Bank ishi va investitsiyalar



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov

elektron pullar
ni qo‘llagan holda uzish yoki berishga doir yangi 
uslublarning vujudga kelishiga asos bo‘ldi.
Elektron pullar – bu banklarning kompyuteri xotirasidagi hisobvaraqlardagi 
pullar bo‘lib, ularning tasarruf qilinishi maxsus elektron qurilma yordamida 
amalga oshiriladi. Elektron asosdagi to‘lovlar tizimining ommalashuvi pul 
muomalasi evolyutsiyasining sifat jihatdan yangi bosqichiga o‘tishni tasdiqladi. 
Bank ishida EHMlarning ommalashuvi asosida cheklarni 
plastik 
kartochkalar
bilan almashtirish imkoniyati paydo bo‘ldi. Plastik kartochkalar 
hisob-kitoblarning naqd pullar va cheklarning o‘rnini bosadigan, shuningdek, 
uning egasiga bankdan qisqa muddatli ssudani olishiga imkon beradigan 
vositasidir. Plastik kartochkalari chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida 
eng ko‘p qo‘llanilmoqda. 
 
2.3 Pulning funksiyalariga va ularga tavsif 
Pulning mohiyati uning funksiyalarida yanayam yaqqolroq namoyon 
bo‘ladi. Pul iqtisodiy kategoriya sifatida nechta funksiyani bajarishi iqtisodchi 


20 
olimlar, nazariyachilar va iqtisodchilar o‘rtasida juda uzoq davrdan buyon 
tortishuvlarga sabab bo‘lib kelmoqda.
Iqtisodiyotni markazdan boshqarish sharoitida nashr etilgan adabiyotlarda, 
pul beshta, ya’ni 
qiymat o‘lchovi, muomala vositasi, to‘lov vositasi, jamg‘arma 
vositasi va jahon puli funksiyalarini
bajarishi ta’kidlanadi.
Iqtisodiyotni boshqarishning bozor munosabatlari joriy etilgan mamlakatlar 
iqtisodiy adabiyotlarida, pul uchta, ya’ni qiymat o‘lchovi, muomala vositasi va 
jamg‘arma vositasi funksiyalarni bajarishi bayon etiladi. 
P.Samuelson Aristotelning ta’limotlariga tayangan holda pul faqat ikkita
ya’ni ayirboshlash vositasi, baho mashtabi birligi yoki o‘lchov hisobi 
funksiyalarini bajarishini ta’kidlaydi
3
.
Angliya – amerika iqtisodchi olimlari pulning uchta funksiyasi (muomala 
vositasi, qiymat o‘lchovi va jag‘arma vositasi) mavjudligini e’tirof etishadi
4

Jumladan, Edvin Dj. Dolan, Kolin D. Kempbell, Rozmari Dj. Kempbellar pul 
muomala vositasi, qiymat o‘lchovi va jamg‘arma vositasi funksiyalarini bajarishini 
ta’kidlaydi
5
.
Nemis iqtisodchi olimi K.Knis (1821 – 1898) pulning to‘rtta ya’ni, qiymat 
o‘lchovi, muomala vositasi, to‘lov vositasi va jamg‘arma vositasi funksiyalarini 
e’tirof etadi.
S.Fisher, R.Dornbush, R.Shmalenzilar ham pulning to‘rtta funksiyalarini 
bajarishlarini e’tirof etib, ularni quyidagi ketma – ketlikda amal qilishini 
ta’kidlaydi: birinchisi – muomala vositasi va to‘lov vositasi, ikkinchisi – o‘lchov 
hisobi, uchinchisi – qiymatni saqlash vositasi, to‘rtinchisi – kechiktirilgan 
to‘lovlarni o‘lchovi
6

K.Marks pulning funksiyalari konsepsiyasida uni uchta funksiyasi 
mavjudligini ta’kidlaydi. U pulning funksiyalarini quyidagi ketma – ketlikda 
ifodalaydi. Birinchisi – qiymat o‘lchovi, ikkinchisi – muomala vositasi, uchinchisi 
– moliyaviy pul. K.Marksning pulning uchinchi funksiyasi ayrim iqtisodchilar 
tomonidan jamg‘arma vositasi, to‘lov vositasi va jahon puli kabi vazifalarini 
bajarishi mumkinligini ilgari suriladi
7

Rossiyalik 
iqtisodchi 
olim, 
professor 
O.I.Lavrushin
8

professor 
V.A.Shegorsova
9
, professor V.V.Ivanov va professor B.I.Sokolovlar
10
tahrirlari 
ostida chop etilgan Pul, kredit, banklar darsliklarning barchasida pul beshta 
funksiyani bajarishi e’tirof etiladi. 
3
Самуелъсон П. Экономика вводной курс. –М. : 1964. –С. 69. 
4
Харрис Л. Дeнeжная тeория. –М. : 1990. –С. 75; Долан Е. , Линдсeй Д. Макроэкономика. – СПб. : 1994, – 
С. 7 – 8. 
5
Едвин Дж. Долан, Колин Д. Кемпбeлл, Розмари Дж. Кемпбeл. Дeньги, банковское дeло и дeнeжно – 
крeдитная политика. Пeр. с. англ. к.э.н. А.А.Лукашeвич, А. П. Маноцкова, к.ф.н. э. Б.Ярцeва, к.ф – м.н. 
М.Б.Ярцeв. –М. – СПб., 1991. –С. 26. 
6
Фишeр С. , Дорнбуш Р. , Шмалeнзи Р. Экономика. –М. :1993. –С. 474 – 475. 
7
Пeзeнти А. Очeрки политичeской экономики капитализма: в 2 т. : пeр. С итал. Т. 1. – С. 472 – 473. 
8
Дeньги, крeдит, банки: учeбник/кол. авт. : под рeд. засл. дeят. науки РФ, д.э.н. проф. О. И. Лаврушина. – 
5 – э изд. , стeр. –М. : КНОРУС, 2007. –С. 57. 
9
Дeньги, крeдит, банки: Учeбник для вузов. Под. рeд. проф. Щeгорцова В. А. –М. :ЮНИТИ – ДАНА, 2005.
–С. 14. 
10
Дeньги, крeдит, банки: Учeб. – 2 – э изд. , пeрeраб. и доп. /под рeд. В. В. Иванова, Б. И. Соколова. –М. : 
ТК Вeлби, изд – во Проспeкт, 2008. –С. 26. 


21 
O‘zbekistonlik iqtisodchi, professor Sh.Z.Abdullayeva pul to‘rtta funksiyani 
bajarishini, ular qiymat o‘lchovi, muomala vositasi, to‘lov vositasi va jamg‘arma 
vositasi funksiyalari ekanligini ta’kidlaydi
11
.
Professor O.Yu.Rashidov tahriri ostida chop etilgan Pul, kredit va banklar 
darsligida pul beshta, ya’ni qiymat o‘lchovi, muomala vositasi, to‘lov vositasi, 
jamg‘arma vositasi va jahon puli vazifalarini bajarishini ta’kidlanadi
12
.
Ko‘rinib turibdiki, pulning funksiyalari haqida xorijiy va mahalliy iqtisodchi 
olimlarning fikrlari turlicha bo‘lib, birinchi guruh olimlar pulni beshta funksiyasi 
mavjudligini ta’kidlashsa, ikkinchi guruh iqtisodchi olimlar uning to‘rtta 
funksiyani bajarishini e’tirof etadi. Uchinchi guruh iqtisodchi olimlar, asosan anglo 
– amerikaliklar uni uchta funksiyani bajarishini bayon etadi. Hatto ayrim iqtisodiy 
adabiyotlarda pulni oltita funksiyani bajarishi qayd etilib, oltinchi funksiya sifatida 
baho masshtabi ekanligini isobtlashga urinishadi
13
.
Iqtisodchi olimlar pulning funksiyalari haqida turlicha talqin etishiga 
quyidagilar sabab bo‘ladi. Bir guruh iqtisodchi olimlar, pulning funksiyasini 
zamonaviy sharoitda uning xossalaridan kelib chiqib bayon etadi, boshqa guruh 
olimlar esa turli mamlakat olimlarining pulni funksiyalari xususidagi fikrlariga 
tayangan holda unga talqin beradi. Yana boshqa guruh iqtisodchi olimlar esa 
pulning funksiyalarini ta’riflashda uning tarixan vujudga kelishi bilan bog‘liq 
voqelik va nazariyalarga tayanadi.
Pulning funksiyalari xususida fikr yuritganda uning asl (haqiqiy pul) 
qiymatiga ega bo‘lgan va asl qiymatiga ega bo‘lmaganligi (o‘rinbosar pullar) ga 
e’tibor qaratish lozim. Chunki muomalada asl qiymatga ega bo‘lgan pullar to‘lov 
vositasini bajarganda ularda pulning barcha funksiyalari namoyon bo‘ladi va 
aksincha. Asl qiymatga ega bo‘lgan pullar sifatida qimmatbaho metallar oltin va 
kumushni, kredit pullarni va 100 foiz oltin bilan ta’minlangan pullarni qayd etish 
mumkin. Asl qiymatga ega bo‘lmagan pullarga qog‘oz pullar, oltin asosiga ega 
bo‘lmagan kredit pullar kiradi. 
Haqiqatda ham qimmatbaho metallar to‘lov vositasini bajargan paytda ular 
pulning barcha funksiyalarini bajargan. Qimmatbaho metallar o‘rnini qog‘oz pullar 
egallagandan so‘ng, qog‘oz pullarning inflyatsiyaga uchrashi natijasida ular 
pulning barcha funksiyalarini bajarmay qo‘ydi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, 
yuqorida ko‘rib chiqilganidek, vaqt o‘tishi bilan pulning funksiyalari haqida turli 
qarashlar vujudga kela boshladi.
Iqtisodiy adabiyotlarda pulning funksiyalari xususida 2 ilmiy maktab 
olimlarining qarashlari mavjud: 
1.
Yevropa maktabi. 
2.
Amerika maktabi. 
Yevropa maktabi pulning 5 funksiyasi xususida xulosaga kelgan: 
Biz pulni iqtisodiy kategoriya deb qarab, iqtisodiy jihatdan rivojlangan 
mamlakatlarda keng tarqalgan funksiyalarini tahlil qilib, pul asosan quyidagi 
11
Abdullayeva SH. Z. Pul, kredit va banklar. –T. : “Iqtisod – moliya”, 2007, 13 – b.
12
Rashidov O. Yu. va bosh. Pul, kredit va banklar. Darslik. –T. : TDIU, 2008. 22 – b.
13
Дeньги, крeдит, банки: Учeб. – 2 – э изд. , пeрeраб. и доп. /под рeд. В. В. Иванова, Б. И. Соколова. –М. : 
ТК Вeлби, изд – во Проспeкт, 2008. –С. 25. 


22 
funksiyalarni bajaradi, degan fikrni ta’kidlamoqchimiz. Bular: qiymat o‘lchovi, 
muomala vositasi, to‘lov vositasi va jamg‘arma vositasi va jahon puli funksiyalari.
Pulning funksiyalari bir-biri bilan uzviy bog‘liq va ular birbirini to‘ldirgan 
holda pulning mohiyatini to‘liq ifoda qiladi.
Pulning asosiy funksiyalaridan biri qiymat o‘lchovi funksiyasi hisoblanadi. 
Ba’zi chet el iqtisodiy adabiyotlarida pulning birinchi funksiyasi sifatida muomala 
vositasi funksiyasi, keyin qiymat o‘lchovi funksiyasi keltiriladi. Bizning 
fikrimizcha, pulning funksiyalari to‘g‘risida gapirganda, funksiyalarning ketma-
ketligiga e’tibor berish zarur. Pul qiymat o‘lchovi funksiyasini bajarmasdan turib, 
muomala, jamg‘arma vositasi bo‘la olmaydi. Pulning qiymat o‘lchovi sifatidagi 
mustahkamligi uning muomala, to‘lov, jamg‘arma funksiyalarida o‘rni va 
ahamiyatini oshiradi. Pulning qiymat o‘lchovi funksiyasining to‘la qonli 
bajarilishi, avvalambor, tovarlarni ishlab chiqarish, xizmatlarni ko‘rsatish 
sohasidagi barcha sarfxarajatlarlarni to‘la ifodalash imkonini beradi. Pul qiymat 
o‘lchovi funksiyasini bajarmasdan turib, ishlab chiqarilgan tovar yoki 
ko‘rsatilayotgan xizmatlar bozor munosabatlarining sub’ektlari uchun, ularning 
xo‘jalik faoliyati uchun to‘liq tatbiq qilina olmasligi mumkin. Ya’ni pul muomala 
vositasini bajarishi uchun, avvalambor, muomala vositasining dastagi bo‘lgan 
tovarlar yoki xizmatlarning qiymatini aniqlashi hamda bahosini belgilashi lozim. 
Qiymati aniqlanib, bahosi belgilangan tovar yoki xizmat muomalaga chiqarilishi 
yoki havola qilinishi mumkin. Muomala vositasi funksiyasi pulning qachon va 
qaysi maqsadda ishlatilishiga qarab, pulning keyingi funksiyalarini amalga oshirish 
uchun zamin yaratadi. Pulning qiymat o‘lchovi va muomala vositalari uzviy 
davomi sifatida pulning to‘lov vositasi va jamg‘arma vositasi funksiyalari amalga 
oshiriladi.
Muomala va to‘lov vositasi funksiyalarining amalga oshirilishi natijasida 
pulning jamg‘arma vositasi funksiyalarining bajarilishiga zamin yaratiladi. 
Muomala vositasining bajarilishidan qolgan pullar yoki muomalada bo‘lmagan 
pullar jamg‘armaga yo‘naltirilishi mumkin. To‘lov vositasi funksiyasi yordamida 
shakllangan, iste’mol uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar jamg‘arilishi mumkin. 
Jismoniy shaxslar ehtiyoji va iste’molidan ortiqcha pul mablag‘larini qo‘llarida 
yoki banklar va boshqa kredit muassasalarida jamg‘arishlari mumkin bo‘lsa, 
yuridik shaxslar ehtiyojidan ortiqcha pul mablag‘larini o‘zlarining banklardagi 
hisobraqamlarida jamg‘arishlari mumkin.
Xulosa qilib aytganda, pulning barcha funksiyalari bir-biri bilan uzviy 
bog‘liq va ular bir-birini to‘ldiradi. Pulning funksiyalarining aynan shunday uzviy 
bog‘liqligi va bir-birini to‘ldirishi pul muomalasining barqarorligi va samarasini 
ta’minlashga sharoit yaratadi. 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish