2.Hisobvaraqlarni ochish va yuritish tartibi Mijozlar tomonidan hisobvaraqlar ochish uchun bankka tegishli hujjatlar taqdim qilingan kundan so‘ng, banklar ikki ish kuni mobaynida hisobvaraqlar ochadilar. Hisobvaraqlar ochish uchun hujjatlar mijozning imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchasida ko‘rsatilgan yoki mijozning ishonchnomasi asosida vakil qilingan shaxslar tomonidan shaxsan taqdim qilinadi.
Milliy valyutada talab qilib olinguncha, jamg‘arma, muddatli va boshqa depozit hisobvaraqlarini ochish tartibi. Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari bo‘lgan rezident yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda dehqon xo‘jaliklari tomonidan milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
a) 2-ilovadagi hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza;
b) imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan ikki dona varaqcha (3-ilova);
v) mijoz nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati. SHaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli ko‘rsatilgandan so‘ng, bank tomonidan undan nusxa olinadi9. Tadbirkorlik faoliyati sub’ekti bo‘lmagan rezident yuridik shaxslar hamda Byudjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
a) hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza (2-ilova);
v) imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan ikki dona varaqcha (3-ilova);
g) tadbirkorlik faoliyati sub’ekti bo‘lmagan rezident yuridik shaxslar tomonidan ta’sis hujjatlari hamda ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning notarial tasdiqlangan nusxalari, shuningdek, yuridik shaxs nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatdan nusxa;
d) davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma (YUqoridagi 1948-13-sonli yo‘riqnomaga asosan).
Norezident yuridik shaxslar va norezidentlarning O‘zbekiston Respublikasida qonunchilik bilan belgilangan tartibda faoliyat yuritayotgan doimiy muassasalari milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim qiladilar:
a) hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza (2-ilova);
b) agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami berilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
v) imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan ikki dona varaqcha (4-ilova);
g) norezident yuridik shaxs nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxa olinadi (yuqoridagi 1948-13-sonli yo‘riqnomaga asosan).
Rezident va norezident jismoniy shaxslar tomonidan milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka (yuqoridagi 1948-13-sonli yo‘riqnoma,5-ilovasi) hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjatdan nusxa olinadi. Hisobvaraq ochish uchun ariza jismoniy shaxslar tomonidan shaxsan taqdim etilishi lozim. Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan asosiy hisobvaraqqa xizmat ko‘rsatuvchi bankda jamg‘arma va muddatli depozit hisobvaraqlarini ochish uchun tegishli shakldagi ariza taqdim qilinadi. Jismoniy shaxslar tomonidan jamg‘arma va muddatli depozit hisobvaraqlarini ochish uchun tegishli shakldagi ariza va qo‘shimcha ravishda shaxsni tasdiqlovchi hujjat shaxsan taqdim qilinadi.
Jismoniy shaxslarga bankning omonat kassalarida shaxsiy hisobvaraqlar ochish omonat kassasi nazoratchisi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi10. YUridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar boshqa banklarda ikkilamchi talab qilib olinguncha, muddatli, jamg‘arma depozit hisobvaraqlarini ochishda ham asosiy hisobvaraq ochish uchun taqdim etiladigan barcha hujjatlarni taqdim etishlari shart. Asosiy hisobvaraq ochilgan bankda qo‘shimcha ravishda milliy valyutada ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i ochilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan maqsadli tadbirlar uchun hamda qonunchilik hujjatlari asosida ochiladigan ikkilamchi depozit hisobvaraqlar bundan mustasno. Boshqa depozit hisobvaraqlarini ochish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Chhet el valyutasidagi talab qilib olinguncha, jamg‘arma, muddatli va boshqa depozit hisobvaraqlarini ochish tartibi. Mijozlar tomonidan chet el valyutalarida hisobvaraqlar ochish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
a) tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari tomonidan hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza, imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan ikki dona varaqcha, mijoz nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar;
b) tadbirkorlik faoliyati sub’ekti bo‘lmagan rezident yuridik shaxslar, jumladan byudjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan muvofiq hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza; imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan ikki dona varaqcha; tadbirkorlik faoliyati sub’ekti bo‘lmagan rezident yuridik shaxslar tomonidan ta’sis hujjatlari hamda ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning notarial tasdiqlangan nusxalari, shuningdek, yuridik shaxs nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
v) norezidentlar tomonidan hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza; davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami berilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi; imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan ikki dona varaqcha; norezident yuridik shaxs nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar;
g) rezident va norezident jismoniy shaxslar tomonidan hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza (yuqoridagi 1948-13-sonli yo‘riqnomaga asosan).
Bunda, jismoniy shaxslar tomonidan qo‘shimcha ravishda shaxsni tasdiqlovchi hujjat shaxsan taqdim qilinadi va bank tomonidan ushbu hujjatlardan nusxa olinadi. Mijozlarga bitta bankda ma’lum bir chet el valyutasida faqat bitta talab qilib olinguncha depozit hisobvaraq ochilishiga ruxsat etiladi.
Kredit shartnomasi kuchga kirgandan so‘ng keyingi bank ish kunidan kechiktirmasdan bank rahbari yoki rahbar tomonidan vakolat berilgan shaxs tomonidan beriladigan kreditning muddati, miqdori va foiz stavkasi ko‘rsatilgan holda, mijoz uchun ssuda hisobvarag‘i ochish to‘g‘risida buxgalteriyaga berilgan farmoyishga asosan shu ish kunidan kechiktirmasdan mijozga ssuda hisobvarag‘i ochiladi.