"bank ishi" kafedrasi


Bankni ro‘yxatiga olish hamda litsenziya berish tartibi



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/141
Sana15.06.2022
Hajmi3,89 Mb.
#675130
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   141
Bog'liq
Bank ishi ma\'ruzalar tòplami

Bankni ro‘yxatiga olish hamda litsenziya berish tartibi 
2. Bankni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bosqichi. 
Bu bosqich uch davrni o‘z ichiga oladi: 
Bank ochish haqidagi ariza bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga 
murojat qilish. Bunda arizaga quyidagi xujjatlar ilova qilinishi kerak: 
-yangi tashkil etilayotgan bankni ta’sis etish bo‘yicha xujjat; 
-muassislar tomonidan imzolangan va ularning muhrlari bilan hamda notarial tartibda 
tasdiqlangan ta’sis shartnomasi. Ta’sis etuvchilar jismoniy shaxs bo‘lganlarida ularning 
imzolari notarial tasdiqlanadi; 
-muassis aksiyadorlar yig‘ilishi tomonidan tasdiqlangan va muassislar tomonidan uch 
nusxada imzolangan bank ustavi; 
-bank tashkil etish haqidagi qaror, ustav kapitalining miqdori va ustavni tasdiqlash
bank kengashi, taftish komissiyasi va boshqaruvini saylash haqidagi qarorlarni o‘z ichiga 
olgan bank kengashi raisi tomonidan tasdiqlangan ta’sis yig‘ilishining bayonnomasi. 
O‘ayd etib o‘tilgan hujjatlarning loyihalari Markaziy bankning banklarni 
litsenziyalash departamenti ma’qullaganidan keyingina imzolanadi va tasdiqlanadi. 
Bulardan tashqari, Markaziy bankka muassislar to‘g‘risidagi ma’lumotlar: bank 
kengashi a’zolari ro‘yxati (kengash raisi, uning birinchi o‘rinbosari) ko‘rsatilgan holda 
ushbu shaxslarning Markaziy bank talablariga muvofiq kelishlarini tasdiqlovchi 
ma’lumotlar, yangi tashkil etilayotgan bankning tashkiliy tuzilishi, ichki audit to‘g‘risidagi 
Nizomi, kredit siyosati to‘g‘risidagi Nizomi, biznes rejasi, ariza topshiruvchining 
muassislar nomidan ariza topshirish vakolatini tasdiqlovchi hujjat, tashkil etilayotgan 
joydagi Markaziy bank bosh boshqarmasining bank tashkil etishning maqsadga 
muvofiqligi haqidagi xulosasi, muayyan hududida bank tashkil etish mo‘ljallanayotganligi 
haqida mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlariga berilgan bildirishning nusxasi ham 
topshirilishi lozim. 
Tijorat banki filialini tashkil etish paytida ham ushbu hujjatlar (ta’sis hujjatlaridan 
tashqari) taqdim etilishi kerak bo‘ladi. 


63 
Xorijiy kapital ishtirokidagi tijorat banki tashkil etilayotganda yuqorida ko‘rsatib 
o‘tilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda yana quyidagilar taqdim etilishi talab etiladi: 
-tegishli xorijiy muassisning bank tashkil etishda ishtirok qilishi haqidagi qarori; 
-norezident bankning O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasasi 
tomonidan tasdiqlangan ustavi; 
-bank joylashgan mamlakat bank nazorat organi tomonidan muassis bank faoliyatini 
yuritish uchun litsenziyaga egaligi va xususan, qaytarib berish sharti bilan o‘z 
mamlakatida pul depozitlari va boshqa boyliklarni qabul qilish huquqiga egaligini 
tasdiqlovchi xat; 
-bank nazorati organining muassis bankning o‘zi joylashgan va ro‘yxatdan 
o‘tkazilgan joyda nazorat ostida ekanligi haqidagi yozma tasdiqnoma; 
-muassis bankning oxirgi uch moliya yili uchun tuzilgan, auditorlik firmasi 
tasdiqlagan 
yillik 
hisobotlari, 
shu 
jumladan, 
foyda 
va 
zararlar 
haqidagi 
konsolidatsiyalangan balansi va hisoboti; 
-bank nazorati organi muassis bank tashkil etayotgan bankning ustav kapitalida 
ishtirok etishi uchun bergan yozma ruxsatnomasi yoki bunday ruxsatnoma muassis bank 
mansub bo‘lgan davlatning qonun hujjatlariga muvofiq talab etilmasligining yozma 
tasdig‘i. 
Faoliyat yuritib turgan banklar ustav kapitalidagi hissa xorijiy shaxslar tomonidan 
sotib olinayotganda ham ushbu hujjat xorijiy shaxs tomonidan Markaziy bankka taqdim 
etilishi lozim bo‘ladi. 
 
Banklar Markaziy bankda Tijorat banklarini ro‘yxatga olish kitobida ro‘yxatga 
olingan vaqtdan boshlab yuridik shaxs maqomini oladilar. Ro‘yxatga olish bilan bir vaqtda 
ularga litsenziya beriladi. 
Bankni ro‘yxatga olish va litsenziya olish uchun muassislar dastlabki ruxsat olingan 
kundan boshlab uzog‘i bilan olti oy muddatda quyidagi talablarni bajarishlari shart: 
a) muassislarning vakolatli shaxsi imzolagan bankni ro‘yxatga olish 
va litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani taqdim etish; 
b) bankni ro‘yxatga olish va litsenziya olish uchun ushbu Nizomda nazarda tutilgan 
barcha zaruriy talablarni bajarish
v) bank binolari muhofazasini ta’minlash hamda muxandis-texnik qo‘riqlash 
vositalari bilan jixozlash, dasturiy mahsulotlarni tayyorlash; 
g) Markaziy bank tomonidan belgilangan minimal talabdan kam bo‘lmagan 
miqdorda bank ustav kapitalini shakllantirish hamda ustav kapitaliga yo‘naltirilgan 
to‘lovni tasdiqlovchi hujjatlarni va muassislar ro‘yxatini taqdim etish; 
d) bank boshqaruvi raisi va uning o‘rinbosarlari, bosh buxgalter va uning 
o‘rinbosarlari egallab turgan lavozimlariga kasbiy muvofiqliligini baholash bo‘yicha 
Markaziy bankning ijobiy xulosasini taqdim etish; 
e) sanab o‘tilgan barcha hujjatlarning fayl (elektron) ko‘rinishdagi nusxalarini ham 
taqdim etish.
Bankni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi ariza taqdim etilganidan so‘ng Litsenziyalash 
departamenti ochilayotgan bankni mazkur Nizomning talablariga muvofiqligi yuzasidan 


64 
tekshiradi. 
Bankni ro‘yxatga olish va unga litsenziya berish to‘g‘risidagi qaror Markaziy 
bankning barcha talablari bajarilgan kundan boshlab bir oy ichida qabul qilinadi. 
Quyidagilar bankni ro‘yxatga olish va unga litsenziya berishni rad etish uchun asos 
bo‘ladi: 
a) ta’sis shartnomasi va ustavning qonun hujjatlariga mos kelmasligi; 
b) bir yoki bir necha muassis moliyaviy ahvolining qoniqarsizligi; 
v) muassislar mablag‘lari manbalarining deklaratsiya qilinmaganligi (xususiy tijorat 
banklari ustav kapitalida ishtirok etayotgan rezident jismoniy shaxslardan tashqari); 
g) bank ro‘yxatga olinadigan vaqtgacha bank eng kam ustav kapitalining 
shakllantirilmaganligi; 
d) bank binolari muhofazasining ta’minlanmaganligi hamda muxandis-texnik 
qo‘riqlash vositalari bilan jixozlanmagani, dasturiy mahsulotlarning tayyor emasligi; 
e) tashkil etilayotgan bank rahbari va bosh buxgalterining kasbga nomuvofiqligi. 
Markaziy bank tomonidan berilgan litsenziya bankka unda ko‘rsatilgan faoliyat 
turlari bilan shug‘ullanish huquqini beradi. 
Tashkil etilayotgan bankni boshqarish imkoniyatlari, umumiy tavakkalchilik 
va kapital tuzilmasini o‘rganish asosida ayrim faoliyat turlari cheklab qo‘yilishi mumkin. 
Litsenziya uchinchi shaxslarga berilishi mumkin emas. 
CHet el valyutasida operatsiyalar amalga oshirish uchun banklarga «Tijorat 
banklariga chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun litsenziyalar berish 
qoidalari»ga (ro‘yxat raqami 463, 1998 yil 3 avgust) muvofiq bosh yoki ichki litsenziyalar 
beriladi. 
O‘zbekiston Respublikasining "Valyutani tartibga solish to‘g‘risida", "O‘zbekiston 
Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida" xamda "Ayrim faoliyat turlarini 
litsenziyalash to‘g‘risida"gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
banki tijorat banklariga, ularning arizasiga ko‘ra chet el valyutasida operatsiyalar 
o‘tkazilishiga, ularning bunga tayerligidan kelib chiqib litsenziya beradi. 
Litsenziyalar bosh litsenziya va ichki litsenziyalarga bo‘linadi. Bosh 
litsenziya 
tijorat banklariga O‘zbekiston Respublikasi xududida xamda chet elda xorijiy valyutadagi 
operatsiyalarni amalga oshirish uchun berilgan xuquqdir. 
Ichki litsenziya tijorat banklariga O‘zbekiston Respublikasi xududida chet el 
valyutasidagi operatsiyalarni to‘la yoki cheklangan doirada amalga oshirish uchun 
berilgan xuquqdir. 
CHet el valyutasida operatsiyalar o‘tkazish uchun bosh yoki ichki litsenziya olgan 
bank (bundan buyon vakolatli bank deb ataladi) qonunchilikka muvofiq va litsenziya 
shartlari asosida o‘z faoliyatini amalga oshiradi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tasdiqlagan talabnomalar asosida tijorat 
banklari chet el valyutasidagi operatsiyalarni amalga oshirishga qay darajada tayyor 
ekanligi aniqlanadi. Mazkur talablar malakaviy va texnik talablarga bo‘linadi. 
Tijorat banklari litsenziya olish uchun mazkur qoidalarning ilovasida ko‘rsatilgan 
xujjatlarni topshirishlari kerak. 


65 
Xorijiy kapital ishtirokidagi banklar xujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
banki tomonidan belgilangan tartibga muvofiq xolda taqdim etadilar. 
Bir yildan ortiq faoliyat ko‘rsatayotgan, ya’ni to‘la moliyaviy (operatsiya) yilini 
tugatgan va rasmiy yillik xisobot tayyorlayotgan tijorat banklarining arizalarigina ko‘rib 
chiqish uchun qabul qilinadi. Litsenziyalar xorijiy kapital ishtirokidagi banklar belgilangan 
muddatdan ilgari berilishi mumkin. Xususiy tijorat banklariga chet el valyutasida 
operatsiyalarni amalga oshirish uchun litsenziyalar ularning faoliyatiga olti oy to‘lishi 
bilan berilishi mumkin.

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish