Bank ishi va investitsiyalar



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov

 
Nazorat uchun savollar 
1. 
Pul shakllari va turlarining evolyutsiyasi hamda pulning mohiyati va 
uning namoyon bo‘lish shakllarini tushuntirib bering.
2. 
Pulning funksiyalarini yoritib bering. 
3. 
Pulning qiymat o‘lchovi funksiyasini tushuntirib bering. 
4. 
Pul muomala vositasi sifatida. 
5. 
Pulning jamg‘arma funksiyasi va uning xususiyati nimalardan iborat?
6. 
Kredit pullari va ularning turlarini keltiring va ularga tavsif bering. 
7. 
Pulning jahon puli funksiyasi va uning xususiyatlarini yoriting.
 
 
 
 


31 
III BOB.PUL NAZARIYALARI 
Reja: 
3.1
 
Pulning metallilik nazariyasi. 
3.2
 
Pulning nominallik nazariyasi. 
3.3
 
Pulning miqdoriy nazariyasi va uning evolyutsiyasi 
3.4
 
Pulning Djon Meynar Keyns nazariyasi 
3.5
 
Zamonaviy monetarizm nazariyasi. 
 
Tayanch iboralar: 
pul tabiati, nominal, metallilik, ishlab chiqarish, 
miqdoriylik, monetarizm, metal, davlat pul nazariyasi. 
3.1
 
Pulning metallilik nazariyasi. 
XX asr boshigacha pullarning iqtisodiy nazariyasida quyidagicha ikki masala: 
1) pullarning kelib chiqishi va mohiyati haqidagi va 2) pullarning qiymati va harid 
qilish kuchi haqidagi masalalar markaziy o‘rin egallab kelgan. Birinchi masala 
bo‘yicha siyosiy iqtisodda ikkita yo‘nalish – pullarning metallistik va nominalistik 
nazariyalari amal qilgan. 
Pulning metallik nazariyasi bu turli davlatlarda turli tadqiqotchilar tomonidan 
aytilgan ilmiy qarashlarning jamlanmasi bo‘lib, ular pul sifatida faqat oltin va 
kumushni ko‘rdilar va ular jamiyat boyligining manbai deb hisobladilar.
Pulning metallilik nazariyasi XVI asrda fransuz olimi Nikolo Orezme 
tomonidan nazariya sifatida shakllantirildi. Keyinchali angliyalik iqtisodchi olimlar 
U.Stefford, T.Men, P.Nors, Chayld, Fransiyada A.Monkreten, Germaniyada 
U.Yust; Italiyada G.Skaruffi, F.Galiyanitomonidan rivojlantirildi. 
Pulning metallilik nazariyasi merkantilizm g‘oyalariga asoslanadi. 
Merkantilizm – dunyo tarixidagi birinchi iqtisodiy maktab hisoblanadi. 
Merkantilistlar 2 yirik guruhgabo‘linadi: 
1.
Ilk merkantilistlar. 
2.
So‘nggi merkantilistlar. 
Ilk merkantilistlar - akti pul balansi degan g‘oyaniilgarisuradilar. Ularning 
fikriga ko‘ra oltin va kumush o‘z tabiatiga ko‘ra pul hisoblanadi. Har bir 
jamiyatning boyligi uning oltin va kumush zaxiralari bilan belgilanadi. 
Aktiv pul balansi - deganda oltin va kumushning har doim mamlakatga kirib 
kelish miqdori ularni mamlakatdan chiqib ketish miqdoridan katta bo‘lishi 
tushiniladi. 
Ilk merkantilistlar davlat proteksionizm siyosatini qo‘llash shart deb 
hisoblaydilar. Ular aytadiki, davlat mamlakatdan oltin va kumush pullarni chiqib 
ketishini to‘sqinlik qilishi zarur. 
So‘nggi merkantelistlar pulning asosiy funksiyasi bu jamg‘arish funksiyasi 
deb hisoblaydilar. XVI asrning ikkinchi yarimidan XVII asr oxiriga qadar 
Yevropada so‘nggi merkantelistlarning qarashlari hukmron g‘oyaga aylandi.
So‘nggi merkantelistlarning eng taniqli vakili Tomas Men hisoblanadi. T.Men 
ilk merkantalistlardan farqli ravishda pulning muhimligi jamiyat boyligining 
manbai ekanligida emas balki mamlakat ichidagi tovarlar va pullarning harakatiga 
ta’siridadir degan xulosaga keldi.


32 
T.Men birinchi bolib metallilik nazariyasiga yangilik kiritdi. Ushbu yangilik 
quyidagilardan iborat: 
1.
Mamlakat savdo balansi ijobiy saldoga ega bo‘lganda tovarlarni import 
qilish mumkin. 
2.
Agar mamlakat uchun foydali bo‘lsa, oltin va kumushni xalqaro savdoni 
rivojlantirish uchun ishlatish mumkin. 
Tomas Men aytadiki pul savdoni yaratadi, savdo esa pulni ko‘paytiradi. 
Tomas Men birinchi bo‘lib umumiy savdo balansi degan tushunchani kiritgan. 
So‘nggi merkantalistlar umumiy savdo balansi g‘oyasini ilgari surdilar. 
Bungacha xususiy savdo balanslari mavjud edi. Ular mamlakatning alohida 
olingan bitta mamlakat bilan savdo munosabatlarini aks ettirar edi.
Merkantilistlar oltin va kumush tangalarni yemirilib ketishini tan olmaganlar. 
Lekin amaliyot ko‘rsatadiki oltin va kumush tangalar ishqalanish xususiyatiga ega. 
Ushbu tangalar vaqt o‘tishi bilan o‘z vaznining bir qismini yo‘qotadi, natijada 
ayirboshlash munosabatlarida notenglik holati yuzaga keladi. VIII asrga kelib 
metal tangalarning yemirilishi isbotlandi. Shuningdek, birinchi jahon urushi 
ta’sirida Yevropada oltin standarti bekor bo‘ldi. 
Dastlab merkantilistlar Adam Smit va Jorj Styuard tomonidan qattiq tanqidga 
uchradi. Ushbu olimlarning fikriga ko‘ra pul jamiyatning boyligi emas, balki 
shartli hisob birligidir. Pullar baho masshtabi sifatida ayirboshlash munosabatlarini 
ifoda etadi. Taniqli iqtisodchi olimlar P.Samuelson, J.Key metal pullar 
muomalasini inkor etganlar. 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish