan oldinga uyushtirilgan yakkama-yakka mardonavor olishuvlari
- 35 -
orqali hal qilinganligi ham tarixiy haqiqat. Qayd qilinganlarning barchasi
millatimiz, xalqimiz, jismoniy kamolotining darajasiga borib taqalgan.
Inson jismi yetilishganing yuqori bosqichi jism barkamolligi bo`lib, u abadiy
tushunchadir. Mushak va qo’llarning bo`y-basti, qaddi-qomati, vazni,
harakatlarining o`ziga yarasha, jismining tashqi ko`rinshi, vujudidagi harakat
fazilatlarining yetakchilari sanalmish tezkorligi, chidamliligi, chaqqonligi,
bo`g’inlarining
harakatchanligi
va
mushaklarining
mashqlanganligi,
tarbiyalanganligi orqali ko`zga tashlanadi, namoyon bo`ladi.
Jisman barkamollikka erishish, uzluksiz, doimiy mehnat jarayoni bo`lib,
mashqlanish, ommaviy sport bilan shug’ullanishga turmush tarzi tarkibidan vaqt va
o`rin ajratish, STT jismoniy madaniyatining nazariy bilimlari hamda amaliy
malakalari bilan bog’liq.
Hozirgi kunga kelib, yoshlarni jismoniy rivojlantirish va jismoniy
tayyorgarligini yanada takomillashtirishning mavjud amaldagi modeli davr talabi
darajasida emasligi Prezidentimiz tomonidan hamda xukumat qarorlari,
ko`rsatmalari orqali bir necha bor ta`kidlanmoqda. Uning davr talabiga javob
beradigan majmuasini, yoshlarning STT jismoniy madaniyati asosini yaratish,
nazariy bilim, amaliy malaka va ko`nikmalarni boyitish, ularni takomillashtirish
hozirgi kunning muammolaridan biri hisoblanadi. Uni hal qilish jismoniy
madaniyat ta`lim-tarbiyasining eng ilg’or milliy va umumbashariy bilimlari,
tajriba, an`ana, qadriyatlariga tayanadi, ularni o`zida mujassamlashtiradi hamda
mavjud jismoniy yetuklik, jismoniy barkamollik modelini ma`naviy boy avlod
tarbiyasi jarayonida tag zamin sifatida foydalanadi.
STT
jismoniy
madaniyatiga
konsepsial
qarashining
mazmuni
Prezidentimizning yosh avlod kelajagi, uning jismoniy madaniyatliligi darajasi,
unga egaligi, el-yurt farzandlariga daxldor bo`lgan barcha chiqishlari va qator
asarlari, qo`llanmalari, risolalarida o`z ifodasini topgan.
Ayniqsa, yurtboshimizning mamlakatimiz yoshlariga bag’ishlab, ularni
avaylab-asrash ruhi bilan sug’orilgan «Yuksak ma`naviyat –yengilmas kuch» asari
- 36 -
bashariyat axli tomonidan hozirgi kunda ham e`zozlanayotgan zabardast
bobolarimizning xayot tarziga yetarlicha baho bergan. Ularning matonati,
yashashda to’g’ri yo`l tanlay olishi, umrning mazmunini nimagadir bag’ishlashi,
yashashdan maqsadning ma`nosini anglashdagi fahm-farosat, ilm-fandaga
jasoratlari, aql-zakovatlari, zamondosharining ular uchun qilgan zulmlari, sun`iy
yaratgan qiyinchiliklarga qarshi ko`rsatgan mardliklari ilmiy, nazariy, amaliy isboti
bilan ifodalangan. Bobolarimizning o’rnakka arzigulik bo`lganligi, hayotdagi
holatlar uchun deallarni chetdan izlamaslikka ishora qilgan. Ularning yashash
tarzi, hayoti milliy ma`naviyatamiz shakllanishining yetaxchi vositasi hisoblangan
muqaddas dinimizning ulug’ kitobida bayon qilingan «To`rt muchasi sog’larni»
Yaratganning o`zi yoqtirishiga amal qilib yashaganliklarini ta`kidlagan.
Tarixiy asarlar qatoridan joy olishga arziydigan bu asarda, zakovatli
bobolarimizni faqat ilm-fandagi, madaniyat, san’at, adabiyot, ijtimoiy sohaning
barcha o`zanlaridaga erishgan yutuqlaridan tashqari odamiylik, insonparvarlik,
vatanining sodiq farzandlari sifatidagina emas, o`z jismlarining barkamolligi,
mustahkam salomatlik sohibi, jismonan yuksak shaxslar bo`lganliklari haqidagi
dalillarni o`rinli bayon qilgan.
Ularning kam harakatlanish, mehnatdan qochish, dangasalik, me`yoridan ortiq
taom tanavvul qilish, uxlashning salbiy oqibatlari, pala-partish hayot kechirish
haqidagi fikrlari hali qator ishlar o`z ahamiyatini yo`qotmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |