Bank ishi va investitsiyalar



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov

Funksiyalari 
-Investitsion loyihalarni o‘rta va 
uzoq 
muddatliga 
kreditlash(muddati 12 dan 20 
yilgacha, foiz stavkasi bozordan 
yuqori); 
-investitsion loyihalarni texnik va 
moliyaviy-iqtisodiy tayyorlash; 
-qayta 
qurish 
strukturasidagi 
dasturlarni, hamda iqtisodiyotni 
moliyaviy 
va 
qayta 
qurishni 
tiklashdagi kreditlashtirish. 
XRA-nochor davlatlarni imtiyozli 
kreditlash. 
XMK-rivojlanayotgan 
davlatlar 
iqtisodiyotida xususiy investitsiyani 
rag‘batlantirish va xususiy sektorni 
barqarorlashtirish. 
IKKA-investitsiyani 
notijoriy 
riskdan sug‘urtalash.
IBBXM-investitsion bahslarni hal 
etish va xalqaro mexanizmlarni 
boshqarishni ta’minlash yo‘li bilan 
chet 
el 
nvestitsiyalarini 
rag‘batlantirish. 
-To‘lov 
balansi 
taqchilligini 
qoplash 
yoki 
makroiqtisodiy 
barqarorlikni 
rag‘batlantirish, 
hamda iqtisodiyotni qayta qurish 
uchun a’zo-davlatlarni qisqa va 
o‘rta muddatli kreditlash (muddati 
3-5y.gacha). 
-a’zo-davlatlarda olib borilayotgan 
pul-kredit va valyuta siyosatini, 
hamda XVF Nizomini bajarilishi 
bo‘yicha nazorat. 
-nochor 
a’zo-davlatlar 
to‘lov 
balansini muvozanatlash, hamda 
iqtisodiy 
o‘sishni 
imtiyozli 
moliyalash. 
-yirik chet el banklaridan yoki yirik 
investorlardan mablag‘ olishi qiyin 
bo‘lgan 
tijoriy 
korxonalarni 
(xususiylashtirilgan va xususiy) 
o‘rta muddatli kreditlash (muddati 
10 y.gacha). 
- infrastrukturalarni yoki ishlab 
chiqarishni rivojlantirishga uzoq 
muddatli kreditlash (muddati 15 
y.gacha). 
-aksionerlik 
kapitaliga 
investitsiyalash; 
-kafolat taqdim etish; 
-texnik hamkorlik va maslahatlar 
xizmatini ta’minlash. 
Shuni qayd qilish kerakki, moliyaviy tashkilotlar bank-to‘lov tizimlarini 
tashkil etishda va faoliyat ko‘rsatish jarayonida o‘zlari bevosita ishtirok etishadi va 
nazoratchi funksiyani ham bajaradi, bu bilan davlatlarning bozor iqtisodiyoti 
talablaridagi ehtiyojlarini ta’minlaydilar.
OTB ning asosiy maqsadi Osiyo va tinch okeani (uzoq sharq) mintaqasiga 
kiruvchi mamlakatlarga iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlanishida ko‘maklashish, 
iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish, aholi turmush darajasini oshirish, inson 
resurslarini rivojlantirish, ekologik muammolar, jumladan iqlim o‘zgarishi bilan 
bog‘liq masalalarni hal etishda yordam berishdan iboratdir. 
1966 yilda tashkil etilgan Osiyo taraqqiyot banki bugungi kunda katta 
moliyaviy va texnik imkoniyatlarga ega. Osiyo taraqqiyot bankining a’zolari bo‘lib 
67 davlat, jumladan, Osiyo-Tinch okeani mintaqasining 48, Yevropaning sanoati 
rivojlangan qator mamlakatlari, shuningdek, Kanada va AQSh hisoblanadi.Bank 
tomonidan amalga oshirilgan yirik loyixalari misoliga quyidagilarni kiritish 
mumkin: 
1.Trans avg‘on neft quvuri; 
2.Indoneziyada ro‘y bergan tsunami va zilzila talofatlarini tez bartaraf etish 
loyihasi; 
3.Mekong daryosidan foydalanish hududiy dasturlari; 
4.Fillipinda qashshoqlikka qarshi kurashish maqsadida hususiy biznes bilan 
strategik hamkorlik loyihalaridir. 
Kreditlar asosan davlat organlariga yoki davlat kafolati asosida beriladi. 
Yirik qarz oluvchilar jumlasiga quyidagi davlatlarni misol qilib ko‘rsatish 
mumkin: 
1.XXR- 1160 mln.dollar; 


246 
2.Xindiston-1254 mln dollar; 
3.Pokiston- 709 mln dollar. 
2006 yilda bank Osiyo yagona valyutasini OVB(AKYu) kiritish bo‘yicha 
qaror qabul qilgan.Bu mintaqadagi 13 mamlakatlar milliy pul birliklari aksiyalarini 
kotirovkasini o‘zida aks ettirish va kelajakda yevroga mos va xos bo‘lgan 
valyutaga aylantirish ko‘zda tutilgan. 
OTB rivojlanish va mintaqaviy hamkorlikka oid loyihalarni moliyalashtirish 
hamda ushbu sohalarda texnik ko‘mak berish bilan birga aholining milliy 
salohiyati va turmush sifatini oshirishga yo‘naltirilgan, puxta o‘ylangan ijtimoiy- 
iqtisodiy siyosatni amalga oshirayotgan mamlakatlarga yordam ko‘rsatishga 
alohida e’tibor qaratadi.
OTB yuqori boshqaru organi bo‘lib boshqaruvchilar kengashi hisoblanadi. 
Boshqaruvchilar kengashi xar bir a’zo malakatdan vakolatchi shaxs a’zo bo‘lib 
kiradi. Boshqaru kengashi bir yilda bir marotaba uchrashib bank Prezidentini 
saylaydi.Bank Prezidenti vakolati 5 yil. Uning vakolatiga 12 kishidan iborat 
bo‘lgan doimiy ravishda faoliyat yuritib turadigan direktorlar kengashini nazorat 
qilish va boshqarib turish kiradi. Direktorlar kengashining vakolati 2 yil. Bank 
ustavi talablariga ko‘ra Prezident va 12 ta direktorlar kengashi a’zosidan kamida 8 
tasi Osiyo va tinch okeani mintaqa davlatlardan bo‘lishi kerak.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish