123
- kapitalni yig‘ilishi va jamg‘arish funksiyasi.
Birok boshqa ko‘pgina kitoblarda kreditning boshqa 4 ta funksiyasi
ko‘rsatilgandir.
Bu funksiyalar;
- qayta taqsimlash funksiyasi;
- qayta takror ishlab chiqarish funksiyasi;
- muomaladagi haqiqiy naqd pul mablag‘larini kredit muomala vositalari
bilan almashtiradi;
- rag‘batlantirish funksiyalaridir.
Bu yuqorida ko‘rib o‘tilgan funksiyalar yordamida
kredit mamlakatdagi
taqsimlangan va bo‘sh turgan moddiy va pul mablag‘lari o‘z egalaridan
vaqtinchalik boshqa mulk egalariga harakat qilishlari uchun imkon yaratadi.
Kreditrning qayta taqsimlash funksiyasi 2 ko‘rinishda pul va tovar shakllarida
amalga oshirilishi mumkin.
Kreditning takror ishlab chiqarish funksiyasida esa kredit 2 xil ko‘rinishda
namoyon bo‘ladi:
- qarz oluvchi tomonidan olingan kreditlar ularga kerakli kapital hajmini
ta’minlaydi, tadbirkorlik faoliyatini olib borishiga imkon yaratiladi.
- turli korxonalarga kredit berilishi natijasida
jamiyat miqyosida ishlab
chiqarish uchun yaxshi va yomon holatlar (sharoitlar) vujudga kelishi mumkin.
(sifat, tannarx, baho).
Muomaladagi haqiqiy va naqd pul mablag‘larini kredit to‘lov vositalari bilan
almashtirish funksiyasida haqiqiy (oltin) pullar pul belgilari (banknotalar) bilan
almashtiriladi. Bu o‘z navbatida davlatni qarz majburiyatini bildiradi hamda oltin
qiymat belgalarini belgilaydi. Shu bilan birga naqd pul belgilari aylanishi
jarayonida pul belgilari o‘z navbatida kredit
muomala vositalari - veksel, chek,
plastik kartochkalari bilan almashtirilishi mumkin.
Kreditning rag‘batlantirish funksiyasida - kredit ishlab chiqarish va
muomalaga mikro va makro darajada ta’sir ko‘rsatadi. Buning natijasida
mablag‘lardan tejamli foydalanishga asos yaratadi. Kredit qarz oluvchidan olgan
kreditlarining
samarali, daromad oladigan darajada foydalanishiga, o‘z vaqtida
ishlatib to‘liq qaytarilishiga majbur qiladi.
Davlat miqiyosida esa kredit miqdorini ko‘paytirish yoki kamaytirish orqali
iqtisodiyotga salbiy yoki ijobiy ta’sir o‘tkazishi mumkin.
Chunki kredit miqdorini
kamayishi, ko‘payishi uning ikki tomonlama ta’sirini bildiradi.
Kreditning bu funksiyalari haqida olimlar o‘rtasida yagona fikr yo‘q.
Masalan Rossiya iqtisodchisi O.I. Lavrushinning fikricha, kreditning
funksiyalarini tahlil qilishda ikkita yechilmagan muammo mavjud:
-
funksiyani tushunishning uslubiy asoslari;
-
funksiyalarning tarkibi va strukturasi.
Kreditning tarkibiy qismidan kelib chiqqan holda unga quyidagi munosabatlar
xosdir.
- kreditorning qarz oluvchi va qarzga berayotgan
qiymat bilan munosabati
orqali;
124
- qarz oluvchining kreditor va qarzga beriluvchi qiymat bilan munosabati
orqali;
- qarzga beriluvchi qiymat bilan kreditor va qarz oluvchining munosabati
orqali.
Kreditor va qarz oluvchi o‘rtasidagi munosabat shunday aniqlanadiki,
bunda
kreditor qarz oluvchiga resurslarni taklif qiladi, qarz oluvchi bu resurslarni ishlatiladi
va bunda qarzga beriluvchi qiymat kreditor va qarz oluvchi o‘rtasida aylanadi. Bu
yerdan kreditning birinchi funksiyasi kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: