Bank ishi va auditi



Download 18,01 Kb.
Sana12.07.2022
Hajmi18,01 Kb.
#784252
Bog'liq
Хулоса (3)


Qarshi muhandislik–iqtisodiyot instituti
Iqtisodiyot fakulteti “Bank ishi va auditi” taʼlim yoʻnalishi
3-bosqich BA-166-20 guruh talabasi Oʻrinov Komiljon Tolibjon oʻgʻlining
ilmiy izlanishi toʻgʻrisidagi kafedra va ilmiy rahbar


XULOSASI

Oʻrinov Komiljon Tolibjon oʻgʻli 2020 — 2021 oʻquv-yilida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Iqtisodiyot fakulteti “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi tarkibidagi 5230700-“Bank ishi va auditi” taʼlim yoʻnalishiga yuqori ball olib oʻqishga kirdi. Shu paytdan boshlab “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi qoshidagi iqtidorli talabalar ilmiy toʻgaragining aʼzosi boʻlib hisoblanadi.


Oʻrinov Komiljon Tolibjon oʻgʻli 2002-yil Samarqand viloyati Pastdarg’om tumanida tugʻilgan. 2018-2020 oʻquv yillarida Samarqand sanoat va qurilish kasb-hunar kollejida tahsil olgan holda aʼlo baholar bilan bitirdi.
Ayni paytda “Oʻzbekistonda Tijorat banklarining barqaror faoliyatini amalga oshirishda raqamli bank xizmatlarini joriy etish” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlari olib bormoqda.
Oʻrinov Komiljon Tolibjon oʻgʻli oʻz oldiga qoʻyilgan ilmiy masalalarni oʻz vaqtida mustaqil yechib ilmiy izlanishlarni tizimli ravishda olib borish bilan bir qatorda, barcha fanlarni aʼlo baholarga oʻzlashtirish bormoqda, ilmiy-amaliy anjumanlarda oʻzining muammoli maqolalari bilan ishtirok etmoqda, shu paytga qadar bir nechta ilmiy maqolalari chop etilgan. Shuningdek, xalqaro, respublika, institut miqyosida tashkil etilgan anjumanlarda oʻz maqolalari bilan ishtirok etib kelmoqda.
Oʻzi olib borayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari bilan viloyat va respublika miqyosidagi tanlovlarda qatnashib gʻolib boʻlgan, oʻqish davrida va jamoat ishlaridagi erishgan aʼlo yutuqlari uchun fakultet, oliy taʼlim muassasasi rahbariyati tomonidan bir necha bor taqdirlangan. Oʻrinov Komiljon Tolibjon oʻgʻli intizomli, bilimli va oʻz vazifasiga masʼuliyat bilan yondashadi, institutdagi, bank ishi sohasida yuqori darajadagi boʻlajak mutaxassislardan hisoblanadi. Kafedra va fakultetning jamoat ishlarida faol ishtirok etib keladi.U kamtarin va toʻgʻri soʻz, oʻz ustida tinimsiz izlanishlar olib bormoqda.Talabalar va jamoa oʻrtasida hurmat eʼtiborga ega.
Mavzuning dolzarbligi. Har bir davlatda iqtisodiyot turli makroiqtisodiy siyosat usullari orqali boshqariladi. Shu usullardan biri boʻlib, Markaziy bankning monetar siyosati hisoblanadi. Boshqa mamlakatlar singari Oʻzbekistonda ham milliy pul birligi barqarorligini taʼminlash va uni samarali boshqarish, monetar siyosat vositalarining maqsadli darajalariga erishish, bank tizimining likvidligini hamda moliyaviy bozorlar faoliyatining samaradorligini oshirish Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan. Moliya-bank tizimining rivojlanishi, uning faoliyatini sifat jihatdan yaxshilanishi, ayniqsa, jahon ijtimoiy-iqtisodiy inqirozining taʼsiri doirasida katta ahamiyatga ega. Ushbu vazifalarni amalga oshirish koʻp jihatdan iqtisodiyotda amal qiluvchi pul-kredit mexanizmlarining takomillashuv darajasiga uzviy bogʻliqdir. Bu esa bank xizmatlarini raqamlashtirishni taqozo etadi. Mazkur holat, ayniqsa, mamlakatimizning jahon iqtisodiyotiga tobora integratsiyalashuvi sharoitida, pul-kredit siyosati mexanizmlarini va tijorat banklarini modellashtirishning ilmiy-uslubiy asoslarini yanada takomillashtirish zaruriyatini yuzaga keltiradi.
Ayni paytda respublikamizda ish olib borayotgan 32 ta tijorat bank muassasalari orqali tizimda erishilgan ijobiy natijalar mustahkamlanmoqda. Insoniyat har kuni koʻplab axborotlarni qabul qiladi. Bunga mobil telefon, internet, smartfonlarning doimiy ravishda oʻsib borayotgan texnik imkoniyatlari, insonlarning ijtimoiy tarmoqlarga jalb qilinishi va internet tezligining oʻsishi katta yordam beradi. Albatta, bugungi kunda axborot tizimining sezilarli darajada oʻzgarishi asosida jamiyat, hukumat, iqtisodiyot, biznes, savdo va bank sohasidagi tub oʻzgarishlarni ham kuzatishimiz mumkin. Shu maʼnoda raqamli bank xizmatlariga talabning ortib borayotgani mavzuning dolzarbligini belgilab beradi.
Tadqiqot maqsadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi milliy iqtisodiyotning barqaror oʻsish surʼatini taʼminlash asosida pul-kredit siyosati mexanizmlarini takomillashtirish, raqamli bank xizmatlarini rivojlantirish boʻyicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqot vazifalari. Ushbu maqsadda quyidagi vazifalar belgilandi:
- pul-kredit siyosatini olib borish va uning iqtisodiy oʻsishga taʼsir etuvchi bilvosita instrumentlarini modellashtirishning nazariy-uslubiy xususiyatlarini oʻrganish va tahlil qilish;
- monetar siyosat instrumentlari va makroiqtisodiy koʻrsatkichlar oʻrtasidagi mavjud bogʻliqliklarni baholash va olingan natijalarni barqarorlik va aniqlilik jihatlariga tekshirish;
Tadqiqot obyekti. boʻlib Oʻzbekiston Respublikasi banklari
Tadqiqot predmeti. Oʻzbekistonda tijorat banklari faoliyatida yoʻlga qoʻyilayotgan raqamli xizmatlar tavsiflash.
Tadqiqot usullari. mantiqiy, qiyosiy, statistik tahlil, ilmiy abstraksiyalash, iqtisodiy-matematik modellashtirish, xatolar korreksiyasi, ekstrapolyatsiya hamda maqsadli prognozlash uslublaridan samarali foydalanildi.
Ilmiy yangiligi. Ushbu tadqiqotning ilmiy yangiligi respublikamizda pul-kredit siyosati instrumentlarining makroiqtisodiy koʻrsatkichlarga taʼsirini aks ettiruvchi iqtisodiy-matematik modellari bogʻliqligini va yangi raqamli bank xizmatlarini taklif etish.
Talaba Oʻrinov Komiljon Tolibjon oʻgʻlini Navoiy nomli davlat stipendiatligiga munosib nomzod deb hisoblayman va tanlovda ishtirok etishga tavsiya etaman.

Buxgalteriya hisobi va audit”


kafedrasi katta oʻqituvchisi: R.I.Rashidov
Download 18,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish