umumiy maqsadga yo’naltirilgan faoliyatini ta‘minlaydigan o’lchamlardir.
2. Bank oldida turgan vazifalarni bajarish uchun zarur resurslarni ta‘minlash
va ishga solish zarur. Bizning holatda so’z insoniy resurslar haqida ketmoqda.
Xodimlar soni tarkibiy jihatdan maqbul bo’lishi hamda vazifalar hajmiga mos
kelishi lozim. Shuningdek, xodimlar talab etiladigan malakaga ham ega bo’lishi
darkor. Va nihoyat, xodimlarning bosh g’oyaga sodiqligi hamda qisqa muddatli
maqsadlar va vazifalarni bajarishdagi faolligini ham ta‘minlash muhim ahamiyatga
ega. Bunga esa pul mukofotlaridan tashqari, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini
qondirish, salohiyatini va rivojlantirish imkoniyatini ro’yobga chiqarish kabi
rag’batlar tizimi yordam beradi.
3. Bank atrof-muhitdagi o’zgarishlarga moslasha olishi kerak. Bu esa
maqsadlarnigina emas, balki ularga erishish yo’llarini, shuningdek, tegishli ichki
Do'stlaringiz bilan baham: |