xos xususiyati
mavjud:
-
birinchidan
, banklar faqat ular uchun xos bo‘lgan qarz majburiyatlarini (depozitlar,
omonat sertifikatlari va boshqalar) chiqaradilar va bu yo‘l bilan yig‘ilgan mablag‘larni
boshqa sub’ektlar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar va qarz majburiyatlariga
joylashtiradilar. Bankning bu xususiyati moliyaviy broker va dillerlar faoliyatidan farq
qiladi, chunki ular moliya bozorida o‘z qarz majburiyatlarini chiqarmasdan faoliyat
ko‘rsatadilar.
24
-
ikkinchidan
, banklar jismoniy va yuridik shaxslar oldida mijozlarning pul
mablag‘larini hisob varaqlariga qo‘yish va jamg‘arma o‘tkazish, depozit sertifikatlarini
chiqarish va boshqalar orqali qat’iy belgilangan qarz majburiyatlarini oladilar. Qat’iy
belgilangan qarz majburiyatlar bilan faoliyat ko‘rsatish banklar uchun riskli hisoblanadi,
chunki banklar o‘z kreditorlari oldida olgan majburiyatlarini to‘liq bajarishlari lozim.
Investitsion fondlar esa o‘z aktivlari va passivlarining qiymati o‘zgarishi bilan bog‘liq
risklarni o‘z aksiyadorlari zimmasiga yuklaydilar.
O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklarini tashkil etish va ularning faoliyatini olib
borish “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunga asoslanadi. YUqorida qayd
etilgan qonunga asosan O‘zbekiston Respublikasida banklar universal faoliyatni amalga
oshiradilar. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, turli xilda kreditlar berish, qimmatli
qog‘ozlar va xorijiy valyuta oldi-sotdisi bilan shug‘ullanish, bo‘sh turgan pul mablag‘larni
jalb etish, hisob-kitoblarni amalga oshirish, kafolat va garantiyalar berish va hokazolar
tijorat bankining asosiy faoliyat turlaridan hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasida xorijiy banklar va har qanday mulkchilik shakliga
asoslangan banklar faoliyat ko‘rsatishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasida faoliyat
ko‘rsatayotgan tijorat banklari va ularning mulkchilik shakliturli mulkchilikka
asoslangandir.
Odatda, O‘zbekistonda banklar aksionerlik jamiyat ko‘rinishida tashkil etiladi.
Bankning ustav kapitalini shakllantirish uchun davlat organlarining mablag‘lari, jamoa,
birlashmalar va fondlarining mablag‘lari, garov va kreditga olingan mablag‘lardan
foydalanish mumkin emas.
Tijorat banklarining tashkiliy tuzilishi aksioner jamiyat tuzilishiga o‘xshashdir.
Tijorat bankining oliy organi aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi hisoblanadi. Bu
yig‘ilishlarda aksiyadorlarning vakillari va aksiyador korxonalarning rahbarlari ishtirok
etadilar. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi ko‘rib chiqishga qo‘yilgan masalalar
bo‘yicha qaror qabul qilish uchun aksiyadorlarning kamida 3/4 qismi ishtirok qilishi
lozim.
Bankning boshqaruvini direktorlar kengashi amalga oshiradi. Unga qo‘shimcha
tarzda bank boshqaruvini kuzatish va nazorat qilish mas’uliyati ham yuklatilgan.
Direktorlar kengashi a’zolarining tarkibi va saylanish muddati tijorat bankning nizomi
bilan belgilanadi.
Bank Kengashi bank faoliyatining asosiy yo‘nalishini, kredit siyosati va bankning
boshqa rejalarini ko‘rib chiqish, daromad, xarajatlar, foyda rejalarini tasdiqlash,
shu’balarni ochish yoki yopish masalalarini ko‘rib chiqish kabi masalalar bilan
shug‘ullanadi.
Bank Boshqaruvi bank faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi. Bank boshqaruvi
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi va direktorlar kengashi oldida javobgardir.
Aksionerlarning umumiy yig‘ilishi, bank kengashi va boshqaruvi bankning boshqaruv
organlari hisoblanadi.
Bankka operativ rahbarlik qiluvchi va uning faoliyati uchun javob beruvchi bank
boshqaruvi bankning ijroiya organi hisoblanadi. Boshqaruv bank kengashi va aksiyadorlar
umumiy yig‘ilishi oldida hisobdordirlar.
25
Yuqorida keltirilgan bankning tashkiliy tuzilishi aksariyat banklar uchun o‘xshash
bo‘lib tijorat banklarining joylashish o‘rni, xizmat ko‘rsatadigan mijozlarning faoliyati
xususiyatlaridan kelib chiqib ba’zi bir o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.
Bank boshqaruv majlisi doimo o‘tkaziladi va majlislarda qabul qilinadigan qarorlar
berilgan ovoz soniga qarab hal etiladi. Ovozlar tengligida bank boshqaruvchining ovozi
hal etuvchi hisoblanadi. Agar, boshqaruv a’zolari yoki boshqaruv raisi boshqaruv qabul
qilgan qaroriga norozi bo‘lsa, ular o‘z fikr va mulohazalarini kengash yoki aksiyadorlar
umumiy yig‘ilishiga bildirishlari mumkin.
Bu holatda kuzatuv kengash qarori hal etuvchi hisoblanadi va bank boshqaruvi raisi
qarori bilan amaliyotga tatbiq etiladi.
Taftish komissiyasi aksionerlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan saylanadi.
Uning tarkibida kuzatuv kengash a’zolari va
bank boshqaruvi a’zolari bo‘lishi mumkin emas. Bank boshqaruvi taftish komissiyasiga
taftish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni taqdim etadi. Taftish natijalari bank boshqaruviga
topshiriladi.
Tijorat banki taftish komissiyasining asosiy vazifasi bank xodimlarining o‘z
amallarini suiste’mol qilishlarining oldini olishga qaratilgan.
Taftish komissiyasi bankning yillik hisoboti va balansiga xulosa qiladi. Taftish
komissiyasi bank balansi bo‘yicha xulosa chiqarmaguncha u aksionerlarning umumiy
yig‘ilishi tomonidan tasdiqlanishi mumkin emas.
Tijorat banklarda hisobot O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan
tasdiqlangan qonun-qoidalar asosida amalga oshiriladi. Ular Markaziy bankka yoki uning
joylardagi boshqarmalariga bankning oylik balansi, choraklik aylanma vedomostini va
uning yillik buxgalteriya hisobotini har oyning 1 kunigacha taqdim qilishlari shart. Tijorat
banklarining moliyaviy ahvolidan ularning aksiyadorlari va mijozlari xabardor bo‘lmog‘i
lozim. SHu bois tijorat bankining faoliyat natijasi, moliyaviy holati to‘g‘risida mijozlarga
axborot berish maqsadida ularning aksionerlar umumiy yig‘ilishida tasdiqlangan yillik
balansi hamda foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisoboti, ularning haqqoniyligi to‘g‘risidagi
auditorlik tashkilotlarining xulosasidan keyin matbuotda e’lon qilinishi lozim.
Tijorat banki kredit-hisob operatsiyalarining tezkorligini ta’minlash maqsadida
hududdan uzoqda joylashgan mijozlar uchun bank filial va vakolatxonalarini Markaziy
bank ruxsati bilan tashkil qilinishi mumkin. Banklarning vakolatxonalari bank joylashgan
hududdan boshqa hududlarda ochilishi mumkin va ular mustaqil balansga ega
bo‘lmaydilar. Ular bank operatsiyalarini joylarda to‘laqonli bajarilishi uchun zarurdir.
Tijorat banklarining iqtisodiy roli uning faoliyat doirasining keng bo‘lishiga olib
keladi. Bu sababli tijorat banklari quyidagi funksiyalarni bajaradi:
-vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larni yig‘ish va ularni kapitalga aylantirish;
-korxona, tashkilotlar va aholini kreditlash;
-iqtisodiyotda hisob-kitoblar va to‘lovlarni amalga oshirish;
-moliya-valyuta bozorida faoliyat ko‘rsatish;
-iqtisodiy-moliyaviy axborotlar berish va maslahat xizmatlarini ko‘rsatish va
boshqalar.
26
Banklar bo‘sh pul mablag‘larini yig‘ish va ularni kapitalga aylantirish funksiyasini
bajara turib mavjud bo‘sh pul daromadlari va jamg‘armalarini yig‘adi. Jamg‘aruvchi
(bo‘sh pul mablag‘ egasi) o‘z mablag‘larini bankka ishonib topshirgani uchun va bank bu
mablag‘lardan foydalangani uchun ma’lum foiz hisobida daromad oladilar. Bo‘sh pul
mablag‘lari hisobidan ssuda kapitali fondi vujudga keladi va bu fond iqtisodiyot
tarmoqlarni kreditlash uchun ishlatiladi.
Tijorat bankining bo‘sh turgan mablag‘larni jalb etish ularni kapitalga aylantirish
funksiyasi asosiy funksiyalardan hisoblanib, jalb etilgan mablag‘lardan daromad qarz
mablag‘lariga bo‘lgan talab va taklif asosida shakllanadi.
Bankning vositachilik operatsiyalari bozor iqtisodiyoti tizimini rivojlantirish borasida
bank o‘z faoliyatida risk va noaniqlikning oldini olishga sharoit yaratadi. Pul mablag‘lari
bank vositachiligisiz ham kreditor va qarz oluvchi orasida muomalada bo‘lishi mumkin,
ammo bu bilan mablag‘larni yo‘qotish bilan bog‘liq risk darajasi oshadi va mablag‘larni
o‘z vaqtida qaytarib berish muammolari yuzaga keladi. Bu muammolarning yuzaga kelishi
shundan iboratki, kreditor va qarz oluvchi bir-birovi haqida etarli darajada ma’lumotga ega
emasligi, mablag‘larga bo‘lgan talabning taklif bilan doimo miqdoran va bir vaqtda teng
emasligidadir. Tijorat banklari mablag‘larni depozitga jalb etishi, ssuda berishi mumkin.
Bank o‘z aktivlari bo‘yicha keng diversifikatsiya usulini qo‘llab omonatlarni qaytara
olmaslik riski darajasini kamaytirishi mumkin.
Iqtisodiy tizimni qayta qurish uchun asosan va birinchi galda ichki xo‘jalik
jamg‘armalariga tayanish lozim. Tijorat bank moliya bozoriga kredit resurslariga talab
bilan kirar ekan, nafaqat iqtisodiyotda mavjud bo‘lgan barcha jamg‘armalarni maksimal
darajada yig‘ishga, balki joriy iste’molni chegaralash bilan jamg‘armani shakllantirishga
samarali ta’sir ko‘rsatmog‘i lozim. Jamg‘arma mablag‘larni shakllantirishda tijorat
banklarni depozit siyosatining ta’siri katta. Omonatchilarga yuqori foizlardan tashqari,
bank kreditlariga yuqori kafolat va ishonchlilik kerak. Omonatlarni qo‘yishda xavfsizlik
bilan bir qatorda mijoz tijorat bank faoliyati etarlicha ma’lumotga ega bo‘lishi va bu bilan
u bankni moliyaviy ahvoliga baho bera olishi mumkin.
Tijorat banklar faoliyatida asosiy o‘rinni korxona, tashkilotlarni, aholini va turli
sub’ektlarni kreditlash egallaydi. Kreditlash jarayonini tashkil qilishda bank moliyaviy
vositachi rolini o‘ynaydi. U bo‘sh turgan mablag‘larni jalb qiladi va o‘z nomidan
mijozlarga vaqtincha foylanishiga beradi. Bank krediti hisobidan iqtisodiyotning muhim
tarmoqlari-sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo va boshqalar moliyalashtiriladi va ishlab
chiqarishni kengaytirishga asos bo‘ladi.
Tijorat banklari shartnoma asosida bir-birlarining mablag‘larini depozit, kredit
shaklida jalb etishlari, joylashtirishlari, o‘z ustavlarida ko‘rsatilgan boshqa o‘zaro
operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin.
Mijozlarga kredit berish va o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarish uchun
mablag‘ etishmay qolgan taqdirda tijorat banklari kredit resurslari olish uchun Markaziy
bankka murojat qilishlari mumkin.
Tijorat banklari operatsiyalari bo‘yicha foiz stavkalari ularning o‘zlari tomonidan
mustaqil belgilanadi. Ammo bu stavkalar davlat pul-kredit siyosatining bosh
yo‘nalishlarida belgilab beriladigan foiz stavkalari siyosatiga asoslangan bo‘lishi lozim.
27
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida qimmatli qog‘ozlar bozorining yaxshi taraqqiy
etmagan bosqichlarida iqtisodiyotda mavjud bo‘lgan asosiy moliyaviy resurslar banklarga
omonatlarni jalb qilish orqali amalga oshiriladi.
Banklarning keyingi funksiyasi bu mustaqil sub’ektlararo to‘lov operatsiyalarini
amalga oshirish funksiyasidir. Rejali iqitsodiyot davrida barcha to‘lovlar bir davlat banki
orqali amalga oshirilgan, hisob-kitoblarni bunday tizimida to‘lovlarni amalga oshirishda
davlat o‘zi kafil bo‘lardi. Mustaqil tijorat bank tizimini shakllantirish hisob-kitob tizimini
ajralishiga olib keladi va banklar o‘z zimmalariga oladigan risk darajasini ko‘paytirdi.
MFO hisob varaqalaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan hisob-kitoblar o‘rniga
banklararo hisobning korrespondent schetlarga o‘tishi ham risk darajasini ko‘payishiga
olib keldi. Bunday sharoitda tijorat banklar, mijozlar hisob-kitoblar bo‘yicha to‘lovlarni
o‘z vaqtida amalga oshirishilishi bo‘yicha mas’uldir.
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan barcha mamlakatlarda tijorat banklar iqtisodiyotining
to‘lov mexanizmida etakchi o‘rin tutadi.
Mamlakatimiz iqtisodiyot to‘lovlarni amalga oshirishni isloh qilish va rivojlantirish
orqali mamlakatimiz to‘lov tizimida tijorat banklarning o‘rni kengaymoqda.
Undan tashqari tijorat banklar moliya-valyuta bozorida faoliyat ko‘rsatish, ya’ni
qimmatli qog‘ozlar chiqarish va ularni joylashtirish, sotib olish bilan shug‘ullanishi,
mijozlarga har xil axborotlar, maslahatlar berish bilan shug‘ullanishi mumkin.
Tijorat banklari yuqorida keltirilgan funksiyalar asosida quyidagi operatsiyalarni
bajaradi:
-passiv operatsiyalar;
-aktiv operatsiyalar;
-bank xizmatlari va vositachilik operatsiyalari;
-bankning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiradigan operatsiyalari va boshqa
turdagi operatsiyalarni bajaradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |