Al – Forobiy asarlarida axloqan pok insonni tarbiyalash
masalasi.
Muhammad al – Buxoriy qoldirgan ilmiy asarlar ichida eng kattasi va
mashhur butun dunyo musulmonlarning muqaddas kitoblaridan biri
hisoblanmish – “al – Jomi’ as - Sahih” (Ishonarli to’plam)dir. Mustaqillik
sharofati bilan so’nggi yillarda bu asar o’zbek tiliga to’la tarjima qilindi va
xalqimizga taqdim etildi. Ayniqsa Abdulg’ani Abdulloh tomonidan
bajarilgan “Hadis” – “Al – Jomi’ as - Sahih” to’plamining hamda
Shamsuddin Boboxonov tomonidan bajarilgan “al – adab al - mudraf” –
“adab durdonlari” asarning tarjimasi o’z saviyasi va badiiy qiymati bilan
boshqalaridan ajralib turadi. Chunki tarjimonlar bu asarlarni tarjima
qilibgina qolmay, ularni sharhlab ham berganlar. Ushbu asarlar bilan
yaqindan tanishar ekanmiz, ular juda mukammal, puxta, ommabop va keng
qamrovli ekanlgining guvohi bo’lamiz. Al – Buxoriynig ahloqiy tarbiya
haqidagi g’oyalari, qarashlari aynan shu “Al – Jomi’ as - Sahih” va “Al –
adab al - mudraf” asarlarida o’z ifodasini topgan.
Sharq, xususan o’zbeklarning milliy tarbiyasi falsafiy, metodologik
asoslarini sharq falsafiy fikri dunyoni idrok qilishning sharqona “ruhi”,
uslubi mavjudligini tushunmasdan aniqlab bo’lmaydi. Dunyoni idrok
qilishning sharqona tarzi mavjudligidan kelib chiqish yaqin yillargacha
ijtimoiy fanlarda yetakchilik qilib kelgan biryoqlamalik – yevrotsentrizm
oqimiga barham beradi. G’arb kishisining ongidagi antipersonalistik qarash
esa Islomning bevosita ta’sirida yuzaga keladi. Ana shuning uchun ham
ovrupalik shaxs mohiyatini xristianlik (Xristian dini Ovrupaning
o’qituvchisidir, N. S. Trubetskoy), Sharq mohiyatini islom dininig ahloqiy
qarashlarisiz tadqiqot qilish yangilash xulosalarga olib keladi.
26
Din haqida so’z yuritar ekan, pedagogika fanlari doktori
M.Quronovning: “Din – dunyoqarashni tashkil qiluvchi ongining tarkibiy
qismidir. Dinda inson, uning mohiyati, milliyligi haqida mulohazalarning
ulkan, yaxlit tajribasi mavjud. Uning vazifasi e’tiqod orqali inson, jamiyat
ruhiyatini uyg’unlashtirish, tarbiyalashdir. Ana shu nuqtai nazardan har bir
din – o’zi asoslangan ma’naviy ta’lim va ahloqiy tarbiya tizimidir” – degan
fikrlari e’tiborga loyiqdir.
Imom al – Buxoriyning ilmiy – pedagogik merosi bilan yaqindan
tanishar ekanmiz, insonning ahloqiy tarbiyasiga bog’liq bo’lgan, uning xulq
– atvorining shakllanishida muhim o’rin egallovchi 3 ta asosiy va keng
qamrovli tushunchalarga duch kelamiz. Bular quyidagicha chizmada aks
etgan:
AMAL
IYMON IBODAT
INSON
AXLOQI
Iymon – har bir musulmon uchun asosiy shart hisoblanadi, ya’ni
musulmon bo’lish uchun inson balog’atga yetgach, o’z ixtiyori bilan
“Olloxdan o’zga iloh yo’q, Muhammad uning bandasi va payg’ambari
ekaniga shahodat beraman” – degan iborani tilida aytib, dili bilan tasdiqlash
talab qilinadi. “Iymon so’zda ham, amalda ham bo’lmog’i kerak. Iymon
27
kuchaygaydir va susaygaydir”. Buni iymonning kuchayishi yoki
susayishidagi tarbiyaning roliga ishora sifatida tushunish mumkin.
“Iymon” so’zi arabcha “ishonch, e’tiqod” ma’nolarini anglatadi. Iymon
tor ma’noda Alloxga, uning bor ekanligiga ishonmoqlikni bildirsa, keng
ma’noda inson barcha amallari uchun mas’ul ekani, yaxshilik uchun
mukofot, yomonlik uchun jazo olishi muqarrarligiga ishonishlikni
ifodalaydi. Ollohga iymon keltirish haqida gap ketganda, uning barcha
sifatlarini yoki ismlarini e’tirof etgan holda, ishonmoqlik lozimligi uqtirib
o’tiladi.
Ibodat al – Buxoriy asarlarida inson axloqiga ta’sir etuvchi ikkinchi
vositadir, deb aytish mumkin. Ibodat deganda faqatgina namoz o’qish, ro’za
tutish, zakot berish va haj amallarini bajarishgina tushunilmaydi, balki sabr –
toqatli bo’lish, nafsni tiyish, tozalikka rioya qilish va yomon illatlardan
saqlanish nazarda tutiladi. Al – Buxoriy “Al – Jomi’ as - Sahih” asarlarida
quyidagi hadislarni keltirgan:
Muhammad alayhissalom odamlarga: “Birortangiz uyingizning oldidan
oqib o’tayotgan daryo (yoki soyda) har kuni besh mahal yuvinsangiz,
badanimda kir qolmish, deb aytasizlarmi?” – dedilar.
Odamlar: “Sira ham kir qolmagay” – deyishdi. Janob Rasululloh: “Besh
vaqt namoz ham shunga o’xshash bo’lib, Olloh taolo tufayli gunohlarni
kechirgaydir. Kimki namoz o’qigay, Rabbiga murojaat etgaydir” – dedilar.
“Ro’za (tutmoqlik) do’zax o’tidan asrovchi vositadir! Binobarin, ro’za
tutgan kishi haqorat so’zlarini tilga olmasin, so’zlashganda baqirmasin,
birovni masxara qilmasin”. “Zakot ortiqcha mol – dunyoni halollash uchun
beriladigan haqdir”. “Kimki yomon so’zlamay va yomonlik qilmay Olloh
taolo yo’lida haj qilsa – dedilar Muhammad alayhissalom, - onasidan bugun
tug’ilganidek gunohlaridan pok bo’lib qaytgaydir”.
28
Do'stlaringiz bilan baham: |