“Barkamol avlod” bolalar maktabining vaqtinchalik namunaviy
USTAVI
1-bob. Umumiy qoidalar
Ushbu Ustav “Barkamol avlod” bolalar maktablarining (keyingi o‘rinlarda Maktab deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari, , shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Maktab o‘z faoliyatida 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, 0‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining buyruqlari va ko‘rsatmalari, ushbu Nizom va boshqa qonun hujjatlari, shuningdek, Xalq ta’limi vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) buyruqlariga amal qiladi.
Maktab davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi. 0‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, yuridik manzili ko‘rsatilgan shtampga, ega bo‘ladi.
Maktab 0‘zbekiston Respublikasida joriy etilgan uzluksiz ta’lim tizimining tarkibiy qismi bo‘lgan davlat maktabdan tashqari ta’lim muassasasi hisoblanadi, o‘quvchilarga qo‘shimcha ta’lim-tarbiya berishga mo‘ljallangan.
bob. Maktabning asosiy vazifalari va funksiyalari
Maktab faoliyatining asosiy maqsadi - yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlami o‘z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish, ulg‘ayib kelayotgan yoshlar iqtidorini yanada rivoj lantirish, o‘quvchi-yoshlarda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kasb- hunarga yo‘naltirish orqali mustaqil hayotga tayyorlash, pirovardida intellektual barkamol avlodni tarbiyalashdan iboratdir.
Maktabning asosiy vazifalari:
bolalaming ehtiyojlari va qiziqishlariga muvofiq ularning ijodiy va badiiy qobiliyatini rivoj lantirish hamda foydali dam olishini tashkil etish;
mehnatsevarlikni, kasb tayyorgarligining dastlabki o‘quv ko‘nikmalarini singdirish, fan va texnikani rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlariga muvofiq texnik vositalar va kompyuter texnologiyalarini o‘rganishni tashkil etgan holda bolalar texnik ijodkorligini rivoj lantirish;
bolalar tomonidan olkamiz tarixi, arxeologik va madaniy merosini chuqur o‘rganilishi, mamlakatimizning tabiiy boyliklari bilan tanishtirish hamda ekologiya va atrof muhit muhofazasi sohasidagi asosiy bilimlarni egallab olish;
xorijiy tillarni o‘rgatish orqali zamonaviy kadrlami shakllantirish, rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganishda imkon yaratish;
o‘quvchilarga sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ulaming sportning turli
yo‘nalishlariga qiziqishlarini oshirish;
maktabdan tashqari ta’lim tizimiga ilg‘or pedagogik usullar
va metodlardan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan
foydalangan holda o‘qitishning yangi shakllarini keng joriy etish.
bob. Maktabning huquq va majburiyatlari
Maktab o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish doirasida quyidagi huquqlarga ega:
maktab xodimlari va to‘garak a’zolaridan muassasaning Ustavi va ichki tartib qoidalariga rioya etilishini talab qilish;
to‘garak mashg‘ulotlarini o‘tkazishni takomillashtirish va ta’lim jarayonini metodik ta’minlash bo‘yicha takliflar kiritish;
maktabdan tashqari ta’limning turli masalalari bo‘yicha belgilangan tartibda tashabbus bilan chiqish;
o‘z faoliyati to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida materiallarni joylashtirish;
moliyalashtirishning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan turli manbalari hisobiga budjetdan tashqari mablagMami shakllantirish;
Maktabning vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha xalqaro hamkorlik
qilish.
Maktabning majburiyatlari quyidagilardan iborat:
xalq ta’limi organlari hamda mahalliy davlat xokimiyati organlarining qarorlarini bajarish;
o‘z Ustavida nazarda tutilgan vazifalami ijro etish;
maktabdan tashqari ta’limga qo‘yilgan davlat talablari, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan o‘quv qo‘llanmalari va dasturlari asosida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish;
o‘quvchilami maktabdan tashqari ta’limga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganish, nazarda tutilayotgan to‘garak a’zolari kontingentini aniqlash;
o‘quv rejasini tegishli xalq ta’limi organlari bilan kelishish; ta’lim-tarbiya jarayonini o‘matilgan tartibda sanitariya-gigiena normalariga va havfsizlik qoidalariga muvofiq tashkil etish;
bino va inshootlar, yer uchastkalari, to‘garak xonalarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida ijaraga berish;
maktabning moddiy-texnik ta’minoti va kadrlar salohiyatini rivojlantirish; to‘garaklami tashkil etishda to‘garak a’zolarining yoshi, ruhiy-fiziologik holati, layoqati va qiziqishlarini inobatga olish.
Maktab qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi va majburiyatlami olishi mumkin.
bob. Maktab faoliyatini tashkil etish tartibi
Maktab o‘z faoliyatini ushbu Ustavga muvofiq amalga oshiradi.
Maktabga 0‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi.
Maktab direktori:
maktab nomidan faoliyat ko‘rsatadi, barcha muassasa va tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;
o‘z vakolatlari doirasida buyruqlar chikaradi;
o‘z o‘rinbosarlari, uslubchilar, mutaxassislar, hisobchi, g‘aznachi, texnik xodimlar hamda baza mudirlarining vakolatlarini belgilaydi ular o‘rtasidagi vazifalarni taqsimlaydi, shu bilan birga, Maktab tasarrufidagi boshqa mansabdor shaxslarning vakolatlarini belgilaydi;
maktabning tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi; maktabning majlislarida raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi; buxgalteriya hisobi va hisoboti ishlarini nazorat qiladi; o‘rnatilgan tartibga ishonchnomalar beradi;
maktab xodimlarining ijro intizomiga rioya qilishlarini umumiy nazorat
qiladi;
yillik ish reja, istiqbol dasturi va asosiy faoliyatiga doir qarorlar va yozishmalarni tasdiqlaydi;
maktab mol-mulkini belgilangan tartibda tasarruf etadi;
0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida uning xududiy bo‘limlarida va bank muassasalarida maktab hisob raqamlarini ochadi;
maktab xodimlarini ishga qabul qilish joy-joyiga qo‘yishni amalga oshiradi, o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashgan holda ijodiy va natijalarga erishgan xodimlarni rag‘batlantiradi, intizomiy jazo choralarini ko‘radi va ular bilan tuzilgan shartnomalarini to‘xtatadi;
maktabning ishlarini takomillashtirish moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlarning ijtimoiy muhofaza qilinishini ta’minlash bo‘yicha Vazirlikka takliflar kiritadi;
o‘quvchilar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishni samarali tashkil etadi; o‘quv tarbiya jarayoni, moliya-xo‘jalik faoliyati axvolini yaxshilaydi; moddiy-texnik bazaning mustahkamlashi va mol-mulkning saqlanishini ta’minlaydi.
Markazda direktor bo‘lmagan davrda uning vakolatlarini vazifa taqsimotlariga ko‘ra uning o‘rinbosarlari bajaradi.
Pedagogik kengash maktabda o‘zini-o‘zi boshqarishning yuqori organi hisoblanadi.
Maktabning pedagogik jamoasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ochiq ovoz berish yo‘li bilan Pedagogik kengash tarkibini saylaydi.
Pedagogik kengash yig‘ilishi maktab faoliyatini takomillashtirish va rivoj lantirish, uning faoliyati sifat va samaradorligini oshirishining asosiy yo‘nalishini belgilaydi.
Pedagogik kengash yig‘ilishi har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi.
О‘quv-tarbiya jarayonini rivojlantirish va takomillashtirish, pedagogik xodimlarning kasb mahoratlarini va ijodiy usishlarini kuchaytirish maqsadida maktabda pedagogik xodimlarini birlashtiruvchi jamoaviy organ - Uslubiy kengash tuziladi.
Uslubiy kengash raisi pedagogik xodimlar jamoasi tomonidan saylanadi.Uslubiy kengash o‘quv rejalari, dasturlari, o‘quv qoilanmalarini yangi pedagogik texnologiyalar asosida joriy etish yo'llarini muhokama qiladi, pedagogik xodimlarning ijodiy tashabbuslarini qoilab-quvvatlash va rivojlantirish, ilg‘or tajribalami ommalashtirish ishlarini tashkil qilish yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
bob. Maktabni moliyalashtirish manbalari
Quyidagilar Maktab faoliyatini moliyalashtirish asosiy manbalari hisoblanadi:
0‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va budjetdan tashqari mablag‘lar; ota-onalar to‘lovlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Quyidagilar maktabni moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalari hisoblanadi:
o‘quvchilar va pedagog xodimlar tomonidan o‘quv jarayonida tayyorlangan buyum va mahsulotlarni belgilangan tartibda sotishdan tushgan mablag‘lar;
asosiy mashg‘ulotlardan tashqari paytda, ta’lim tarbiya jarayoniga ta’sir etmagan holda, bo‘sh turgan bino va inshootlar, o‘quv jixozi va asbob-uskunalarini belgilangan tartibda ijaraga berishdan tushgan mablag‘lar ;
eskirgan va yaroqsiz holga kelgan uskunalarni belgilangan tartibda ro‘yxatdan chiqarish orqali tushgan mablag‘lar;
davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida tushgan tushumlar; maktabda to‘garak mashg‘ulotlari yakunlangandan keyin kechki (18:00 dan 24:00 gacha) paytda turli kurslar, faollar zali va turli konsert dasturlari tashkil etishdan tushgan mablag‘lar;
jismoniy va yuridek shaxslarning homiylik xayriyalari; boshqa tushumlar.
bob. Yakunlovchi qoidalar
Maktabni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ushbu Ustav talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Maktab ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish uni tasdiqlash tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |