19.5 O‘zbekistonning xalqaro moliya-kredit tashkilotlari bilan
munosabatlarining rivojlanishi.
1990 yillarning boshida Sobiq Sovet Ittifoqi tugagandan keyin Mustaqil
Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) tuzilib, uning a’zo davlatlarining qator xo‘jalik
faoliyatlarida demonopolizatsiya jarayonlari va iqtisodiy tizimda sezilarli
o‘zgarishlar amalga oshirildi hamda tamoyilial jihatdan yangi bozor institutlari
yaratildi. MDH mamlakatlari iqtisodini liberallashuv darajasi turlicha bo‘lishiga
qaramay, amalga oshirilgan transformatsiya u yoki bu darajada moliya sohasiga
ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Xususan, bank sohasidagi bozor islohotlari bank
tizimida ikki pog‘onali bank sektorini paydo bo‘lishiga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Bu
o‘zgarishlar markaziy bank va tijorat kredit muassasalari to‘g‘risidagi qonunlar
bilan mustahkamlandi. Davlat banklari, aksionerlik banklarga, ba’zi bir davlatlarda
ular to‘liq xususiylashtirildi. Bozorga asoslangan xo‘jalik yaratish bilan bir
qatorda, tashqi raqobat uchun iqtisodiyotni ochishga harakat ham qilib ko‘rildi.
Xususiy tijorat banklari hamda xorijiy kapital ishtiroki bilan kredit muassasalari
ta’sis etilishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi.
MDH davrida bank tizimida har bir davlat o‘z manfaati yo‘nalishida
mustaqil islohotlar o‘tkazildi va hamma a’zo davlatlar o‘z-o‘zicha rivojlana
boshladi. Vaholanki, ko‘pgina MDH davlatlari Rossiya tajribasidan nusxa olishdi,
ular bir-birlari bilan o‘zaro integrallashish o‘rniga, nisbatan xalqaro bozor bilan
integrallashishga harakat qilishdi. Hamdo‘stlik davlatlari bank tizimining milliy
xususiyatlarini inobatga olib va makroiqtisodiy reallikdan kelib chiqib
transformatsiya bo‘lishi ular o‘rtasidagi tafovutni miqdori va tuzilish tarkibi
bo‘yicha o‘ta farqlanishga olib keldi.
Keyingi o‘n yillikda xorijiy kapital bilan tuzilgan banklarni MDH
davlatlarida
rivojlanishini
faollashayotganligini
kuzatish
mumkin.
Lekin
Hamdo‘stlik davlatlarida xorijiy kapital bilan tuzilgan banklarning tutgan o‘rni
turlichadir. Agar ba’zi bir davlatlarda (Gruziya, Qirg‘iziston, Moldova) norezident
ishtirokidagi banklar milliy bank xizmatlari bozorida yuqori o‘rinni egallasa,
nisbatan yirik bank tizimiga ega bo‘lgan davlatlarda keyingi yillarda xalqaro
kapital mahalliy kredit tashkilotlarini yutib yuborish hisobidan o‘z ishtirokini
faollashtirishni boshlab yubordi.
MDH davlatlaridagi banklarning ko‘pchiligi davlatlarga kiritilayotgan
investitsiyalarga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullansa, keyingi paytda hamkorlikda
(YeRTB) qishloq xo‘jaligini kichik kreditlash, kichik va o‘rta korxonalarni kredit
yo‘li bilan qo‘llab quvvatlash bilan ham shug‘ullanmoqda.
251
Shu o‘rinda Xalqaro moliya bozorining iqtisodiy mohiyati, tarkibiy tuzilishi,
funksiyalari, miqdori va ularning har bir bo‘g‘inining bir-biri bilan chambarchas
bog‘liqligini batafsil tushunib yetsak, xalqaro moliya bozori to‘g‘risida yanada
yaqqolroq tasavvur va tushuncha paydo bo‘ladi.
Xalqaro valyuta oqimi xalqaro moliya tizimining asosi bo‘lib hisoblanadi, u
Jahon tovar ayirboshlash xo‘jaligini amal qilish jarayonida sodir bo‘ladi va milliy
xo‘jalik faoliyati natijalarining o‘zaro almashinuviga xizmat qiladi. Shu nuqtai
nazardan, xalqaro moliya tizimi, xalqaro moliyaviy bozor ishtirokchilari o‘rtasida
xorijiy valyuta oqimi tizimini anglatadi.
Demak, xalqaro moliya tizimi moddiy ishlab chiqarish sohasiga va Jahon
yalpi ijtimoiy mahsulotini taqsimlash, qayta taqsimlash, almashish va iste’mol
qilish sohalariga xizmat ko‘rsatadi. Xalqaro moliya, xorijiy valyuta oqimi harakati
sifatida, xalqaro miqyosda barcha sub’ektlarning ehtiyojini va manfaatlarining
qondirilishini ta’minlaydi hamda unga keng miqyosda turli-tuman moliyaviy
instrumentlar orqali xizmat ko‘rsatadi.
Xalqaro xorijiy valyutalar oqimining harakati to‘rtta bosqichga bo‘linadi:
valyutalarning paydo bo‘lishi, taqsimlanishi, qayta taqsimlanishi va so‘ngi
ishlatilishi. Xorijiy valyuta oqimining paydo bo‘lishi kompaniyalar Jahon bozorida
o‘zlari ishlab chiqargan tovarlarni va xizmatlarni sotishdan hamda ishlarni
bajarishdan tushgan valyuta tushumi sifatida paydo bo‘ladi. Xorijiy valyutada
tushgan tushum ishlab chiqarishga ta’sir qiluvchi harajatlarga muvofiq
taqsimlanadi. Oxirgi hisobda kompaniyalar xorijiy valyutada foyda oladi va u
foyda
mulkdorlar
manfaatidan
kelib
chiqib
taqsimlanadi.
Dastlabki
taqsimlanishdan keyin, xorijiy valyuta oqimining qayta taqsimlanish jarayoni
boshlanadi: unda turli xil xalqaro tashkilotlarga, fondlarga milliy davlat budjetidan
hamda yuridik va jismoniy shaxslarni xorijiy valyutadagi daromadidan badallar
to‘lash usuli bilan davom etadi. Xorijiy valyuta oqimi oxirgi bosqichda to‘liq
ishlatilishi bilan o‘z harakatini batamom tugallaydi.
Demak, xalqaro valyuta oqimi xalqaro moliya bozorida sodir bo‘ladi va
uning tarkibiga quyidagilar kiradi:
1.
Xalqaro kredit bozori.
2.
Xalqaro fond bozori, ya’ni qimmatli qog‘ozlar bozori.
3.
Xalqaro investitsiya bozori.
4.
Xalqaro valyuta bozori.
5.
Xalqaro sug‘urta bozori.
Yuqorida qayd etilgan xalqaro moliya bozorining har bir tarkibiy qismi bir-
biri bilan chambarchas bog‘langan va bir-biriga yaqindan xizmat ko‘rsatadi. Ularni
tarkibida biron-bir salbiy yoki ijobiy holat sodir bo‘lsa, boshqalarining faoliyatiga
o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi.
Ma’lumki bugungi davrda jahon moliya bozorlari quyidagi tuzilmadan
tashkil topadi:
- milliy va chet el valyutalarini o‘z ichiga olgan valyutalar bozori;
- milliy va chet el qimmatli qog‘ozlarini o‘z ichiga olgan fond bozorlari;
- milliy va xalqaro miqyosdagi munosabatlardan tashkil topgan kreditlar
bozori;
252
- tovarlar bozori ko‘rinishidagi moliyaviy munosabatlarni tashkil etuvchi
qimmatli metallar bozori.
Bu moliyaviy bozorlarni bir-biri bilan bog‘lab turuvchi davlatlararo
moliyaviy-iqtisodiy munosabatlarga to‘xtalish zarur deb hisoblaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |