Банкларда молиявий ҳисоб


Bank foydasi va uning taqsimlanishi



Download 138,06 Kb.
bet51/56
Sana26.02.2022
Hajmi138,06 Kb.
#468026
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
Bog'liq
ЯН саволлари - Abdijabbar Nurmukhammedov

76. Bank foydasi va uning taqsimlanishi.


Bank foydasi uning faoliyati natijasi va rivojlanishining asosi, kapitaldan tashqari bank faoliyatida ishlatilishi mumkin boʻlgan mablagʻidir.
Mamalakatimizda faoliyat koʻrsatayotgan tijorat banklarida moliyaviy natijani aniqlash tartibi quyidagicha koʻrinishga ega: Foizli daromadlar + Foizli xarajatlar = Sof foizli daromadlar – Kreditlar boʻyicha ehtimoliy zararlarni (baholash) qayta tiklash = Zaxirani baholash chegirib tashlanganidan keyingi sof foiz daromadi + Foizsiz daromadlar – Operatsion xarajatlar = Daromad soligʻidan oldingi sof foyda (zarar) – Daromad soligʻini baholash = Sof foyda (zarar).
Bank moliyaviy faoliyati natijasida olingan foyda (zarar) 31200- «Taqsimlanmagan foyda» balans hisobvaragʻi doirasida quyidagi ikkinchi tartibli hisobvaraqlarda aks ettiriladi: 31203-«Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)»; 31206-«Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)». Oldingi moliyaviy yillar davomida bank faoliyati natijasida olingan taqsimlanmagan foyda (zarar)lar hisobi 31203-«Taqsimlanmagan foyda (aktivpassiv)» balans hisobvaragʻida yuritiladi. Ushbu hisobvaraqning kreditida 31206- «Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)» balans hisobvaragʻidan oʻtkazilgan bankning sof foydasi summasi, hamda zaxira kapitali hisobvaragʻidan taqsimlanmagan foydaga oʻtkazilgan summalar aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida 31206-balans hisobvaragʻidan oʻtkazilgan zararlar, eʼlon qilingan dividendlar, har xil fond (jamgʻarma)larga ajratma summalari aks ettiriladi. Analitik hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda yuritiladi. Hisobot yilida bankning moliyaviy faoliyatidan olingan sof foyda, hamda ushbu davr davomida elon qilingan dividendlar hisobi 31206-«Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)» balans hisobvaragʻida yuritiladi. Ushbu hisobvaraqning kreditida hisobot yilida bank tomonidan olingan foyda summasi, 31203-«Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)» balans hisobvaragʻiga oʻtkazilgan zararlar summasi, hamda notoʻgʻri eʼlon qilingan dividendlarning qaytarilishi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida hisobot yilida bank tomonidan olingan zararlar, 31203-«Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)» balans hisobvaragʻiga oʻtkazilgan foyda, eʼlon qilingan dividendlar, hamda zaxira kapitaliga oʻtkazilgan summalar aks ettiriladi. Analitik hisob sof foyda va dividendlar boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi. Bank balans foydasi uning haqiqatda olingan daromadlari (40000-“Daromadlar”) va xarajatlari (50000-“Xarajatlar”) oʻrtasidagi ijobiy farq sifatida vujudga keladi. Bank balans foydasi yil davomida shakllanib boradi, bank maʼlum oy yoki chorakni foyda bilan emas, balki zarar bilan ham yakunlashi mumkin, lekin uning moliyaviy holatiga baho berilganda hisobot yilining oxiridagi natijalari eʼtiborga olinadi.



Download 138,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish