Kredit bahosi va foiz siyosati tushunchasi.
Ko’pchilik fikricha sudxo’rlik bu kreditni ilk ko’rinishi deb hisoblaydi. Sudxo’rlik qaysidir jihatdan kreditga o’xshab ketishi mumkindir lekin kredit sudxo’rlik bilan qarzga berish, foiz olish funksiyalari jihatdan o’xshash bo’lishi mumkin xolos. Kreditni vujudga kelishiga sudxo’rlikni cheklash, oldini olish maqsadida ko‟rilgan choralardan biri deb qaraladi. Buyuk olimlardan biri Frensis Bekon ”sudxo’rlikni yo’q qilmasdan, uni cheklash zarur” degan fikri kredit ishining rivojlanishi, kapitalistik banklarning paydo bo`lishi sudxo’rlikka qarshi yo’naltirilganligini tasdiqlaydi.
Kredit qadimdan ma’lum bo’lib, u dastlab savdoda almashuv jarayonida paydo bo’lgan bo’lib, u avval tovarlarni kreditga sotilishi bilan bog’liq. Bunga sabab haridorni tovar sotib olishga hamisha ham naqd puli bo‟lmaydi, u tovar sotilsa tushadi, tovar sotuvchi esa uni tushishini kutib turolmaydi (shu davrda tovarning qiymati tushib ketishi, sifati pasayishi mumkin). Shu va boshqa holatlar tovarlarni kreditga sotishga olib kelgan. Kredit tovar ishlab chiqarishning va tovar muomalasining ajralmas qismi bo‟lib hisoblanadi va uning rivojlanishi bilan bog’liq. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan pul shaklidagi kredit paydo bo’ldi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida iqtisodiyotning real sektorini kreditlashtijorat banklarining muhim daromad manbai hisoblanadi. Tijorat banklari faoliyatining natijalari va banklar tamonidan iqtisodiyotning real sektoriga yo`naltiriladigan kreditlarning hajmi ularga belgilangan baho darajasiga bog`liq. Tijorat banklarida kredit bahosining shakllanishini nazariy jihatdan tadqiq qilish va uning xususiyatlarini o`rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Kredit bahosi to`g`risida fikr yuritishdan avval unga oid ilmiy yondashuvlarni tadqiq qilish muhim hisoblanadi.
Biz bilamizki, qadimdan zadogonlar tamonidan berilgan resurslar uchun ularga yirik foiz ko‟rinishida mablag`lar berilgan. Foiz nazariyasi iqtosodiyotda pulning vujudga kelishi bilan shakllana boshlagan va avvalo foizni iqtisodiy tushuncha sifatida o`rganila boshlagan. Bir qancha asrlar davomida katolik cherkovi Aristotelning obro`yi ta`sirida foizning gunohkor tabiati haqidagi fikrlarni olg`a surdi. Natijada qonun bilan tasdiqlangan foiz shartnomalari Angliyada 1571-yilda, Fransiyada esa 1789-yildagina bekor qilindi. Quronda ham foiz juda qattiq muxokama qilinadi va ribo deb ataladi.
Foiz bu – iqtisodiy aktivlardan vaqtinchalik foydalanilganlik uchun to`lov sifatida e`tirof etiladi. Kreditor qarz oluvchiga kredit beradi, qarz oluvchi ssudadan foydalanadi va o`sgan qiymatni oladi hamda shu foydadan kreditorga kredit uchun to`lov sifatida to`laydi. Kreditor va qarz oluvchi o`rtasida amalga oshirilgan shartnoma kredit bozoridagi foiz stavkasining darajasiga asosan belgilanadi. Kreditor uchun foiz bu vaqtinchalik iste`molni chegaralagani uchun rag`batlahtirish hisoblanadi. O`z navbatida kredit taklifi milliy daromad hajmi, likvidlilik va risklarga bog`liq hisoblanadi. Kredit bahosi bank bilan qarz oluvchi o’rtasidagi shartnoma asosida belgilanadi va bu kreditga oid foizlarni o’z ichiga oladi. Taraflarning kelishuviga ko’ra kredit bahosi pul bozori va inflyatsiya holatidan kelib chiqqan holda ko’payish yoki kamayish tomoniga o’zgartirilishi mumkin.
Tijorat banklari kreditlarining foiz stavkasini rasmiy qayta moliyalashtirish stavkasi bilan tartibga solinishi depozitlarga foiz to’lashning amaldagi tizimi tufayli banklarning zarar ko’rish xavfini kuchaytiradi.
Aytaylik, bank 24 oy muddatga jalb qilingan muddatli depozitni 24 oylik uchta kreditga transformatsiya qildi. Depozitga to’lanadigan yillik foiz stavkasi 18 %ga teng, bu vaqtda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasining yillik darajasi 14 % ga teng deylik.
Bank ushbu 2 ta kreditni 20% bilan berdi. Demak, bankning bu operatsiya bo’yicha daromadlilik darajasi 2 punktga teng. Faraz qilaylik, inflyatsiya darajasini keskin pasayishi natijasida rasmiy qayta moliyalashtirish stavkasi 3 punktga pasaytirildi. Natijada, bankning maksimal kreditlash foizi 16,5 % ni tashkil etadi. Bank ikki kreditni berish jarayonida stavka o’zgarsa, unda kredit bo’yicha bank ko’radigan zarar darajasi 1,5 punktga teng. Chunki banklar muddatli depozitlarga belgilangan foiz stavkasida foiz to’laydilar.
Shu munosabat bilan suzib yuruvchi stavkalarda foiz to’lanadigan depozitlarni jalb qilish va ular hisobidan suzib yuruvchi stavkalarda kreditlar berishni tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. Bunday sharoitda bank spred yoki marjani barqaror tarzda saqlab qola oladi. Ammo respublikamiz sharoitida marja miqdorini belgilash o’ziga xos xususiyatga ega bo’ladi. Buning sababi shundaki bank kreditlarning yuqori foiz stavkasi limitlashtirilgan sharoitda kreditlarning bozor bahosi to’liq shakllana olmaydi. Shu sababli, marja miqdori aniq belgilanib, u orqali depozitlarga to’lanadigan foiz miqdori aniqlanishi kerak.
Bu yerda, bankning hisob – kitoblar va kassa operatsiyalari xizmatlaridan oladigan va umuman foizsiz daromad, xarajatlari hisobga olinmagan.
Nazariy jihatdan kreditning bahosini quyidagicha aniqlash mumkin:
Bu yerda,
Kb – kreditning bahosi;
Kbb – kreditning bozor bahosi;
Ox – operatsiyani amalga oshirish bilan bog’liq harajatlar;
Krd – kreditlar bo’yicha risk darajasi;
Kf – bankning o’z kapitaliga foiz stavkasi.
Uzoq muddatli kreditlardan foydalanganlik uchun foizlar banklar tomonidan kreditlash muddatining davomiyligi, qarz oluvchilar tomonidan berilgan kreditning o’z vaqtida qaytarilishi kafolatlari, kredit resurslari talab va taklifi va ular bahosi, shuningdek, shartnoma asosidagi kredit xatarining mavjudligi hisobga olingan holda belgilanadi.
Kredit shartnomasi tuzib bo’lingandan so’ng qarz oluvchi nomiga ssuda hisob varag’i ochiladi. Ssuda hisob varag’iga oid barcha operatsiyalar shartnoma shartlariga muvofiq amalga oshiriladi
Ssuda hisob varaqlaridan qurilish - montaj ishlari yillik hajmining 15 % dan kam bo’lmagan hajmlardagi pudrat tashkilotlariga qilinadigan dastlabki to’lovlar, shuningdek, mazkur qurilish smetasiga kiritilgan sotib olinadigan uskunaning va boshqa harajatlarning hajmi bilan birgalikdagi bajarilgan ishlar uchun to’lov xujjatlari haqi to’lanadi.
Buyurtmachining o’z mablag’lari va kredit mablag’lari ishtirokida qurilishni moliyalash chog’ida qurilayotgan korxonaning rahbariyati kadrlarni tayyorlash va binolar ijarasi va shu kabilarni saqlab turishi bilan bog’liq boshqa harajatlarga kredit hisobidan to’lanishiga yo’l qo’yilmaydi.
Kreditlar va ularga oid foizlarni so’ndirilishi qarz oluvchining bank hisob varag’iga pul mablag’larining kelgusida kelib tushishining aniq hisob-kitobi olingan holda tuzilgan jadval asosida amalga oshiriladi, zarurat tug’ilganda taraflar kelishuviga binoan kredit va unga oid foizlarning sundirilishi jadvaliga o’zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Qarz oluvchi, agar bu narsa shartnomada ko’zda tutilgan yoki kreditor roziligi asosida bo’lsa, o’zining kredit summasi va haqiqatda foydalanilgan davr uchun unga oid hisoblangan foizlarni muddatidan ilgari sundirish huquqiga ega.
Bunda qarz oluvchi o’zining to’lov topshiriqnomasi bilan kredit summasi va hisoblangan foizlarni to’laydi
Muddati o’tgan, amalda «O’lik ssudalar» ga aylangan kreditlarga foiz hisoblash moliyaviy jihatdan zaif bankni ancha baquvvat qilib ko’rsatishi mumkin. Rossiya Federatsiyasida, O’zbekiston Respublikasidagi ayrim banklar kreditni qaytish ehtimoli nolga teng bo’lgan hollarda ham foiz summasini mijozning joriy qisob varag’idan debetlayverish hollari uchraydi. Buning oqibatida foyda summasi qoplanmagan kredit summasini oshirish evaziga o’sib boraveradi, ya’ni bank balansning aktiv qismida 16309 schet va passiv qismida 42200 yoki 42600 va 44400 yoki 44600 schetlarida hisoblangan foyda summasi oshib boraveradi Natijada yangidan jalb qilingan depozitlar qisoblangan foizlarni, soliqlar va dividendlarni to’lashga sarflanadi.
O’z vaqtida kredit so'ndirilmagan va foizlar to’lanmagan hollarda bank amaldagi qonun hujjatlariga va mazkur nizomga muvofiq, shuningdek da’vo taqdim etish, ya’ni xo’jalik sudiga da’vo arizasini berish yo’li bilan choralar ko’rishga majbur.
Do'stlaringiz bilan baham: |