Bank ishi va investitsiyalar


 Pul jamg‘arma vositasi sifatida



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov

2.7 Pul jamg‘arma vositasi sifatida 
Pulning bu funksiyasi sotish va sotib olish jarayoniga zarurat bo‘lmagan 
holda yuzaga keladi. Agar tovar ishlab chiqaruvchi tovarni sotgandan keyin uzoq 
vaqt davomida boshqa tovar sotib olmasa, pul muomala va to‘lov aylanmasidan 
chetlashadi. Yig‘ilgan pullar jamg‘arma vositasi funksiyasini bajaradi. Tovar 


27 
ishlab chiqarish va muomala jarayoni pulni jamg‘arishga imkoniyat yaratadi. 
Jamg‘arma ikki yo‘nalishda yuzaga kelishi mumkin. Maqsadli jamg‘arish yoki 
umuman jamg‘arish. Shunaqa jamg‘armalar borki, aniq bir mo‘ljal bo‘lmagan 
holda yig‘ib boriladi, maqsadli jamg‘armada odamlar mashina, asbob uskuna, uy 
joy sotib olish yoki boshqa ma’lum maqsadni amalga oshirish uchun mablag‘ 
jamg‘aradilar.
Pulning jamg‘arma vositasi funksiyasi pulning pul aylanmasidan chiqib 
ketishiga olib keladi. Jamg‘armada pul pul aylanmasining qaysidir kanallarida 
turib qoladi, natijada u mavjud aylanmadan ajralib ma’lum vaqtgacha mablag‘ 
aylanmasiga qaytib tushmasligi mumkin.
Pulning jamg‘arma va boylik to‘lash vositasi funksiyasi pul muomalasini stixiyali 
ravishda boshqarib boradi. Tovar ishlab chiqarish hajmining uzluksiz o‘zgarib turishi, pul 
massasining doimiy o‘zgarib turishiga olib keladi. Qimmatbaho metallar, buyumlarning 
muomalaga kelib ketib turishi, pul massasining hajmini ushlab turishi, pul muomalasi 
kanallarida pul oqimi ko‘payib ketishining oldini olishi mumkin.
Pulning 
muomala 
vositasidan 
chiqib, 
jamg‘armaga 
aylanishi 
va 
jamg‘armaning muomala vositasiga aylanishi pul tizimini muvozanatda ushlab 
turuvchi zaruriy shart hisoblanadi.
Pulni jamg‘arishga undaydigan omil – uning maxsus tovar, umumiy 
ekvivalentligi, ya’ni boshqa barcha tovarlarga xohlagan vaqtda almashtirish 
mumkinligidadir. Pulga sifat va son jihatdan yondashish mumkin. Chunki pulning 
sifati, soni bor. Pulning sifati cheksiz bo‘lishi, ya’ni pulni zarur bo‘lganda 
xohlagan tovarga aylantirish imkoniyati mumkinligida o‘lchansa, son jihatdan, 
albatta, pul summasi cheklangan bo‘lishi mumkin, chunki unga cheklangan 
miqdorda tovar sotib olish mumkin. Demak, pulning sifat jihatdan cheklanganligi 
bilan son jihatdan cheklanmaganligi o‘rtasida qarama-qarshilik bor. Mana shu 
qarama-qarshilik pulni jamg‘arishga, pul qancha ko‘p bo‘lsa, uni yanada 
ko‘paytirishga intilishga olib keladi. Jamg‘arma funksiyasi pul muomalasida asosiy 
bo‘lmasada, uni olib borishda katta ahamiyatga ega.
Jamg‘arish, xazina to‘plash qiymatning qotib qolishiga olib keladi. Xazina 
to‘plash vositasi vazifasini tarixan oltin, keyinchalik boshqa qimmatbaho metallar, 
toshlar bajarib kelgan va hozirgi kunda ham shu tovarlar boylik (pul) sifatida 
jamg‘arilib kelinmoqda. Xazina sifatida oltin yoki boshqa qimmatbaho metall, 
toshlarning ahamiyati rivojlangan mamlakatlarda deyarli yuqori emas, chunki 
mamlakat iqtisodiy jihatdan barqaror bo‘lsa, pulni biror qimmatbaho metallda 
jamlab qotirib qo‘ygandan ko‘ra, unga davlat yoki korporatsiyalarning qimmatli 
qog‘ozlarini sotib olib, ulardan har yili daromad ko‘rgan ancha qulay hisoblanadi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatganki, 100 biznesmendan faqat 4 tasi o‘z pulini 
to‘g‘ri jamg‘arib boyib ketar ekan. Qolganlari bo‘lsa, pulni topadi, lekin oqilona 
jamg‘arish yo‘lini bilmagani uchun uni yo‘qotarkan.
Bozor iqtisodiyoti yuksak rivojlangan mamlakatlarda pul mablag‘ini 
quyidagi aktivlarga qo‘yish afzal hisoblanadi.
Birinchidan, davlatning qimmatli qog‘ozlari, ya’ni uzoq muddatli 
obligatsiyalar, qisqa muddatli veksellarga qo‘yish. Davlatning qimmatli qog‘ozlari 
kafolatlangan bo‘ladi va ularning bahosi kamdan-kam hollarda o‘zgaradi. 


28 
O‘zgarganda ham, sezilarsiz miqdorda o‘zgaradi. Shuning uchun ham, davlatning 
qimmatli qog‘ozlari yuqori likvidlikka ega bo‘ladi. 
Ikkinchidan, sanoat korxonalari va korporatsiyalarning qimmatli qog‘ozlari, 
ya’ni aksiya va obligatsiyalariga qo‘yish. Korporatsiya, korxonalarning aksiya, 
obligatsiyalarining ishonchliligi davlatnikiga nisbatan kam bo‘lishi mumkin. 
Chunki ularning bahosi u yoki bu sabab bilan tushib ketsa, qo‘yilgan mablag‘ 
ko‘zlangan natija bermasligi mumkin.
Agar mablag‘ iqtisodiy barqaror korxonalarning qimmatbaho qog‘oziga 
qo‘yilsa, u davlatning qimmatbaho qog‘oziga nisbatan yuqori daromad keltirishi 
mumkin.
O‘zbekiston sharoitida korporatsiya, assotsiatsiya, korxonalarning qimmatli 
qog‘ozlarini chiqarish, ularning ikkinchi sotilish bozorini vujudga keltirish va 
rivojlantirish bo‘yicha ancha ishlar amalga oshirilmoqda. 
Hozirgi 
vaqtda 
qimmatli 
qog‘ozlar 
bozorini 
rivojlantirish 
va 
takomillashtirish dolzarb vazifa hisoblanadi va bu jarayon O‘zbekiston iqtisodini 
rivojlantirishning asosiy omillaridan biri bo‘lib qoladi.
Uchinchidan, pulni qimmatbaho, noyob buyumlarga, san’at asarlariga 
qo‘yish yo‘li bilan jamg‘arish.
Bu usulda iqtisodiyotning ijobiy va salbiy tomonga o‘zgarishiga qaramay 
buyumda ifodalangan qiymat o‘zini yo‘qotmaydi. Agar davlat barqaror 
iqtisodiyotga ega bo‘lib, bozor munosabatlari yaxshi rivojlangan bo‘lsa, bu 
aktivlarning likvidligi uncha yuqori bo‘lmasligi mumkin.
Pul yuqori darajadagi likvidlilikka ega bo‘lgani uchun, uni xohlagan vaqtda, 
xohlagan to‘lovni to‘lashga yo‘naltirilish mumkinligi uchun, nominalini 
o‘zgartirmasligi uchun pul jamg‘arma va xazina to‘plash funksiyasini bajaradi. Pul 
jamg‘armasi boylikning bir shakli hisoblanadi. Kishilar boylikni faqat pul shaklida 
emas, boshqa shakllardan, masalan uy-joy, yer, mashina, asbob uskuna, aksiya, 
obligatsiya va boshqa shaklda ham mujassamlashtirishi mumkin. Boylikning bu 
shakllarida likvidlilik darajasi pulga nisbatan (agar inflyatsiya bo‘lmasa) past 
bo‘ladi va ularning narxi ham o‘zgarishi mumkin. Yer, uy-joy, asbob-uskuna, 
qimmatli qog‘ozlarni pulga aylantirmasdan turib biror to‘lovni qoplash uchun 
yo‘naltirib bo‘lmaydi. Pulni esa xohlagan paytda turli to‘lovlarni qoplash uchun 
yo‘naltirish mumkin. 
Inflyatsiya sharoitida pulni jamg‘arish xohlagan rejani amalga oshirishga 
imkon bermasligi mumkin. Chunki jamg‘ariladigan pullar o‘z qadrini bir necha 
marta yo‘qotib boradi va unga ishonch yo‘qoladi. Bu sharoitda milliy pul birliklari 
muomala va to‘lov vositasi hamda baholar masshtabi bo‘ladi, lekin jamg‘arish 
vositasi bo‘lib barqaror biror chet el valyutasi muomalaga kiradi va pul aktivlari 
shu valyutalarga almashtiriladi. Shu holni 50-yillarda Janubiy Koreyada, 70-
yillarda Isroilda, hozirgi kunlarda MDH davlatlari amaliyotida ko‘rish mumkin.
Odatda, pul barcha funksiyalarini bir vaqtda, ketma ket bajarishi mumkin. 
Ba’zida mamlakatdagi iqtisodiy, siyosiy barqarorlikka qarab, pulning funksiyalari 
bir biridan ajralib qolishi ham mumkin. Masalan, 40 yillarda Xitoyda tovarlar 
bahosi AQSh dollarida aniqlangan. Hisob kitoblarda tovar sotish va sotib olishda 
Xitoy valyutasi qo‘llanilgan. Xuddi shunday hol giperinflyatsiya davrida Isroilda, 


29 
Argentina, Meksika kabi mamlakatlarda joriy qilingan. Bu mamlakatlarning milliy 
valyutasi muomala va to‘lov vositasi sifatida ishlatilgan.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish