Bank ishi va investitsiyalar


 Pulning to‘lov vositasi funksiyasi



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov

 
2.6 Pulning to‘lov vositasi funksiyasi 
Mavjud chet el iqtisodiy adabiyotlarida va keyinchalik,
1
Rossiya olimlari 
tomonidan chop qilingan adabiyotlarda, pulning muomala vositasi funksiyasi uning 
to‘lov vositasi ekanligidan dalolat beradi, degan kabi chalkash xulosalarni 
uchratish mumkin. Lekin biz yuqorida keltirilgan muomala vositasi funksiyasining 
xususiyatlari to‘lov vositasi funksiyasiga ham mos keladi, deb ayta olmaymiz. Bu 
xususiyatlar pulning to‘lov vositasi funksiyasi muomala vositasi funksiyasidan 
tubdan farq qilishini ko‘rsatadi.
Tovarlar har doim ham naqd pulga sotilavermaydi. Tovar sotuvchi tovarni 
sotish uchun muomalaga olib chiqqan vaqtda tovarni sotib olish uchun 
iste’molchining yetarli naqd puli bo‘lmasligi mumkin. Natijada tovarni kreditga 
sotishga zarurat tug‘iladi, ya’ni tovarning pulini to‘lash muddati kechiktiriladi. 
Tovar kreditga sotilganda, pul tovarning bahosini aniqlashda qiymat o‘lchovi 
funksiyasini bajaradi, lekin u muomala vositasi bo‘la olmaydi. Iste’molchi sotib 
olgan tovari uchun uning pulini to‘lov muddati kelgandan keyingina to‘laydi. Bu 
holda tovar va pulning harakati bir trayektoriyada, bir vaqtning o‘zida, bir-biriga 
qarama-qarshi tura olmaydi.
Tovar harakati amalga oshgandan ma’lum vaqt o‘tgandan keyin pul harakati 
sodir bo‘ladi. To‘lov vositasi funktsyasining asosiy xususiyati tovar va pul 
harakatining bir vaqtda amalga oshmasligi, harakatning bir tomonlamaligi va 
harakatda bo‘linishlar mavjudligidadir.
Pulning to‘lov vositasi sifatida ishlatilishi nafaqat tovar kreditga sotilganda 
sodir bo‘ladi, balki barcha jarayonlarda tovarlar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar uchun 
to‘lovlar o‘sha zahotiyoq naqd pulda amalga oshirilmasa, bunday iqtisodiy 
munosabatlar pulning to‘lov vositasi funksiyasi yuzaga kelishidan dalolat beradi.
To‘lov vositasida sotuvchi tovarning pulini olguncha tovar iste’molchi 
ixtiyoriga kelib tushadi va u o‘z ehtiyojini qondirish uchun tovardan to‘la 
foydalanishi mumkin.
Agar tovar uchun to‘lov oldindan (avans) amalga oshiriladigan bo‘lsa, tovar 
ma’lum vaqtdan keyin iste’molchi ixtiyoriga tushishi mumkin. Demak, ikkala 
holda ham tovar va pul harakati bir vaqtning o‘zida amalga oshmaydi. Chunki 
tovar aylanishi (TPT) uziladi va pul harakati tovar harakatiga nisbiy ravishda 
mustaqil bo‘ladi. Pulning bu harakati to‘lov deb aytiladi va bu yerda pul to‘lov 
vositasi sifatida ishtirok qiladi. Pulning to‘lov vositasi funksiyasi tovar ishlab 
chiqarish va muomala rivojlanishining yuqori bosqichlari mahsuli bo‘lib, u pulning 
1
Кембeлл Р. , Макконeл. Экономикс, - М. : 1993 г. с. 264. Стенли Л. Брю, Е. Дж. Долан. «Дeньги, банки и 
дeнeжно-крeдитная политика» с. 25-30 


26 
qiymat o‘lchovi va muomala vositasi funksiyalaridan keyinroq yuzaga kelgan, deb 
xulosa qilish mumkin.
To‘lov vositasi funksiyasining yana bir xususiyati shundaki, sotuvchi bilan 
iste’molchi o‘rtasidagi munosabat muomala vositasidagi kabi qisqa muddatli 
bo‘lib, tezda tugallanmaydi. To‘lov vositasi funksiyasida iste’molchi tovarga ega 
bo‘lganidan keyin ham, u bilan mol sotuvchi o‘rtasidagi munosabat uzoq vaqt 
davom qiladi. Bu munosabat – kredit munosabati hisoblanadi va iste’molchi – 
qarzdor, sotuvchi kreditor sifatida ishtirok qiladi. 
Ba’zi iqtisodchilarimiz veksel asosida o‘tkaziladigan jarayonlarni ham 
muomala vositasi funksiyasiga kiritadilar. Bu, bizning fikrimizcha, to‘g‘ri emas. 
Chunki veksel – ma’lum mablag‘ni to‘lash to‘g‘risidagi kredit majburiyat, u 
qiymatga ega emas. Demak, ayirboshlashning ekvivalenti sifatida ishtirok qila 
olmaydi. A sotuvchi bir million so‘mlik tovarni B iste’molchining vekseliga 
almashtirdi, deylik. B bir mln. so‘mlik tovarga ega bo‘ldi. A bo‘lsa, o‘z qiymatiga 
ega bo‘lmagan, sotib olish qobiliyati emitent tomonidan belgilanadigan vekselga 
ega bo‘ladi. Sotuvchi A, bir mln. so‘mlik vekselni sotsagina, pul mablag‘iga ega 
bo‘lishi mumkin. Shunga asosan, biz veksel jarayonlarini muomala vositasiga 
kirishini to‘liq ishonch bilan ta’kidlay olmaymiz. Bu jarayonlar ko‘proq to‘lov 
vositasi funksiyasiga taalluqlidir. Pulning to‘lov vositasi funksiyasi yana turli qarz 
va majburiyatlarni to‘laganda:
– korxona, tashkilotlar o‘rtasida tovar va xizmatlar uchun to‘laganda; 
– davlat budjetiga va kredit tizimiga to‘lovlarni amalga oshirganda 
(foydadan to‘lanadigan to‘lovlar, kredit bo‘yicha qarz va foizlarni to‘lash va 
boshqalar); 
– ishchi xizmatchilariga ish haqi to‘lash va aholiga boshqa to‘lovlarni to‘lash 
(nafaqa, stipendiya va boshqalar)da; 
– boshqa har xil qarz va majburiyatlarni to‘lash (masalan, kredit uchun 
to‘lov, uy joy, elektroenergiya va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlar) da amalga 
oshiriladi. 
Pulning to‘lov vositasi funksiyasining yana bir xususiyati shundaki, bu 
funksiyada to‘lovlar naqd pullik yoki naqd pulsiz shaklda amalga oshirilishi mumkin. 
Bu xususiyati bilan ham pulning to‘lov vositasi funksiyasi muomala vositasi 
funksiyasidan farq qiladi. Pulning bu funksiyasi yordamida amalga oshiriladigan naqd 
pullik va naqd pulsiz to‘lovlar birgalikda to‘lov aylanmasini vujudga keltiradi. Pulning 
to‘lov vositasi funksiyasini biz ikkinchi darajali deb qarashimiz mumkin emas, 
chunki bu funksiyaning bajarilmasligi to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga 
oshmasligiga, bu esa hozirgi kunda mavjud muammolar debitor kreditorlik 
qarzlarining ko‘payishiga, kredit bo‘yicha va boshqa moliyaviy majburiyatlarning 
bajarilmasligiga, xo‘jalik jarayonlarining normal borishiga katta ta’sir ko‘rsatishi 
mumkin.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish