19.3 Mintaqaviy taraqqiyot banklari. Yevropa tiklanish va taraqqiyot
banki. Osiyo taraqqiyot banki.
Yevropa tiklanish va rivojlanish banki (YeTRB) 1990 yil 29 mayda Bitim
asosida tuzilgan xalqaro tashkilotdir. YeTRBning ta’sischilari bo‘lib 40 mamlakat
– Albaniyadan tashqari xamma Yevropa mamlakatlari, AQSh, Kanada, Meksika,
Marokko, Misr, Isroil, Yaponiya, Yangi Zelandiya, Avstraliya, Janubiy Koreya,
shuningdek, YeIK va Yevropa Investitsiya Banki xisoblanadi. SSSR,
Chexoslovakiya va Yugoslaviya parchalanganidan keyin paydo bo‘lgan yangi
davlatlar uning a’zolari bo‘lishdi. Uning a’zolari sifatida XVF a’zosi bo‘lgan xar
qanday mamlakat bo‘lishi mumkin. 1994 yil 1 yanvar xolatiga YeTRB aksionerlari
bo‘lib 57 mamlakat xisoblanadi. Bank shtab-kvartirasi Londonda joylashgan.
YeTRB maqomi, imtiyozlari va immuniteti, YeTRB bilan Buyuk Britaniya va
Shimoliy Irlandiya xukumatlari o‘rtasida shtab-kvartira to‘g‘risidagi bank
operatsiyalari boshlangandan keyin, 1991 yilda 15 aprelda imzolangan Bitimda
belgilab berilgan.
39
С.Р. Моисeeв. Мeждународныe валютно-крeдитныe отношeния. Учeбное пособие. Москва. «Дeло и
Сeрвис». 2003. 562 стр.
243
YeTRBning asosiy vazifasi – Yevropaning ilgari sotsialistik tuzumda
bo‘lgan mamlakatlarini ochiq bozorga yo‘naltirilgan iqtisodiyotga o‘tishiga
ko‘mak berish, va shuningdek, xususiy va tadbirkorlik tashabbuslarini
rivojlantirishdan iborat. YeTRB kreditlarining asosiy ob’ektlari bo‘lib, xususiy
firmalar yoki xususiylashtirilayotgan davlat korxonalari va shuningdek, xorijiy
investitsiyali qo‘shma korxonalar kiritilgan yangidan tuzilayotgan kompaniyalar
xisoblanadi.
Bankning
asosiy
maqsadi
mintaqada
investitsiyalarni
rag‘batlantirishdir.
YeTRB kreditlar va kafolatlar berishda, aksionerlik kapitaliga mablag‘larni
sarmoyalashda boshqa investorlar va kreditorlar bilan xamkorlik qiladi. Bu faoliyat
infrastrukturani yoki xususiy sektor tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga
yo‘naltirilgan davlat sektoridagi loyixalarni kreditlash bilan to‘ldirilishi kerak.
Tuzilish maqsadlari va sabablari.
60-yillarda Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasidagi yirik mintaqaviy
banklarning vujudga kelishi bir qator omillar bilan bog‘liqdir.
Ichki omillarga quyidagilar kiradi: 1) mustamlakachilik tizimining
tugatilishi, jahon rivojlanishida rivojlanayotgan mamlakatlar rolining oshib borishi,
yangi iqtisodiy tartiblar uchun ularning kurashi; 2) jahon banki guruxi tomonidan
xar doim xam xisobga olinmaydigan mintaqalarning o‘ziga xos masalalarini xal
etish zaruriyati; 3) chet el raqobatiga qarshi turish va milliy iqtisodiyot
muammolarini birgalikda xal etish maqsadida rivojlanayotgan mamlakatlarning
iqtisodiy integratsiyasini va mintaqaviy xamkorlikni rivojlantirish.
Tashqi omillar kuyidagilar xisoblanadi: 1) chet el xususiy investitsiyalari
asosiy
oqimining
rivojlangan
mamlakatlarga
ko‘chib o‘tishi. Bunda
rivojlanayotgan mamlakatlarda ularning o‘rniga davlat chet el investitsiyalari
egallaydi, va davlat chet el investitsiyalari o‘rnini esa xalqaro investitsiyalar
egallaydi; 2) sanoati rivojlangan mamlakatlarda "mintaqachilik" siyosati, ular ta’sir
doirasidagi rivojlanayotgan mamlakatlarning birlashishiga ko‘maklashishga
intilish.
Umumiy o‘xshashlari va farqlari.
Birinchidan, bu banklar rivojlanayotgan mamlakatlar extiyojlaridan kelib
chiqadigan bir xil maqsadni ko‘zlab faoliyat ko‘rsatadi. Ular faoliyati mintaqa
rivojlanishining loyixalarini uzoq muddatli kreditlashni amalga oshirishga,
mintaqaviy birlashmalarning mintaqaviy xamkorligiga va kreditlashga aloxida
e’tibor berishga, mintaqaviy xususiyatlarni xisobga olgan xolda rivojlanishning
strategiyasini ishlab chiqishga qaratilgandir.
Ikkinchidan, rivojlanish banklarining uchdan bir qismi – sanoati rivojlangan
mamlakatlar. Rivojlanish bankining xar qanday qarori birgalikda 1
3 ovozga ega
bo‘lgan AQSh tomonidan, Osiyo rivojlanish banki – Yaponiya va AQSh
tomonidan to‘siqqa uchrashi mumkin. Dastlab nizom bo‘yicha Afrika rivojlanish
bankining a’zolari faqat Afrika qit’asining mamlakatlari bo‘lishi mumkin edi.
Resurslar yetishmasligi tufayli AfRB 23 nomintaqaviy donor-mamlakatlar
ishtirokida (ARF, 1972 yil) Afrika rivojlanish fondi degan o‘ziga xos filial tashkil
etishga majbur bo‘ldi. 1982 yildan boshlab esa bank a’zoligiga sanoat rivojlangan
mamlakatlar xam qabul qilinyapti.
244
Har qanday moliyaviy tizim uchta elementdan tarkib topadi:
- bevosita kreditlash jarayoni, likvidli mablag‘larni ayirboshlash va
boshqalar amalga oshiradigan sarmoyalar bozorlari;
- qarz majburiyatlari va tavakkalchiliklarni transformatsiya qilish yo‘li bilan
bilvosita kreditlashni ta’minlaydigan bank sektori;
- xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning eng kam xarajatlar va tavakkalchilik
bilan hisob-kitoblarni amalga oshirishga yordam beradigan to‘lov mexanizmi.
Do'stlaringiz bilan baham: |