2. Xalqaro savdoda bank o’tkazmalarining o’rni va ahamiyati.
Bank o`tkazmasi bir bankning boshqa bir bankka oluvchiga muayyan bir summani to`lash xaqidagi topshirig`ini o`zida ifodalaydi. O`z mablag`lag`larini malum bir maqsadda o`tkazmoqchi bo`lgan mijozning ko`rsatmasiga asoslangan holda bank bunday topshiriqni berish mumkin. Bunda valyuta mablag`lari oluvchiga xech bir shartsiz yoki malum bir xujjatlarni taqdim qilish asosida berilishi mumkin.
Bank o`tkazmasi shaklida tijorat operatsiyalari bo`yicha hisob kitoblar quyidagicha amalga oshiriladi.
1. Ekspartyor va importyor tomonidan shartnoma imzolanadi.
2. Ekspartyor bitimda ko`rsatilgan vaqtincha tovarni jo`natadi.
3. Ekspartyor yuk tashuvchi tashkilotlardan transport xujjatlarini oladi.
4. Transport xujjatlarini boshqa xujjatlar to`plami bilan birga importyorga birga yuboradi.
5. Xujjatlarni olgandan so`ng tovarga egalik qilish huquqi importyorga o`tadi va u o`z bankiga pulni o`tkazish to`g`risidagi arizani taqdim qiladi.
6. Importyorning banki arizaga asoslangan holda to`lovni bajarish topshirig`ini ekspartyorning bankiga po`chta orqali uzatish yo`li bilan o`tkazmani amalga oshiradi.
7. Ekspartyorning banki to`lov topshirig`ini olgandan keyin uning to`g`ri toldirilganligini tekshiradi va eksport tushumini oluvchining hisobvarag`iga o`tkazadi, so`ngra ekspartyorga xabar beradi.
Shartnomada importyor tomonidan ekspartyorga kredit berilishi, yani etkazib beriladigan tovar uchun oldindan avans to`lovini amalga oshirish kerakligi ko`zda tutilgan bo`lishi mumkin. Bunday holatlarda importyor bitimida ko`rsatilgan vaqt ichida ekspartyor valyutani o`tkazish tog`risida o`z bankiga ko`rsatma beradi. Shundan song ekspartyor tovarni jo`natadi va xujjatlar to`plamini importyorga yuboradi.
Bank o`tkazmasi shaklidagi hisob kitoblarda shartnomada qatnashuvchi tomonlardan biri doimo malum darajada riskka tortilgan bo`ladi. Eksportyor uchun tovar toliq jo`natilgandan song yakuniy hisob kitoblar amalga oshirilmay qolish xavfi va importyor uchun esa avans to`lovlari bajarilgandan so`ng tovar yetkazmay qolish xavfi bor, shuning uchun xam jahon amaliyotida etkazib berilgan tovarlar uchun hisob – kitobning ushbu shakli malum darajada cheklangan bo`lib har doim xam qo`llanilavermaydi.Odatda xalqaro hisob-kitobda boshqa hisob kitob shakllari bilan birgalikda qo`llaniladi. Masalan, etkazilib beriladigan tovarlar uchun akkreditiv bo`yicha inkassoga olingan hujjatlar bo`yicha tovar summasining 10-15%i to`lanilib, 75-80% summasiga esa veksellar yozilishi va qolgan 5-10%i bank o`tkazmasi tariqasida oldindan avans sifatida yoki importyor tomonidan tovarlar tekshirilgandan keyin to`lanishi kozda tutilgan bo`lishi mumkin.
Bundan tashqari olingan tijorat kreditlarini qoplashda va inkassoni to`lashda bank o`tkazmasidan foydalanish mumkin.
So`ngi paytlarda transport vositalari orqali tovarni etkazib berish muddati tezlashayotganligi sababli xalqaro hisob kitoblarda shartnomaga ko`ra tovar qiymatining to`liq to`lovi bo`yicha bank o`tkazmalarining qo`llanilish xissasi moshib bormoqda. Bunda tovar jo``natilganligi to`g`risida eksportyor tomonidan xabar jo`natilgandan so`ng bank o`tkazmasi amalga oshiriladi. Bunday holatlarda importyor tomonidan tovarni o`z vaqtida to`lash to`g`risidagi bank kafolati to`lovning taminoti sifatida xizmat qiladi
O`zbekiston respublikasida bugungi kunda vakolatli banklar eksport va import operatsiyalari bo`yicha bank o`tkazmasi shaklida hisob-kitoblarni amalga oshirmoqdalar. Vakolatli banklar eksport qilingan tovarlar va xizmatlar bo`yicha hizob-kitoblarni amalga oshirayotganda O`zbekiston respublikasi hududida joylashgan benefitsiar foydasiga To`lovni o`tkazish to`g`risidagi xorijiy banklar topshirig`ini bajaradilar, bunda to`lanayotgan summaning qanday qoplanilishi ko`rsatilgan bo`lishi kerak.
To`lov topshirig`i benefitsiar tomonidan malum tijorat yoki moliyaviy xujjatlar taqdim qilingandan so`nggina unga to`lanishini ko`zda tutish mumkin. Bunday holatlarda tegishli hujjatlar taqdim qilinguncha benefitsiar hisobvarag`iga shartli ravishda summa o`tkaziladi. Agarda summa o`tkazilgan kundan boshlab 15 kun ichida eksportyor hujjatlarni taqdim qilmasa, uning hisobvarag`idan o`tkazma summasi hisobdan chiqariladi va xorijiy bankka o`tkazma hususida ko`rsatma berishi xaqita so`rov yuboriladi.
Import qilingan tovar va xizmatlar uchun bank o`tkazmasi shaklidagi hisob-kitoblar o`rnatilgan tartibda to`ldirilgan o`tkazma arizasiga asoslangan holda amalga oshiriladi. Bunda ariza beruvchi shaxs quyidagilarga etibor berishi kerak:
Agar shartnomada ko`rsatilgan tovarlarni baholash valyutasi turlicha bo`lsa, arizada qayta hisoblash kursi yoki kursni aniqlash usuli ko`rsatildan bo`lishi shart. Bunda qayta hisoblashda yuzaga keladigan kurslar orasidagi farq ariza beruvchi shaxsning hisobidan qoplanadi.
Agar O`zbekiston Respublikasiga eksport qilingan tovar uchun to`lov amalga oshirilayitgan bo`lsa, mamlakatga tovarning etib kelish muddati ko`rsatilgan bo`lishi lozim.
Benefitsiarning nomi va manzili, uning banki, maxsus texnik terminlar ingliz tilida to`ldirilgan bo`lishi kerak
Benefitsiarning nomi va manzilida , xorijiy valyutaning nomi va summasidaxatolikka yo`l qo`yilib, ustidan o`chirib to`g`irlangan bo`lsa, bunday ariza bo`yicha to`lov amalga oshirilmaydi. Boshqa rekvizitlardagi to`g`rilashlariga arizani imzolagan shaxslar tomonidan qayd etilgan va tasdiqlangan bo`lsagina yo`l qoyiladi.
Ariza beruvchi korxona raxbaryati va bosh buxgalteri tomonidan ariza imzolanadi xamda korxona shaxsiy muhri bilan muhrlanadi.
Xozirgi davrda O`zbekistonda eksport va import bo`yicha bank o`tkazmasi orqali to`lovlar keng tus olgan. Bunga sabab mamlakatimiz banklarida bunday operatsiyani bajarish va xujjatlarni rasmiylashtirish soddaligidadir. Bundan tashqari shuni ham aytish kerakki respublikamizda shartnoma summasining 15%igacha oldindan avans sifatida to`lashga ruxsat berilgan. Bu esa o`zbek importyorlariga nisbatan to`lovga qobillilik nuqtaiy nazaridan hali xam xorijiy firmalarning ishonchsizligi mavjud bo`lganligi sababli katta ahamyatga ega. Bunday shart sharoitlarda ko`pgina import shartnomalari quyidagi sxemada amalga oshiriladi: qarshi tomon bankning kafolati evasiga shartnoma summasining 15%i oldindan avans sifatida to`lanadi va qolgan 85%iga esa akkreditiv ochiladi. Bunday sxema o`zbek importyorlariga shartnomada ko`rsatilgan sifat va hajmda tovarning etib kelmaslik havfining oldini olishga imkon beradi.
Biroq shunday bo`lsada, importyorlar uchun xaqiqatda etb kelgan tovarlar bo`yicha hisob-kitob qilish shakllari ichida eng qulayi bo`lib bank o`tkazmasi xisoblanadi, chunki importyor Tovar va xujjatlarni bank orqali emas, bevosita o`zi qabul qiladi va shundan keyingina to`lovni bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |