Bank ishi va investitsiyalar


 Pulning jahon puli funksiyasi va unga tavsif



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov

 
2.8 Pulning jahon puli funksiyasi va unga tavsif 
Adabiyotlarda
1
pulning jahon puli funksiyasi to‘g‘risidagi g‘oyani ham 
uchratish mumkin. Bu funksiyani biror valyutaga bog‘lab qo‘yish to‘g‘ri deb 
bo‘lmaydi.
Agar biz tarixga e’tibor beradigan bo‘lsak, tashqi savdo, xalqaro aloqalar, 
xalqaro kredit munosabatlarining rivojlanishi oltinning jahon puli sifatida 
qo‘llanilishiga olib kelgan. 1867 yilda Parijda qabul qilingan kelishuvga asosan, 
oltin davlatlar o‘rtasida yagona pul (jahon puli) sifatida qabul qilingan. 1922 yilda 
Genuyada o‘tkazilgan konferensiyadagi valyuta bitimiga asosan, AQSh dollari va 
Angliya funt sterlingi oltinning o‘rinbosari sifatida e’lon qilindi va xalqaro 
to‘lovlarda qo‘llanila boshladi. 1944 yildagi Brettonvud konferensiyasidan keyin 
jahon puli funksiyasi oltinda qoldirilgan holda, xalqaro to‘lovlarda AQSh 
dollaridan ko‘proq foydalanishga imkoniyat berildi. Dollarni oltinga almashtirish 
bo‘yicha dollar kursi belgilandi va 35 dollar 31,1 gr. oltinga teng deb qabul qilindi. 
Keyinchalik har xil valyuta bloklari, valyuta kliringi tashkil qilindi. XX asrning 70-
yillaridan boshlab xalqaro to‘lovlarda XVF tomonidan kiritilgan maxsus hisob va 
to‘lov birligi SDR (Special Drawing Rights) qo‘llanila boshlagan. 
1971 yilda SDRning oltin miqdori AQSh dollarinikidek 0,888 671 gr. 
oltinga teng deb belgilangan. Dollar devalvatsiya bo‘lganidan keyin, 1 iyul 1974 
yildan boshlab SDR qiymati 16 davlat valyutasining o‘rtacha kursi, keyinchalik 
yetakchi besh mamlakat valyutasi kursi bo‘yicha aniqlanadigan bo‘ldi.
1979 yil martdan boshlab, Yevropa valyuta tizimiga kiruvchi mamlakatlarda 
xalqaro hisob kitoblarni olib borish uchun xalqaro hisob birligi – EKYu (Yeuropen 
Currencu Unit)ni qo‘llaydigan bo‘lishdi. EKYu – bu a’zo mamlakatlarning 
banklaridagi hisob raqamlariga yozib qo‘yiladigan hisob birligi. Iqtisodchilarimiz 
o‘rtasida pulning jahon puli funksiyasi mavjud deyuvchilar, biz yuqorida qisqacha 
ta’riflagan valyuta kliringi, SDR, EKYu kabi to‘lov vositalariga jahon puli sifatida 
qaraydilar. Lekin SDR, EKYular asosan, to‘lovlarni amalga oshirishda 
qo‘llaniladi. Bu jarayon esa pulning to‘lov vositasi funksiyasida o‘z aksini topadi. 
Bu holda to‘lov jarayoni mamlakat ichidagina emas, davlatlararo munosabatlarni 
ham o‘z ichiga oladi. 
Bizning fikrimizcha, pul yuqorida keltirilgan funksiyalarni alohida olingan 
davlatda yoki davlatlar o‘rtasida bajarishi mumkin. Bu holda, biror mamlakatning 
valyutasi jahon puli funksiyasini bajaradi, deb xulosa qilishga o‘rin qolmaydi. 
Jahon puli funksiyasi jahon bozorlarida kotirovka qilinadigan ya’ni oldi-
sotdi qilinadigan valyutalar bajaradi. Masalan: o‘zbek so‘mi bu vazifani 
bajarmaydi. Xalqaro hisob-kitob banki ma’lumotlariga ko‘ra, xalqaro valyuta 
bozorlarida konversion operatsiyalarning 90% ortiq qismi 5ta valyutada amalga 
1
Дробозина Л. А. Финансы, дeнeжное обращeние, крeдит. -М. : «Финансы» 1997 г. с. 23.
Жукова э. Ф. Общая тeория дeнeг и крeдита. -М. : «Юнити» 1995 г. с. 79. 


30 
oshirilmoqda. Bu valyutalar xalqaro zahira valyutasi maqomiga ega. Bu maqomni 
Xalqaro valyuta fondi beradi.
Xulosa qilib aytganda, pulning barcha funksiyalari bir-biri bilan uzviy 
bog‘liq va ular bir-birini to‘ldiradi. Pulning funksiyalarining aynan shunday uzviy 
bog‘liqligi va birbirini to‘ldirishi pul muomalasining barqarorligi va samarasini 
ta’minlashga sharoit yaratadi. 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish