74.Банк даромадлари ҳисоби (фоизли даромадлар, хорижий валюталардаги фойда, кредит, лизинг). Daromadlar bankning odatdagi faoliyati natijasi sifatida iqtisodiy resurslarning yoxud aktivlarning oqib kelishi yoki oʻsish yoʻli orqali, yoxud majburiyatlarning qisqarishi yoʻli orqali oʻsishidir, deb taʼriflanadi Bank daromadi ikkiga boʻlinadi: foizli daromadlar; foizsiz daromadlar. Tijorat banklarida daromadlar avval tan olinadi va hisobga olinadi, keyin undiriladi. Banklarda daromadlar hisobga olganda: Debet: 16300-Aktivlar boʻyicha hisoblangan foizlar yoki 16400-Hisoblangan foizsiz daromadlar; Kredit: 40000 -daromadlar hisobvaragʻi. Hisoblangan bank daromadi undirilganda: Debet: 10101-Aylanma kassadagi naqd pullar, 16103-Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar boʻyicha olinadigan mablagʻlar yoki 20200- Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar hisobvaraqlari; Kredit: 16300-Aktivlar boʻyicha hisoblangan foizlar yoki 16400-hisoblangan foizsiz daromadlar hisobvaragʻi. Bank daromadi hisobini yuqori daromad keltiruvchi kredit operatsiyalari misolida koʻrib chiqsak. Kredit boʻyicha hisoblangan foizlar summasiga: Debet: 16309-“Ssudalar boʻyicha olish uchun hisoblangan foizlar”; Kredit: 41400-44700-“Ssudalar boʻyicha foizli daromadlar”. Kredit boʻyicha foiz summasi kelib tushganda toʻlov turiga qarab: Debet: 10101-Aylanma kassadagi naqd pullar yoki 16103-Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar boʻyicha olinadigan mablagʻlar yoki 20200-Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar hisobvaragʻi; Kredit: 16309-“Ssudalar boʻyicha olish uchun hisoblangan foizlar” hisobvaragʻi. Moliyaviy aktivlar boʻyicha foizlar hisoblanganda, Debet: 16300-Aktivlar boʻyicha hisoblangan foizlar- hisoblangan foizlarning tegishli hisobvaragʻi; Kredit: 40000-Foizli daromadlarning tegishli hisobvaragʻi. Hisoblangan foizlar olinganda esa: Debet: 10101-Aylanma kassadagi naqd pullar yoki 16103-Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar boʻyicha olinadigan mablagʻlar yoki 20200-Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar hisobvaragʻi; Kredit: 16300-Aktivlar boʻyicha hisoblangan foizlarning tegishli hisobvaragʻi. Qimmatli qogʻozlar boʻyicha diskont olinganda: Debet: 16305-Qimmatli qogʻozlar boʻyicha hisoblangan foizlar; Kredit: 10791-Qimmatli qogʻozlar boʻyicha diskont (kontr-aktiv) hisobvaragʻi.