Bank ishi va investitsiyalar


 Pul qiymat o‘lchovi sifatida



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov

 
2.4 Pul qiymat o‘lchovi sifatida 
Pulning birinchi funksiyasi uning qiymat o‘lchovi ekanligidir, ya’ni pul 
barcha tovarlarning qiymatini o‘lchaydi, ularning bahosini aniqlashda vositachi 
bo‘lib xizmat qiladi.
Qiymat o‘lchovi funksiyasida pul tovar ishlab chiqarishga sarflangan 
ijtimoiy mehnatni ifodalaydi va shu mehnat asosida tovarning qiymatini belgilaydi. 


23 
Pulning bu funksiyasida naqd pullar emas, naqdsiz pullar ishtirok qiladi. Masalan, 
biz savdo do‘koniga kirib, biron tovarning bahosini ko‘rib, baho shu tovarga 
arziydimi yoki tovarga baho yuqori aksincha past qo‘yilganmi – shu to‘g‘rida 
o‘zimizning xulosamizga ega bo‘lishimiz mumkin. Mana shu bizning xulosamiz 
asosida pulning qiymat o‘lchovi funksiyasi yotadi. 
Pulning qiymat o‘lchovi funksiyasida bir tovarning qiymati ikkinchi bir 
tovar qiymati orqali ifoda qilinadi. Agar tarixan olib qaraydigan bo‘lsak, bu 
vazifani o‘z qiymatiga ega bo‘lgan tovar oltin yoki oltinning o‘zida ifodalaydigan 
pul birliklari bajarib kelgan.
Pulning qiymat o‘lchovi funksiyasi qiymat qonuniga asoslanib aniqlanadi.
Pulning qiymat o‘lchovi funksiyasi baholar masshtabini o‘rnatishni talab 
qiladi.
Baholar masshtabi huquqiy xarakterga ega bo‘lib, u davlat tomonidan 
o‘rnatiladi va tovar qiymatiga asoslangan holda uning bahosini ifodalaydi. Baholar 
masshtabi orqali, fikran namoyish qilingan tovar bahosi davlat bahosi yoki bozor 
bahosiga aylanadi va milliy pul birligida ifodalanadi.
XX asrning 80 yillari oxirigacha baholar masshtabi deb, davlat tomonidan 
tasdiqlangan, tovar qiymatini o‘lchash va baholar belgilash uchun kiritilgan, 
ma’lum oltin miqdorini o‘zida ifodalagan pul birligiga aytilgan. Qariyb 30 yil 
davomida 1961 yildan boshlab sobiq Ittifoqda baholar masshtabi qilib 1 rubl qabul 
qilingan va u 0,987412 gramm oltinga tenglashtirilgan edi. XX asrning 80yillari 
oxiriga kelib, Ittifoqda pul birligini oltinga tenglash g‘oyasi o‘z kuchini yo‘qotdi. 
Vaholanki, boshqa ko‘pgina mamlakatlar amaliyotida bu tenglashtirish 70 
yillardan boshlab e’tiborga olinmadi. Rivojlangan iqtisodiyotga ega bo‘lgan 
mamlakatlarda valyutani oltinga tenglashtirish hal qiluvchi dastak emasligini 
ularning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti isbotlab berdi.
XX asrning 60 yillarida yangi pul islohoti o‘tkazilganda, devalvatsiya yoki 
revalvatsiyada davlat qonuniy ravishda baholar masshtabini, pul birligining oltin 
miqdorini, baholarni belgilash uchun o‘rnatib bergan. Pul birligi ma’lum miqdor 
oltinga tenglashtirilgan bo‘lsada, muomalaga chiqarilgan pul birliklari hech qachon 
oltinga almashtirilgan emas. Shuni ta’kidlash kerakki, hozirgi vaqtda jahondagi 
biror mamlakat o‘z pulini oltinga almashtirmaydi. Ba’zi mamlakatlar pul birligini 
oltinga tenglashtirsada, pul birligiga to‘g‘ri kelishi mumkin deb belgilangan oltin 
miqdorini muomaladagi pul birligiga almashtirib bermaydi. Shuning uchun bu 
tenglashtirish o‘zining iqtisodiy mohiyati va kuchini yo‘qotganligi aniq. Chunki 
oltin oddiy tovarga aylandi va uning qiymati ham pulda ifodalanadigan bo‘ldi. 
Pulning funksiyalari oltindan ajraldi, o‘zgaruvchan valyuta kurslari joriy qilindi.
Hozirgi vaqtda baholar masshtabi talab va taklif ta’sirida tashkil topadi va 
baho orqali tovarlar qiymatini o‘lchashga xizmat qiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, 
pul yordamida tovarlar tenglashtiriladi. Ikkala tomon uchun ham tenglashtirishning 
asosi bo‘lib abstrakt mehnat hisoblanadi. 
Tovar qiymatining pulda ifodalanishi baho deyiladi. Baho – bu ideal shaklda 
ongimizdagi qiymat o‘lchovi. Qiymat o‘lchovi vazifasini fikran ifoda qiladigan 
pulimiz bajaradi, baho esa to‘la to‘kis real moddiy boyliklarning qiymatini ifoda 
qiladi.


24 
Qiymat shakliga ega bo‘lgan tovar, bahoga ham ega bo‘ladi. Pul o‘zi o‘z 
bahosiga ega emas, uning qiymati o‘zi bilan aniqlanishi mumkin emas. Baho 
o‘rniga pul sotib olish qobiliyatiga ega. Pulning sotib olish qobiliyati deganda pul 
birligiga to‘g‘ri keluvchi tovarlar va xizmatlar miqdori tushuniladi. Agar pul 
birligiga to‘g‘ri keluvchi tovarlar miqdori (soni) qancha ko‘p bo‘lsa, pulning sotib 
olish qobiliyati ham shuncha yuqori bo‘ladi va aksincha.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish