BARG.
1. Bargga to’liq xos bo’lmagan xususiyatni ko’rsating.
A) organik moddalar hosil qiladi
B) suvni bug’latadi
C) nafas oladi
D) o’zida faqat xlorofill pigmentini saqlaydi
2. Bargning tashqi tuzilishi qanday qismlardan tashkil topgan?
1- barg bandi; 2- tomirlar; 3- barg plastinkasi; 4- barg hujayralari; 5- barg po’sti; 6- xlorofill donachalari.
A)1,2,3 B)1,3,4 C)4,5,6 D)1,3
3. Qaysi o’simlikning yon bargchalari tikanga aylangan?
A) yantoq B) oq akatsiya
C) kaktus D) Yon bargchalar hech qachon tikanga aylanmaydi.
4. Barglari tikanga aylangan o’simlikni toping.
A) yantoq B) oq akatsiya C) kaktus D) zirk
5.Barglari bandsiz bo’lgan o’simliklarni toping.
A) lola ,piyoz , bodring B) shirach , qovun , qayrag’och
C) oqjo’xori , savag’ich , xarduma D) sabzi, karam, gulhayri
Do'stlaringiz bilan baham: |