"bank ishi" kafedrasi


Bank aktivlari va passivlarini mutanosibligini ta’minlashda bank likvidliligining



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/141
Sana15.06.2022
Hajmi3,89 Mb.
#675130
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   141
Bog'liq
Bank ishi ma\'ruzalar tòplami

2. Bank aktivlari va passivlarini mutanosibligini ta’minlashda bank likvidliligining 
ahamiyati va ularni bank daromadiga ta’siri 
Aktivlar va passivlarni boshqarishda bank aktivlari likvidliligi masalasini ko'rib 
chiqish muhim hisoblanadi. Banklar samarali faoliyat yuritishi va ularning ishonchliligini 


198 
ta'minlashga erishish uchun banklarning likvidliligini qay darajada ekanligini aniqlash 
juda muhimdir. Likvidlilik bank faoliyatini tavsiflaydigan asosiy sifat ko'rsatkichlaridan 
biri bo'lib, u bank tomonidan majburiyatlar o'z vaqtida bajarilishi hamda aktivlar o'sishini 
ta'minlash bilan birga, depozitlar va qarz mablag’lari darajasining samarali boshqaruvini 
bildiradi. 
2008 yildan beri davom etayotgan xalqaro iqtisodiy-moliyaviy inqiroz davrida
“leveraj” ta'sirida qimmatbaho qog’ozlar bozoridagi “moliyaviy pufak ” muammosining 
“bank krediti inqirozi” shaklida rivojlanishi va iqtisodiy-moliyaviy inqirozning kelib 
chiqishi ham banklarning o'z aktiv va passivlarini joylashtirishdagi “likvidlik/daromad” 
xatari nisbatining buzilishi deya baholanayotganligi bunga yana bir yorqin misoldir. 
Tijorat banklarida “likvidlik/daromad” xatarini boshqarish asosan aktiv va passivlarning 
mos va optimal shaklda joylashtirilishiga bog’liq. Hech bo'lmaganda, kerakli vaqtda 
,talab qilingan miqdorda hamda foydali foiz darajalarida mablag’ topish yoki aktivlarni 
oshirish imkoniyati bo'lishi lozim. Demak, banklarning aktiv va passiv operatsiyalari bir-
biriga o’zaro mutanosib bo’lib, ularni samarali boshqaruv mexanizmini ishlab chiqish 
banklar uchun muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. 
Bank faoliyatining rivojlanishidan ma'lumki, bank aktivlari daromadliligi va 
likvidliligi bir-biriga teskari proportsional ko'rsatkichlar hisoblanadi. Tijorat banklaridan 
aktiv va passivlarini samarali boshqarish orqali likvidlik va daromadlilik muammosini hal 
etishlari talab etiladi.
Tijorat banklarida “likvidlik/daromad” xatarini boshqarish asosan aktiv va 
passivlarning mos va optimal shaklda joylashtirilishiga bog’liq. Hech bo'lmaganda, 
kerakli vaqtda ,talab qilingan miqdorda hamda foydali foiz darajalarida mablag’ topish 
yoki aktivlarni oshirish imkoniyati bo'lishi lozim.
Ko’pgina mamlakatlarda likvidlilik ko’rsatkichlari tijorat banklari balansining aktiv 
va passiv qismini tahlil qilish asosida baholanadi. 
Fransiya amaliyotida tijorat banklarining likvidliligini baholashda ishlatiladigan 
koeffitsentlari umumiy talab qilib olingunga qadar muddatli depozitlarning (3-oygacha 
bo’lgani) va boshqa resurslarning aktivlarga nisbati orqali aniqlanadi. U yerda bu 
koeffitsentning hisoboti nazorat organlariga har kvartalda taqdim etiladi ,bu koeffitsent 
60% dank am bo’lmasligi kerak. 
Likvidlilikni ta’minlashda aktiv va passivlarni boshqarish strategiyalari quyidagilar:
1. Aktivlarni boshqarish orqali likvidlikni boshqarish strategiyasi odatda mayda 
banklar faoliyatida qo’llaniladi, chunki ushhbu likvidlilikni boshqarish metodi qarz likvid 
mablag’lari orqali aktivlarni transformatsiyalash strategiyasi likvidlilikni boshqarshning 
arzon yo’li hisoblanmaydi. Aktivlarni sotilishi bankning kelgusi daromadlarini 
yo’qolishiga sabab bo’ladi. Shuningdek, ko’p aktivlarning sotilishi qimmatli qog’ozlar 
bilan bo’ladigan operatsiyalarda brokerlarga to’lanadigan komission xarajat bilan bog’liq. 
Bundan tashqari, naqd pul mablag’lariga ega bo’lish maqsadida aktivlarning sotilishi bank 
balansining yomonlashuviga olib keladi, ammo bu aktivlar ( masalan,davlat qisqa 
muddatli obligatsiyalari) ni mavjud bo’lishi bankning moliyaviy faoliyati barqaorligidan 
dalolar beradi. Aktivlarni sotilishi lozim bo’lgan paytda bozorda qimmatli qog’ozlarning 
bahosi tushayotgan davrga to’g’ri kelishi bank kapitalining yo’qolishiga sabab bo’lishi 


199 
mumkin. Bank boshqaruvchilari bank kelgusi davr daromadlarini muqobil qiymatini 
minimallashtirish uchun birinchi navbatda minimal foyda potensialiga ega bo’lgan aktivlar 
sotilishini ta’minlab berishi kerak. Likvid aktivlarning salmog’i oshib borgan sari 
bankning daromadlarini qisqarishiga olib keladi. 
2. Pul mablag’lariga talabni qondirish likvid qarz mablag’laridan foydalanish 
strategiyasi(passivlarni boshqarish). Ko’pgina yirik banklar likvid mablag’larning manbasi 
sifatida ko’proq pul bozoridagi qarz mablag’lari foydalanishadi. Odatda bu strategiyani 
passivlarni boshqarish deyiladi. Bunda tijorat banklari o’zlarining likvid mablag’lariga 
bo’lgan talabni yirik miqdordagi deposit sertifikatlari va boshqa banklardan olgan kredit 
mablag’lari orqali ta’minlashadi. Passivlarni boshqarish strategiyasi orqali ma’lum bir 
muddat uchun qarz mablag’lari hisobiga likvidlik ta’minlanadi. Bu strategiyani yirik 
banklar amalga oshirishiga sabab, banklarning o’z mablag’lariga nisbatan qarz 
mablag’larining oshishi va bank balansida tez pulga aylana oladigan aktivlarning yetarli 
darajada bo’lmasligi, bankning to’lovga layoqatsizlik riski paydo bo’lishi mumkin hamda 
bank likvid mablag’larga bo’lgan talabini qondira ololmasligi mumkin. 
3. Aktiv va passivlarni boshqarish qarz likvid mablag’larini boshqarish strategiyasi 
riskligini va aktivlarda likvid mablag’larning yuqori bahosini hisobga olgan holda, banklar 
likvidlilikni boshqarishni aktiv va passivlarini boshqarish strategiyasini tanlaydilar. Bu 
strategiyaga muvofiq likvid mablag’larga kutilayotgan talabning bir qismi tez sotiladigan 
qimmatli qog’ozlar va boshqa banklardagi depozit ko’rinshlarida saqlanadi, shu paytda 
likvid mablag’larga bo’lgan boshqa talablar bank korrespondentlar bilan ochilgan kredit 
liniyalari va boshqa mablag’lar orqali qondiriladi. Kutilmaganda yuzaga keladigan likvid 
mablag’larga talablar qisqa muddatli kreditlar orqali qoplanadi. 
Dastlab bank likvidliligi 2 ta nazariy yondashuvni o’z ichiga olar edi: 

Bank aktivlari tarkibi-summasi, muddati, bank passivlari tarkibi-summasi va 
muddatlariga mos kelishi shart. Bu esa amaliy jihatdan tijorat banklari o’z 
likvidliligini boshqarish bo’yicha faol siyosat yuritishga yo’l qo’ymas edi. Ushbu 
berilgan nazariy asoslar natijasida bankning “oltin qoida” si kelib chiqdi, ya’ni bank 
moliyaviy talablari hajmi va muddati bank majburiyatlari hajmi va muddatlariga 
mos kelishi shart; 

Bank balans aktivlar va passivlar tarkibi real mos kelmasligiga asoslangan, xatto 
eng qudratli, moliyaviy barqaror tijorat banklari ham bankrotlik, moliyaviy va 
iqtisodiy inqirozlardan va boshqa mojorolardan sug’urtalanmagan. Bu rejali 
iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tgan davlatlarga xos hisoblanadi. 
Tajribadan shu narsa ma'lumki, ayrim tijorat banklari yuqori daromadni ko'zlagan 
holda talab qilib olgunga qadar va qisqa muddatda qo'yilgan omonatlar hisobidan kredit 
berish va boshqa aktiv operatsiyalarga uzoq muddatli tartibda joylashtiradilar. Jalb etilgan 
mablag’larning muddati kelgan paytda esa bank omonatchilar oldidagi o'z majburiyatlarini 
muddatida bajarish imkoniga ega bo'lmaydi. Buning natijasida bank o'z to'lov qobiliyatini 
yo'qotadi. Bunday holat bankning o'z faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatibgina qolmasdan, 
balki omonatchilarning moliyaviy ahvoliga ham salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bank 
operatsiyalarini bajarish bo'yicha litenziyasi tortib olingan banklar bunga yaqqol misol 
bo'la oladi. 


200 
Mazkur holatlarga yo'l qo'ymaslik maqsadida bank amaliyotida aktiv va passiv 
mablag’larning miqdori va muddatlarini balanslash talablari o'rnatildi. Bu to'g’rida jahon 
bank tajribasining «bankning oltin qoidasi» deb nomlanuvchi qoidasi amal qiladi. Unga 
binoan bankning moliyaviy talablari miqdori va muddati uning majburiyatlari miqdori va 
muddatlariga muvofiq kelishi shart. 
Tijorat banklari aktivlarining sifatini tavsiflovchi asosiy ko'rsatkichlardan biri - 
aktivlarning daromadliligi ko'rsatkichi hisoblanadi. Aktivlar daromadliligiga ta'sir qiluvchi 
asosiy omillardan biri aktivlar tarkibida daromad keltirmaydigan aktivlar salmog’ining 
o'zgarishi hisoblanadi. 
Banklar faoliyatini nazorat qilish jarayonida aktivlar darmadliligining o'zgarishi, 
aktivlar tarkibida daromad keltirmaydigan aktivlar salmog’ining o'zgarishi asosiy nazorat 
ob'ektlari sifatida e'tiborga olinishi lozim. 
Tijorat banklari faoliyatida kreditlar eng ko'p daromad keltiradigan aktivlardan biri 
hisoblanadi. Shu tufayli, ushbu aktivlarni ko'zdan kechirish va tahlil qilish jarayoni muhim 
ahamiyat kasb etadi. Inspektorning bu yo'nalishdagi dastlabki vazifalaridan biri - kredit 
portfelining umumiy holatini tahlil qilish va joriy yoki potensial muammolar manbalarini 
aniqlashdan iborat. Aktivlar sifatining tahlilida asosiy e'tibor aktivlarning qaytishiga 
qaratiladi. 
Shu o'rinda tijorat banklarining reytingiga baho beruvchi kompaniyalar
tomonidan tijorat bankining ma'lum davr ichidagi faoliyati yakuniga baho berish 
emas,balki mavjud aktiv va passivlarning joylashtirilishiga va bankning kelajak 
faoliyatida kutilayotgan risklar darajasining yuqori yoki pastligiga qarab, bank faoliyatiga 
barqaror deb baho berish muhimroqdir. 
Tijorat banklarida daromadlilik darajasini oshirish bevosita aktivlarni samarali 
joylashtirishga bog’liq bo’lganligi sababli, aktivlar bilan bog’liq risklarni baholash muhim 
masalalardan hisoblanadi. Tijorat banklarida aktivlar riskliligini yuzaga kelishining bir 
qator sabablari mavjud. Ular qatoriga bank ichki siyosatida aktivlarni samarali 
joylashtirish bo’yicha talablarning yetarli emasligi; bank tomonidan marketing 
tadqiqotlarini to’g’ri yo’lga qo’yilmaganligi; bankda kredit ajratilayotgan loyihalar, 
obyektlar va mijozlar, ularning moliyaviy ahvoli to’g’risidagi ma’lumot va axborotlarning 
to’liq emasligi; kreditlanayotgan tarmoqlar faoliyati xususiyatlarini yetarlicha tahlil 
qilinmasligini kiritish mumkin. 
Xorijiy tadqiqotchilar tomonidan o’tkazilgan tahlillar talab qilib olinguncha 
depozitlar ko’proq barqaror emasligini ko’rsatgan. Depozitning mazkur turi foiz 
stavkasiga bog’liq emas. Ularning tahliliga ko’ra, jamg’ariluvchi va muddatli depozitlar 
yuqori darajadagi barqarorlikka ega. Bu turdagi depozitlarning ma’lum bir bankda mavjud 
bo’lishiga foiz stavkasining miqdori katta ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun bu depozitlar 
har xil banklar tomonidan o’rnatiladigan foiz stavkalarining ma’lum bir tebranishlari yuz 
bergan holda, migratsiya ta’siri ostida bo’ladi. Shu bilan birga bank likvidliligi banklararo 
kreditlardan tashkil topgan tashqi manbalardan bog’liq bo’lishi bilan ham asoslaniladi. 
Banklararo kreditning belgilangan miqdorda mavjud bo’lishi bank likvidliligiga xavf 
solmaydi, balki likvid aktivlarga bo’lgan qisqa muddatli tanqislikni bartaraf etish imkonini 


201 
beradi. Lekin banklararo kreditlar jalb qilingan resurslar tarkibda asosiy o’rinni egallasa, 
banklararo bozordagi salbiy konyuktura bankni inqirozga uchratishi mumkin. 
Aktivlarni passivlar bilan miqdori va muddati bo’yicha mos kelishi bank 
likvidliligiga jiddiy ta’sir qiladi. Bank o’z mijozi oldidagi majburiyatlarni bajarishda 
omonatchilar tomonidan taqdim qilingan mablag’larning muddati, shu mablag’ni 
invistitsiya qilish muddatiga mutanosib bo’lishi lozimligi yuzasidan kelishib olganligini 
anglashi lozim. Jalb qilingan resurslar hisobiga ishlayotgan banklar tomonidan bu 
qoidaning inkor qilinishi kreditorlari oldidagi majburiyatlarini to’liq va o’z vaqtida bajara 
olmaslik holatidga olib keladi. 
Tijorat banklarida likvidlilk riskini samarali boshqarish turli muddatlarda 
qaytadigan aktivlar va to’lanadigan majburiyatlarning mutanosibligini tahlil qilish muhim 
ahamiyat kasb etadi. Bunda aktiv va passvlarni turli davr oraliqlariga ajratgan holda 
ularning qaytish muddatlari bo’yicha tahlil qilinadi.
Tijorat banklari likvidliligini ta’minlash va uni oqilona boshqarish asosida bank 
aktivlari va majburiyatlar oqimini, ya’ni bank mablag’larining manbalari va bu 
mablag’lardan foydalanish muddatlarini muvofiqlashtirish yotadi. Tijorat bankining 
likvidlilik bo’yicha menejeri ikkala oqimining o’zgarishini oldindan ko’ra bilib 
rejalashtirishi va natijada, likvid mablag’larning taklifi va ularga bo’lgan talab o’rtasidagi 
farq sifatida aniqlanadigan bankning sof likvid pozitsiyasiga intilishi lozim. 

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish