266
Valyuta kurslarining muvozanatsizligi xalqaro mexnat taqsimotiga salbiy
ta’sir etadi, tovarlar va xizmatlar ekvivalent
almashuvini qiyinlashtiradi, xalqaro
savdo balansiga va hajmiga salbiy ta’sir etadi.
Valyuta kurslarining muvozanatsizligi importyor va eksportyorlarni
o’zlarining xorijdan sotib olish va xorijga sotish operatsiyalarini qisqartirishga
majbur qiladi. Chunki, importyor va eksportyorlar valyutalarning yaqin vaqt
ichidagi dinamikasini oldindan bila olmaydilar. Shuning uchun, masalan,
importyor ma’lum bir tovarni o’zini valyuta xavf-xatariga qo’yib, chet davlatdan
sotib olganidan ko’ra, o’z mamlakatida shunday ishlab chiqarilayotgan tovarni
sotib olmog’i afzalroqdir.
To’lovi kelgusida amalga oshishi ko’zda tutilgan, shartnoma tuzilish paytida
ma’lum bir summada qayd etilgan xar qanday kredit operatsiyasi,
shartnoma
valyutasi ishtirokchi uchun xorijiy bo’lgan tarafning valyuta xavf-xatariga
chalinadi Kreditor, o’zining xorijlik kontragentlariga kreditni bergan xolda,
qiymatni ekvivalent miqdorda ololmaslik xavf-xatariga uchraydi. qarz oluvchi
xam, agarda to’lov paytida qarz valyutasining kursi shartnoma tuzilgan sanaga
nisbatan ko’tarilsa, zarar ko’rishi mumkin.
Eksportyor va importyorlar, valyuta tavakkalchiligi bilan, tashqi savdo
operatsiyalarini amalga oshirganda to’qnashadilar. Eksportyor, agarda u tovarlarni
to’lovi kechiktirilgan xolda sotgan bo’lsa, va baxo valyutasi
sifatida importyor
valyutasi yoki uchinchi davlat valyutasi olingan bo’lsa, valyuta riskiga duchor
bo’ladi. Agarda, baxo valyutasining kursi eksportyor milliy valyutasiga nisbatan
pasaysa, unda eksportyor zarar ko’rishi mumkin.
Shunday qilib eksportyor uchun valyuta xavf-xatari bo’lib, shartnomaning
tuzilishidan to ijro etilgunga qadar davr ichida, baxo valyutasi kursining milliy
valyutaga nisbatan pasayishi xisoblanadi. Demak valyuta tavakkalchiligi barcha
tashqi iqtisodiy aloqalar bilan bog’liq shartnomalarga ta’sir etadi.
Importyor uchun valyuta tavakkalchiliklari quyidagi xolatlarda vujudga
keladi: agarda, tovarlar, baxosi chet el valyutasida qat’iy
belgilanib sotib
olinayotgan bo’lsa. Bunda, agar chet el valyutasining kursi importyor valyutasiga
nisbatan ko’tarilsa, unda importyor tomonidan sotib olingan tovarlar uchun xaq
to’lashda, milliy valyutada ko’proq xarajat qilinishiga to’g’ri keladi.
Shunday qilib, ko’rinib turibdiki, xech bir savdo shartnomai bir kun ichida
amalga oshib, u bo’yicha to’lov xam bir kun ichida amalga oshmaydi. Shunga
ko’ra, albatta, valyuta tavakkalchiligi shartnoma muddatiga to’g’ri proportsional
ravishda ortib boradi.
Valyuta arbitraji – bu, foyda olish maqsadida valyutalarning oldi-sottisi
bilan bog’liq operatsiyalardir. Arbitraj 2 shaklda bo’ladi: a) valyuta arbitraji va b)
foiz arbitraji.
Valyuta arbitraji (frantsuzcha “arbitrage”) – bu, valyutaning,
uning bir
vaqtning o’zida sotilishini xisobga olgan xolda, valyuta kurslari farqlari sifatida
foyda olish maqsadida, sotib olinishi.
Oddiy valyuta arbitraji - bu, bir xorijiy valyuta va o’zbek so’mi bilan yoki
ikki xorijiy valyutalar bilan amalga oshiriladigan arbitrajdir.
267
Murakkab valyuta arbitraji – bu, ko’p turdagi valyutalar bilan amalga
oshiriladigan arbitrajdir.
Muvaqqat valyuta arbitraji – bu, ma’lum bir vaqt davomida valyuta
kurslarining farqi sifatida foyda olishga karatilgan operatsiyadir. U o’z ichiga
quyidagi operatsiyalarni oladi:
-valyutaning birinchi spot kursi asosida sotib olinishi;
-depozitning ochilishi;
-valyutaning depozitda saqlanishi;
-valyutaning depozitdan olinishi;
-valyutaning ikkinchi spot kurs asosida sotilishi.
Dilerlar bir oz boshqacha turdagi valyuta arbitrajini amalga oshirishlari xam
mumkin. Ular birjada valyutani sotib olib, xorijiy bankka o’tkazadilar, xorijda bu
valyutani naqd shakliga o’tkazib, qaytib o’z mamlakatiga olib kiradilar. O’z
mamlakatida bu valyutani ular ulgurji yoki
chakana sotib oluvchilarga, ustiga
qo’shimcha xaq qo’ygan xolda, erkin bozor (ko’cha) baxosida sotishlari mumkin.
Arbitraj ko’p xollarda, spred shartnomalarining yakuni sifatida maydonga
chiqadi. Spred shartnomasi, xamma vaqt, bir vaqtning o’zida, bir valyutaning sotib
olinishi va boshqa bir valyutaning sotilishini ko’zda tutadi. Bunday valyutalar
kurslari albatta, birgalikda, ammo turli sur’atlarda, ko’tariladi yoki pasayadi.
Bunda, diler bir operatsiyada pul yo’qotishini va boshqa bir operatsiyada foyda
olishini xisobga oladi.
Fazoviy valyuta arbitraji – bu, turli valyuta bozorlarida (turli birjalarda),
mazkur valyuta kursi farqlari xisobiga foyda olish maqsadida o’tkaziladigan
operatsiyadir. Boshqacha qilib aytganda, bir vaqtning o’zida, bir birjada valyuta
sotib olinadi va boshqa birjada shu valyuta, nisbatan yuqori kursda sotiladi.
Fazoviy valyuta arbitraji o’z ichiga quyidagi operatsiyalarni oladi:
1. Birinchi spot kursi asosida valyutani sotib olish.
2. Sotib olingan valyutaning boshqa joyga o’tkazilishi.
3. Valyutaning ikkinchi spot kursi asosida sotilishi.
4. Valyutaning sotilishidan olingan pulni boshqa joyga o’tkazish.
Foiz arbitraji - bu, turli valyutalar bo’yicha foizlar
farqi sifatida foyda olish
maqsadida, xo’jalik sub’ektlarining (arbitrajyorlarning) o’z qisqa muddatli
aktivlari va passivlari valyuta tarkibini tartibga solishga qaratilgan valyuta
(konversion) va depozit operatsiyalarini o’zida mujassam etgan shartnomadir. Foiz
arbitraji, bu, pul bozorida bir vaqtning o’zida pullarning ma’lum bir foizga olinishi
va nisbatan yuqori foizga kreditga berilishi shaklida keng qo’llaniladi. Foiz
arbitraji ikki shaklda ishlatiladi: a)forvardli qoplanish bilan va b)forvardli
qoplanishsiz.
Forvardli qoplanish bilan foiz arbitraji – valyutaning spot kursi asosida sotib
olinishi, muddatli depozitga joylashtirilishi va shu vaqtning o’zida forvard kursi
bo’yicha sotib yuborilishi. Foiz arbitrajining bu shakli valyuta xavf-xatarlaridan
xoli. Bu operatsiya bo’yicha foyda manbai, forvard marjasi hajmi bilan
belgilanadigan, valyutalar bo’yicha foizlar farqi sifatida va valyuta risklarini
sug’urta qilish qiymati xisobiga olinayotgan daromadlar darajalarining farqi
xisoblanadi.
268
Erkin suzuvchi valyuta kurslari sharoitida valyuta
kurslarining tebranishi,
odatda turli valyutalar foiz stavkalari orasidagi farqlardan oshib ketadi. Bu esa,
forvardli qoplanishsiz foiz arbitrajini o’tkazayotgan arbitrajyorlarga nafaqat foiz
stavkalarining miqdoriga qarashga, balki valyuta kurslarining kutilayotgan
o’zgarishiga qarashga majbur etadi. Bunda, valyuta kurslarining keskin ko’tarilishi,
shartnomani forvardli qoplanishsiz foiz arbitrajiga aylantiradi.
Valyuta chayqovi, lotincha “speculatio” – sinchiklab qidirish, kuzatish
ma’nosini beradi. Valyuta chayqovi - bu, vaqt davomida valyuta kurslarining
o’zgarishi natijasida
yoki valyuta risklarini bilib, o’ziga qabul qilgan xolda turli
bozorlarda foyda olish maqsadida o’tkaziladigan operatsiyadir.
Valyuta chayqoviga, birinchi navbatda, naqdli va naqdsiz valyutalar
kurslarining farqiga qilinayotgan o’yin kiradi. Bunda, so’mlarga naqdsiz erkin
muomalada yuradigan valyuta sotib olinadi va u naqdli shaklga o’tkazilib, so’ng
so’mlarga sotiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: