Bank likvidligiga tasir qilivchi ichki va tashqi omillar va uni taxlili
Reja:
Kirish
Bank balansi likvidligi va to’lov qobiliyati tushunchalari
Tijorat banki likvidligini boshqarish tahlili
Chet el mamlakatlari tijorat banklari to’lov qobiliyati va likvidliliginitartibga solish tajribasi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Bank balansi likvidligi va to’lov qobiliyati tushunchalari
Har qanday mamlakat iqtisodiyotining tayanadigan asosiy ustunlaridan biri bo'lib moliyaviy jihatdan inustahkam va barqaror faoliyat ko'rsatuvchi bank tizimi hisoblanadi. Har bir mustaqil davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi va kelajakdagi taraqqiyoti avvalo mazkur mamlakatda barpo etilgan va muntazam ravishda takomiliashtirilib boriladigan bank tizimining faoliyatiga bog'liqdir.
Banklarning uziga xos xususiyati shundaki, ular o'z mablag'lari bilangina emas, balki omonatchilar va kreditorlar, aktsionerlar hamda mijozlar ularga ishonib topshirgan mablag'lar bilan, ya’ni keng jamoatchilik bilan ish ko'radi.
Ushbu mexanizmning ajralmas qismi bo'lib ham makroiqtisodiy Tiutanosiblikka, ham mikroiqtisodiy darajada xo'jalik faoliyatini yuritilish sharoitlariga ta’sir ko'rsatuvchi tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va barqarorligini ta'minlash chora-tadbirlari tizimi hisoblanadi. Bugungi kunda tijorat banki faoliyatini barqarorligining asosi bo'lgan Markaziy Bank nochor banklarini aniqlash va ularga iqtisodiy madad berish ulaming sinishiga yo'l qo'ymaslik chora-tadbirlarini qo'rmoqda. Bu o'z navbatida tijorat banklarining bankrotlik holatlarini ta'minlamoqda.
Tijorat banklari vujudga kelganidan boshlab ularning likvidligini ta’minlash va boshqarish muammosi paydo bo'ldi. Bank tizimining nolikvidligi makroiqtisodiy sivosatning barqarorligini ta’minlashga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bozor munosabatlariga utish sharoitida bu muammo yanada dolzarbrok ahamiyat kasb etmoqda, chunki o'tkazilayotgan islohotlaming muvafTaqiyatiga ta'sir ko'rsatuvchi asosiy omillardan biri bank tizimining borqaror faoliyat ko'rsatishi bo'lib qolmoqda.
Ma’lumki tijorat banklari har kuni o'zaro bog'liq bir nccha masalalarni yechmoqlari lozim:
o'z operatsiyalarining foydaliligiga erishish;
likvidlik darajasini zarur darajada saqlash;
v) to'lov qobiliyatini mustahkamlash va boshqalar.
Ammo shuni ta’kidlasn lozimki bankning daromadliligi va likvidligi o'zaro teskari mutanosibdir. Yukon likvidlikni la'ininlash bankning yuqori daromadlikka erishish maqsadiga ziddir, chunki likvid aktivlar nolikvid aktivlarga nisbatan kam foiz daromadlari keltiradilar. Boshqa tomondan yuqori foydaga erishish maqsadida aktiv siesat yuigizaetgan banklar likvid aktivlarini mumkin bo'lgan minimal darajada ushlab turish tenedentsiyasiga ega bo'ladilar. Likvidlik va daromadlik o'rtasidagi bunday O'zaro bog'liqlik bank siyosati noratsional tuzilgan sharoitda yuqori likvidlik mavjud holda uning norcntabelligiga yoki xatarli darajada past bo'lgan likvidlik sharoitida bankning yuqori daromadligiga olib kelishi va bu uning hankrotligiga sabab bo'lishi mumkin. Likvidlik va fovdalilikning optimal darajada bo'lishini ta'minlash uchun banklar bu ko'rsatgichlami kompleks tahlil qilishlari zarur, buning uchun esa avvalo "bankning likvidligi" va bankning to'lov qobiliyati" kabi tushunchalami ko'rib chiqmoq zarur. Likvidlik termini moddiy qiyhiatliklarning va boshqa aktivlaming tezda sotilishini va pulga aylanishini ifodalaydi. Bankning likvidligini shuningdek ko'pgina hollarda naqd mablag'lami O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan yoki korrespondent banklardan sotib olish qobiliyati deb kam baholashadi. To'lig'iclv bank likvidligi deganda likvid aktivlarini sotish, pul mablag'larini Markaziy bankdan sotib olish va aksiyalar, obligasiyalar, depozit va omonat sertifikatlari hamda bosliqa qarz instrumcntlarini emissiyasini amalga oshirish imkoniyatlari nazarda tutiladi. To'lov qobiliyati - bu birmuncha kengrok bo’lib u faqatgina aktivlami tezda pulga aylantirish imkoniyatlarini emas, balki tijorat bankining o'z kreditorlari - momonatchilar, banklar va davlat oldidagi kredit va boshqa pul xarakteridati operatsiyalaridan kelib chikadigan o‘z to'lov majburiyatlarini o'z vaqtida va to'lig'icha bajarish qobiliyatini ham o'z ichiga oladi. Shunday qilib, likvidlik to'lov qobiliyatining zaair va majburiy sharti sifatida maydonga chikadi. Tijorat bankining likvidligi uning passiv bo'yicha pul shaklidagi o'z majburiyatlarini o'z vaqtida bajarilishini ta'minlash qobiliyatidir. Bankning likvidligi bank balansining aktiv va passivlarini balanslashtirilganlik darajasi. bank tomonidan joylashtirilgan aktivlar va jalb qilingan passivlaming muddati bo'yicha uzaro moslik darajasi bilan belgilanadi. Bank likvidligining me’yorlari odatda balans aktivlarining turli moddalarim passivlaming jami summasiga yoki ma'lum moddalariga, yoki aksincha passivlaming aktivlarga bo'lgan nisbati sifatida o'rnatiladi. Bankning to'lov qobiliyatiga uning o'z majburiyatlari bo'yicha zarur summada javob bera olish qobiliyati deb ta’rif beriladi.