Ikkinchidan – insonning o’zini va jamiyatda tutgan o’rnini anglashi
uchun imkon yaratildi.
Uchinchidan – insonning tarbiyasini, axloqini yuqori saviyaga
ko’tarmay turib, odil, demokratik, adolatli jamiyatini qurish mumkin
emasligi aniq sezildi.
Olib borilgan ishimiz natijalari asosida quyidagi xulosalarni chiqarish
mumkin:
1. IX – X asrlarda O’rta Osiyo hududida ilm – fan, madaniyat rivoji
uchun qulay sharoit yuzaga keldi. Bu sharoit mahalliy xalqlarning Arab
xalifaligi qaramligidan ozod bo’lgani va shu bilan bir vaqtda xalifalik
tarkibida mavjud bo’lgan madaniy, savdo – sotiq va boshqa aloqalarning
saqlab qolgani, Somoniylar sulolasi tomonidan yagona davlatning barpo
etilishi va ilm – fan tili sifatida keng qo’llanilishi, madrasa va maktablar
sonining ko’payishi kabi omillar natijasida hosil bo’ldi;
2. Ahloqiy tarbiya masalasi juda qadim zamonlardan olimlarning
tadqiqot markazida bo’lib kelgan. Bu xalq og’zaki ijodi namunalari, xalq
pedagogikasi va mutafakkirlarning ma’naviy merosida yaqqol ko’rish
mumkin. Ushbu meros IX – X asrlarda O’rta Osiyoda yaratilgan axloqiy
ta’limotlarda ham o’z aksini topdi va mutafakkirlari tomonidan o’z zamonasi
talablari asosida rivojlantirildi;
3. Islom ta’limotida umuminsoniy qadriyatlar IX – X asrlarda nafaqat
O’rta Osiyoda, balki butun musulmon sharqida yangi axloqiy
munosabatlarni shakllantiruvchi vosita bo’lib xizmat qildi. Bu ta’limotga
ko’ra inson eng mukarram va go’zal shaklda yaratilgandir hamda butun
42
insoniyat o’zaro birodardirlar, ya’ni bir ota – onadan tarqalganalar. Shu
sababdan ular ahil va hamjihatlikda yashamoqliklari, doimo savobli, ezgu va
xayrli amallar qilishlari lozim;
4. Abu Nasr al – Forobiy merosini tahlil qilar ekanmiz, u Yaqin va O’rta
Sharqda ijtimoiy – siyosiy fanlar asoschisi sifatida inson axloqi va kamoloti
ustida katta ish olib borganining guvohi bo’lamiz. U inson axloqining
shakllanishi masalasini har tomonlama o’rganib chiqdi va axloqiy
barkamollikka erishish shartlarini ishlab chiqdi. Al – Forobiy ta’limoti
bo’yicha inson tabiatan fozil va fosiq bo’lib yaratilmaydi, balki shu
xislatlarga yaqinroq, moyilroq bo’lishi mumkin. Shuning uchun
pedagoglarning asosiy vazifasi – insonda axloqiy yuksak va insoniy
fazilatlarni mustahkam hosil qilishi hamda ularni odat tusiga aylantirishdan
iborat.
Yuqorida aytilgan so’zlardan kelib chiqib, shuni ta’kidlash lozimki, yosh
avlodni axloqan barkamol etib tarbiyalashda bir qator tadbirlarni amalga
oshirish kerak bo’ladi:
a) Mustaqil O’zbekiston davlatning taraqqiyoti axloqan pok va barkamol
avlod qiladi ekanini yoshlarga yanada mukammalroq yetkazish va
tushuntirish ishlarini olib borish. Ta’lim – tarbiya jarayonida yosh avlodning
axloqiy jihatlariga yanada ko’proq e’tibor berish;
b) Ta’lim – tarbiya ishlarida yosh avlodni Vatan mustaqilligi va uni
mustahkamlash, do’stlik, hamjihatlik, halollik, o’zaro mehr – muhabbat kabi
ezgu maqsad asosida voyaga yetkazish;
v) O’zbekistonda yangi jamiyatni barpo etishdagi vazifalarni hal etishda
inson uning faol sub’yektidir. Uni amalga oshirishda bir emas, balki hamda
ta’lim – tarbiya tizimlarining ishini o’zaro uyg’unlashtirish va
muvofiqlashtirish;
43
g) Doimo yoshlar bilan muayyan mavzularda suhbatlar olib borish, zarur
bo’lgan taqdirda bu suhbatalarni individual tarzda o’tkazish lozim.
Shuningdek, maxsus tarbiya soatlari tashkil qilish, ota – onalar, jamoat
tashkilotlari, diniy tashkilotlar hamda haquq – tartibot idoralari hodimlari
ishtirokida axloqiy – tarbiyaviy ishlarni keng yo’lga qo’yish kerak. Sinfdan
tashqari mashg’ulotlar tarzida xalqimizning o’tmishidagi va hozirgi
mahorati, iste’dodi va yutuqlarini aks ettiruvchi joylarga ziyoratlar
uyushtirish kabi ishlarni amalga oshirish lozimdir.
44
Do'stlaringiz bilan baham: |