Banklarda buxgalteriya hisobi



Download 69,14 Kb.
bet3/6
Sana30.09.2021
Hajmi69,14 Kb.
#189806
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi Khujamkulov Mirjalol bi72[1]

Hisob-kitoblarning akkreditiv shakli. Dokumentar akkreditivlar uchun mo’ljallangan Soddalashtirilgan qoidalar va udumlarga muvofiq akkreditiv bu kelishuvdir hamda ushbu kelishuvga muvofiq bank mijozning iltimosiga ko’ra hujjatlarga muvofiq uchinchi shaxs (foydasiga akkreditiv ochilgan benefitsiarga) foydasiga to’lovni amalga oshirish yoki to’lovni, benefitsiar tomonidan qo’yilgan tratta akseptini, yoki hujjatlar negosiatsiyasini (sotib olinishini) amalga oshirish majburiyatini o’z zimmasiga oladi. Akkreditiv bo’yicha bankning majburiyati mustaqil hisoblanib, tomonlarning tijorat shartnomai bo’yicha huquqiy munosabatlariga bog’liq emas. Ushbu qoida banklar va ularning mijozlari manfaatlarini himoyalashga qaratilgandir: eksportyorga hujjatlar rasmiylashtirilishidagi talablar cheklovini va to’lovni faqat akkreditiv shartlari asosida olinishini; importyorga esa eksportyor tomonidan akkreditivning barcha shartlarini aniq bajarilishini ta'minlaydi.

Dokumentar akkreditivlar bo’yicha hisob-kitoblarda quyidagi taraflar ishtirok etadi:

-importyor (buyruq beruvchi), u akkreditiv ochish to’g’risida bankka murojaat etadi;

-akkreditivni_ochuvchi_emitent-bank;

-avizo qiluvchi bank, ushbu bankka eksportyorga uning foydasiga akkreditiv ochilganligi to’g’risida habar berish va akkreditiv matnini, uning haqqoniyligini tasdiqlagan holda topshirish topshirig’i beriladi;

-foydasiga akkreditiv ochilgan benefitsiar-eksportyor.

1. Akkreditiv ochishga arizani taqdim etish. 2. Emitent-bank tomonidan akkreditiv ochilishi va akkreditivni avizo qiluvchi bank orqali benefitsiarga yuborilishi. 3. Benefitsiarni, uning foydasiga akkreditiv ochilganligi to’g’risida ogoh etilishi (avizo qilinishi). 4. Tovarning eksportga jo’natilishi. 5. Akkreditiv bo’yicha to’lovni olish maqsadida benefitsiar tomonidan hujjatlar komplektining rasmiylashtirilishi va bankka taqdim etilishi. 6. Avizo qiluvchi bank tomonidan hujjatlarning emitent-bankka yuborilishi. 7. Olingan hujjatlarning emitent-bank tomonidan tekshirilishi va ularga haq to’lash (akkreditivning barcha shartlari bajarilganidan so’ng). 8. To’lov amalga oshirilib bo’lingan hujjatlarni emitent-bank tomonidan akkreditiv bo’yicha buyruq beruvchiga topshirilishi. 9. Eksport tushumining avizo qiluvchi bank tomonidan benefitsiar hisobvarag'iga olinishi.

Akkreditiv hisob-kitob shaklining sxemasi asosan quyidagidan iborat: Importyor bankka akkreditiv ochilishiga ariza taqdim etadi. Akkreditivni ochgan importyor banki eksportyor mamlakatida joylashgan o’zining vakil banklaridan biriga uni avizo qiluvchi bank sifatida tayinlagan holda akkreditiv xatini yo’llaydi hamda ochilgan akkreditiv haqidagi ma'lumotni benefitsiarga yetkazish to’g’risida ushbu avizo qiluvchi bankka topshiriq beradi. o’z foydasiga ochilgan akkreditiv haqidagi ma'lumotni (tovar to’lovini ta'minoti sifatida) olgandan so’ng benefitsiar tovarni jo’natishga kirishadi hamda odatda jo’natilgan tovarlar bo’yicha hujjatlarni avizo qiluvchi bankka taqdim etadi. O’z navbatida avizo qiluvchi bank mazkur hujjatlarni to’lov undirish maqsadida emitent bankka jo’natadi. Hujjatlar to’g’ri rasmiylashtirilganligini tekshirib bo’lganidan so’ng akkreditivni ochgan bank to’lovni amalga oshiradi. Agarda hujjat akkreditiv shartlariga muvofiq bo’lsa emitent-bank pullarni avizo qiluvchi bank yo’riqnomalariga muvofiq ravishda o’tkazadi va tovarlarni qabul qilib olayotgan importyorga hujjatlarni topshiradi. Mazkur tovarlar evaziga kelib tushgan tushum eksportyor hisobvarag'iga olinadi. Akkreditivning shartlariga muvofiq hujjatlarga haq to’lash vakolatiga ega bo’lgan bank (ijro etuvchi bank) sifatida avizo qiluvchi bank ham tayinlanishi mumkin. Bunday holatda avizo qiluvchi bank eksportyor tomonidan unga taqdim etilgan hujjatlarga muvofiq ravishda o’sha zahoti haq to’laydi hamda ushbu to’langan summani (qoplanmagan akkreditivlar holatida) emitent bankdan undirilishini talab etadi. Agarda ijro etuvchi bank va emitent bank o’rtasida vakillik munosabatlari o’rnatilmagan hamda vakillik hisobvaraqlari ochilmagan bo’lsa, unda hisob-kitoblarda uchinchi (ramburslovchi) bank ishtirok etadi va ushbu bankda yuqorida zikr etilgan ikkala bankning vakillik hisobvaraqlari ochilgan bo’ladi. Bunda akkreditiv ochilayotgan paytda emitent-bank yo’riqnomalar (ramburs vakolati)ni ramburslovchi bankka beradi, ya'ni ijro etuvchi bank talabnomalariga akkreditivning harakat muddati davri mobaynida va akkreditivda belgilangan summa hajmida haq to’lash to’g’risida farmoyish beradi.





Download 69,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish